Kiris h I bob


Download 1.65 Mb.
bet4/9
Sana24.05.2020
Hajmi1.65 Mb.
#109521
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Geografiya darslarida zamon



Dars bosqichlari.

Bosiqichlar

Mazmuni

Metodlar

Vaqti

1-bosqich Tashkiliy qism

Salomlashuv. Mashg‘ulotning borishi haqida tushuncha berish.

og‘zaki

muloqot


3 daqiqa

2-bosqich Motivatsiya


Nazorat bosqchi “BLIS” so‘rov orqali sinf o‘quvchilarini to‘liq nazorat qilishdan iboratdir. “BLIS” so‘rov o‘tkazishda uning “ha-yo‘q”elementidan foydalanish yaxshi samara beradi.

BLITS” so‘rov topshiriqlari


Shakli: “ha-yo‘q”



8 daqiqa

3-bosqich Mavzu va topshiriqlar bayoni

O‘qituvchining “Transport geografiyasi” mavzusi mazmuni to‘g‘risidagi suhbat-ma’ruzasi (slaydlar hamda savollar asosida) – jamoaviy ish va guruhlardagi mustaqil ish

Asosiy bosqich:

a) “Aqliy hujum” metodi yordamida o‘quvchilarning transport tarmoqlari haqidagi bilimlari aniqlab olinadi.

b) yangi mavzu bayoni - transport tarmoqlarini ko‘rgazmali usulda muammoli bayon etish o‘quvchi bilimlarini to‘ldirish.



og‘zaki bayon, tushuntirish,

savol-javob



20 daqiqa

4-bosqich Mustahkamlash

Grafik usulda test topshirig‘i. Yo’lovchi va yuk tashish jadvali va diagrammasini tahlil qilish.

Grafik usulida test topshirig‘i.


12 daqiqa

5-bosqich

Dars yakuni va mustaqil ish uchun topshiriq


Uy vazifasini bajarish uchun

tavsiyalar






2 daqiqa



Mashg‘ulotning borishi

Atama va tushunchalar: 1. Transport (lotincha transporto – tashiyman degan ma’noni anglatadi) moddiy ishlab chiqarishning yuk va yо‘lovchilar tashishni amalga oshiradigan eng muhim tarmoqlaridan biri.

2. Transport magistrali – texnik jihatdan yaxshi jihozlangan, juda katta yо‘lovchi va yuk oqimiga ega bо‘lgan yо‘l.

3. Suv transporti – tabiiy (daryo, kо‘l, dengiz, okean) va sun’iy (kanal, suv ombor) suv yо‘llari orqali yuk va yо‘lovchi tashiydigan transport turi.

4. Aeroport – yо‘lovchi va transport aviasiyasining muntazam ishlashini ta’minlash uchun qurilgan va havo yо‘llarida joylashgan doimiy aerodrom.

5. Port – kemalar turishini, yuklarni tushirish-ortishni va kemalarga xizmat qilishni ta’minlaydigan inshootlari, qurilmalari va jihozlari bо‘lgan okean, dengiz va ichki suv havzalaridagi joy.

6. Fraxt - suv yo’lida yuk tashish haqi. Bu haq yukninh og’irligi, qancha masofaga tashilishi hajmi, kemada tashish vaqt miqdoriga ko’ra belgilanadi. O’zbekiston chetga sotgan mollarini chet el kemalarida tashib,ko’p mablag’ sarflashgamajbur bo’lmoqda.



Geografik obektlar:

Toshkent – Samarqand, Toshkent – Angren, Jizzax – Sirdaryo, Toshkent – Yangiyo’l – Chinoz – Sirdaryo – Guliston, Toshkent – Keles – Nazrbek – Toshkent, Toshkent – Hojikent, Xovos – Bekobod, Xovos – Jizzax,Navoiy – Uchquduq – Sulton –Uvays tog’ – Nukus, Urganch – Beruniy, G’uzor – Boysun – Qumqo’rg’on, Istanbul – Toshkent – Olmaota – Pekin, Tajan – Seraxs, Seraxs – Mashhad, Toshkent – Angren – Qo’qon, Andijon – O’sh – Ergashtom – Qashqar, Termiz – Hirot – Karachi ba boshqalar.


O‘quvchilar egallash lozim bo‘lgan BKM elementlari

Bilimlar:

  • O’zbekiston transporti va uning turlari haqida bilish;

  • Transport tarmoqlari haqida bilish;

  • Quruqlik transport turlarini bilish;

  • Havo va suv transporti haqida bilish;

  • Quvur va elektron transporti tarmoqlari haqida bilish;

  • Yo’llarning o’tkazish imkoniyati va magistrallar haqida bilish;

  • Transportning ishi va yuk tashish hajmi haqida bilish;

  • Tonnel va fraxt tushunchalarini bilish.

Ko‘nikma va malakalar:

  • O’zbekiston transporti va uning turlarini aniqlay olish;

  • Transport tarmoqlarini aniqlay olishi;

  • Quruqlik, havo va suv transporti, quvur va elektron transport turlarini ayta olishi;

  • Xaritada transport tarmoqlari yonalishlarini ko‘rsata olishi;

  • Yozuvsiz xaritada transport tarmoqlari yonalishlarini tasvirlay olishi;

  • O’zbekiston transportiga reja asosida tavsif yoza olishi.



Tashkiliy qism.

Dars avvalida salomlashib, o‘quvchilar davomati aniqlanadi. O‘quvchilar bugungi kun ob-havosi va atrof-muhitdagi tabiiy o‘zgarishlarga hamda mamlakatimizdagi yuz berayotgan iqtisodiy rivojlanishga sharh beradilar. O‘quvchilarning darsga tayyorgarligi nazorat qilinadi.



Guruhlash. O‘quvchilar qatorlar orqali uch guruhga bo‘linadi: "Toshkent", "Samarqand", "Qarshi" guruhlari.

BLIS” so‘rov orqali oldingi darsda o‘tilgan mavzu yuzasidan sinf o‘quvchilarning bilimini tekshirish.

BLIS” so‘rov topshiriqlarining o‘ziga xos xususiyatlari:


  • Qisqa vaqtda nazoratni amalga oshirish

  • Barcha o‘quvchilarni qamrab olish

  • Nazorat materiallari to`zishning soddaligi

  • Natijalarni tekshirib chiqish qisqa vaqtni talab etishi

  • Vaqtning qat’iy belgilanganligi nazorat natijalarini realligini ta’minlaydi

BLIS” so‘rov topshiriqlari:


Shakli: “ha-yo‘q”.

  1. Maishiy xizmat xizmat ko’rsatish sohalari geografiyasi tarkibiga kiradimi?

  2. Xizmat ko’rsatish sohasi insonning madaniy ruhiyatini rivojlantirishda katta ijtimoiy ahamiyatga ega.

  3. Xizmat ko’rsatish sohasi muassasalarini joylashtirishda xizmatga talabning davriyligiga e’tibor qaratiladi.

  4. Sog’liqni saqlash xizmat ko’rsatish sohalari geografiyasi tarkibiga kiradimi?

  5. Axborot tarqatish, mamlakat iqtisodiyotini boshqarishda aloqa xizmati muhim o’rin egallaydi

  6. Darsliklar, jurnal, gazetalar, plakatlar vaboshqalar matbaachilik sohasiga kiradi.

  7. Xizmat ko’rsatish rayonlari vujudga kelishiga ko’ra guruhlanmaydi

  8. oyib tabiatli rekratsion rayon xorijliklarni o’ziga jalb etmaydi.




  1. Turizm mamlakat iqtisodiyotiga katta foyda keltiradi




  1. Mamlakatda 10 mingga yaqin umumta’lim maktablari, 1500 dan ortiq akademik litseylar va kasb – hunar kollejlarida 6,5 mln dan ortiq yoshlar bilim olmoqda.

So‘rovni o‘tkazish tartibi:

1.Har bir o‘quvchi ucchun individual nazorat topshiriqlari beriladi.

2. “BLIS” so‘rov topshiriqlari uchun javob varaqasi:



Topshiriqni bajarish tartibi:


1

2

3

4

5

6

7

8

9

10































O‘zingiz to‘g‘ri deb hisoblagan to‘g‘ri javoblarni X belgisi bilan, noto‘gri deb hisoblagan javoblarringizni O belgisi bilan belgilang.

3. O‘quvchi quyidagi shaklda javoblarni belgilaydi:



1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

X

X

X

X

X

O

O

O

O

O

4.Nazorat uchun belgilangan vaqt tugagach o‘qituvchi o‘quvchilarning javob varaqalarini tekshirib chiqadi va baholaydi.

Baholash mezonlari:



  • 9-10 ta to‘g‘ri javob uchun “5” ball

  • 7-8 ta to‘g‘ri javob uchun “4” ball

  • 5-6 ta to‘g‘ri javob uchun “3” ball

Yangi mavzu bayonidan oldin “Aqliy hujum metodi yordamida o‘quvchilarning O’zbekiston transporti haqidagi bilimlari aniqlab olinadi.

Aqliy hujum” metodi


  • Bevosita jamoa bo‘lib “fikrlar hujumi”ni olib borish. Bu uslubdan maqsad-mumkin qadar katta miqdordagi g‘oyalarni yig‘ilish, talaba (yoki o‘quvchi)larni ayni bir xil fikrlashdan holi qilish, ijodiy vazifalarni yechish jarayonida dastlab paydo bo‘lgan fikrlarni yengishdir.



  • AQLIY HUJUM” metodi- biror muammo bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan metoddir



  • «AQLIY HUJUM» metodining to`zilmasi

  • Muammoli savol beriladi

  • Fikr va g‘oyalar bildiriladi va jamlab boriladi

  • Fikr va g‘oyalar guruhlanadi

  • Aniq va to‘g‘ri javoblar tanlab olinadi




  1. Transport nima?

  2. Kim temir yo’lni ko‘rgan?

  3. Respublikamiz hududida o’tagan temir yo’llardan 4 tasini yo’nalishlari nomini ayting.

  4. Siz yashaydigan joyda temir yo’li o‘tadimi? Uning yo’nalish nomini ayting.



Yangi mavzuning bayoni

Reja:

  1. Quruqlik tarsporti va uning turlari

  2. Suv transporti, havo transporti

  3. Quvur transporti, elektron transporti

4. Yuk tashish o’lchamlari.

5.O'zbekistondagi yirik davlat va xalqaro aamityaga ega bo’lgan yo’llar.

6. Mustaqillik yillarida qurilgan yangi yo'llar. O'zbekistonning Dunyo okeaniga chiqish imkoniyatlari.
Transport makroiqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri, iqtisodiyotning qon tomiri, harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. U ishlab chiqarish bilan iste’molni bog‘lab, ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi.

Ta’kidlash lozimki, transport sanoat va qishloq hо‘jaligiga nisbatan geografiyada kam о‘rganilgan yoki о‘rganilayotgan yо‘nalish ekanligi bilan ajralib turadi. Vaholanki, transportsiz hech narsani tasavvur qilib bо‘lmaydi, chunki transport harakat, masofani kesib о‘tish, u yoki bu narsani (yuk, yо‘lovchi, axborot) tashish, jо‘natish demakdir. Iqtisodiy geografiyada transport liniyalar, yо‘l, yо‘laklar sifatida uning qolgan obyektlarini – areal, tugun va markazlarni bog‘lab turadi. Transport tо‘ri va tizimi har qanday hududning rivojlanganlik, о‘zlashtirganlik kо‘rsatkichi, hududiy mehnat taqsimotini amalga oshiruvchi, iqtisodiy rayon va ishlab chiqarish majmualarning shakllantiruvchi muhim omilidir. Qolaversa, “arzon”, “qimmat”, “qulay”, “noqulay” tushunchalarining zaminida transport omili yotadi, transport geografik о‘rin esa iqtisodiy geografik о‘rinning asl mohiyatini aks ettiruvchi asos hisoblanadi.

Odatda, transport deganda uning quyidagi jihatlariga e’tibor qaratiladi:


  1. Transport – bu vosita, harakatlantiruvchi kuch;

  2. Transport – xalq xо‘jaligi tarmog‘i;

  3. Transport, aniqrog‘i transport yо‘llari – bu ishlab chiqarish infratuzilmasining yetakchi tarmog‘i, xо‘jalik tarmoqlari va aholining joylashuvida muhim omil (yо‘li yaxshi mamlakat boy bо‘ladi, boy mamlakatlarning yо‘llari esa hammavaqt ham yaxshi bо‘lavermaydi);

  4. Transportning uzatuvchanlik, bog‘lovchilik funksiyasi borligi sababli u aloqa tizimi bilan juda yaqindan aloqador, binobarin, aloqa tizimidagi yangi о‘zgarishlar (tele-radio aloqalari, internet va b.) an’naviy transport tarmoqlarining rivojlanishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.

Ma’lumki, О‘zbekiston Markaziy Osiyoning qoq о‘rtasida joylashgan. Bu yerda “joylashgan” degan sо‘z ayni vaqtda uning transport geografik xususiyatini, о‘rnini ham belgilab beradi. Darhaqiqat, respublikamizning bunday transport geografik о‘rni, uning markaziyligini, kesuvchanligini (ya’ni tranzitligini) aks ettiradi, shu bilan birga, mamlakatimizning jahon okeanidan uzoqda, ichkarida joylashganligini bildiradi.

Qadimda, respublikamizning hozirgi hududida quruqlik transporti, aniqrog‘i karvon yо‘llar yaxshi rivojlangan bо‘lgan. Xususan uning Buyuk ipak yо‘lida joylashganligi yurtimizda savdo, madaniyat, hunarmandchilikning rivojlanishiga katta ta’sir kо‘rsatgan. Temir yо‘llar esa bu yerda XIX asrning oxirida va XX asr boshlarida qurilgan. Bular Kaspiy orti temir yо‘li, ya’ni hozirgi Turkmanboshi (Krasnovodsk) – Andijon hamda Orenburg – Toshkent yо‘llaridir. Keyinchalik boshqa mahalliy va xalqaro yо‘llar ham qurildi, ayniqsa Quyi Amudaryo yо‘nalishida barpo etilgan temir yо‘l, masalan Qо‘ng‘irot, Beynau – Makat – Aleksandrov Gay (Saratov obl.) muhim ahamiyat kasb etdi.

Biroq, respublikamiz transport tо‘ri uning turli hududlarini bog‘lash nuqtai nazaridan yagona tizimni tashkil etmasdi. Shu bois, mustaqillik yillarida transport xavfsizligiga ham jiddiy e’tibor qaratildi, qisqa muddat maboynida Uchquduq – Miskin – Nukus, Toshg‘uzor – Boysun – Qumqо‘rg‘on temir yо‘llari qurilib ishga tushirildi. Natijada, hozirgi kunda Quyi Amudaryo mintaqasi va Surxondaryo viloyatiga borish uchun avvalgidek Turkmaniston hududiga chiqish talab etilmaydi. Shuningdek, temir yо‘llarni elektrlashtirish, tez yurar yо‘nalishlarni joriy qilishda ham yutuqlarimiz talaygina (masalan, Toshkent – Samarqand oralig‘ida qatnaydigan “Afrosiyob” tez yurar poyezdi).

Avtomobil yо‘llarini qurish ham mamlakatimiz iqtisodiy siyosatining ustuvor yо‘nalishidir. Shu bois, magistral yо‘llarni qayta qurish, ta’mirlash, yо‘l bо‘yi infratuzilma va yо‘l bо‘yi iqtisodiyotini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, transportning boshqa turlari – havo, quvur transporti ham rivojlanib bormoqda. Respublikamiz poytaxti hamda Urganch, Navoiy, Samarqand, Buxoro shaharlarida xalqaro aeroportlar qurilgan.

Transportning asosiy funksiyasi yuk va yо‘lovchi tashish 1996 va, xususan, 2003 yillargacha har xil о‘zgarib bordi, о‘sish - pasayish kо‘rsatkichlari bir - birini almashtirib turdi. 2004 yildan boshlab esa bu kо‘rsatkichlar muntazam ravishda о‘sib bormoqda. Masalan, 2010 yilda yuk tashish 2009 yilshga nisbatan 109,9 foizga, yо‘lovchi tashish 106,2 foizga ortgan.

Hozirgi paytda transport sohasida 165 ming kishi band, bu barcha iqtisodiyot sohasida band bо‘lganlarning 3,7 foizini tashkil qiladi. Transportni rivojlantirish uchun ajratilgan jami investisiya hajmi 2009 yilda 27,6 foizga teng bо‘lgan (2005 yilda 15,7 %). Kо‘rinib turibdiki, mamlakatimiz rahbariyati transport tizimi, transport mustaqilligi va xavfsizligiga katta e’tibor qaratmoqda.

2010 yilda О‘zbekistonda transportning barcha turlari orqali 1173,2 mln tonna yuk tashilgan. Bu 2005 yilga qaraganda 1,5 martadan kо‘proq demakdir. Jami tashilgan yukning 90,6 foizi birgina avtomobil transporti zimmasiga tushadi. Qolgan transport turlarining bu boradagi kо‘rsatkichlari ancha past.

Kо‘rilayotgan yilda jami 6045,3 mln kishi yо‘lovchi sifatida tashilgan (2005 yilga nisbatan 1,6 marta kо‘p), uning 98,2 foizi avtomobil transportiga tо‘g‘ri keladi. Yuk va yо‘lovchi tashishda xususiy tadbirkorlikning salmog‘i katta. Jumladan, 2010 yilda avtomobil transporti yuk aylanmasining umumiy hajmida xususiy yuk tashuvchilar hissasi 72,1 foizga teng bо‘lgan. Yо‘lovchilar tashishda bu kо‘rsatkich yanada yuqori.

О‘zbekistonda jami umumiy ijtimoiy foydalanishda bо‘lgan temir yо‘llar uzunligi 4229,9 km, har 10 ming kv km maydonga zichlik 94,2 km ni tashkil qiladi3. Tabiiyki, hududi katta mintaqalarda temir yо‘llar uzunligi ham katta. Masalan, Qoraqalpog‘istonda u 844 km, Navoiy viloyatida 469 km va h.k. Ayni vaqtda maydoni kichik Andijon va Sirdaryo viloyatlarida temir yо‘llar uzunligi ham ancha oz.

Umumiy qonuniyat kо‘proq aholi va yо‘llar zichligi о‘rtasida kо‘zga tashlanadi. Fikrimizning isboti sifatida Andijon va Farg‘ona, Xorazm yoki Sirdaryo viloyatlaridagi kо‘rsatkichlarni keltirish mumkin. Bu fikrni eng past zichlikka ega bо‘lgan Navoiy va Buxoro viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi vaziyat ham tasdiqlab beradi ( -jadvalga qarang).

Qattiq qoplamali avtomobil yо‘llar uzunligi respublikamizda 41,6 ming km yoki temir yо‘llarga nisbatan 10 marta ziyod; zichlik har 1000 kv km maydonga 92,7 km – bu kо‘rsatkich ham deyarli 10 barobar ortiq. Shu о‘rinda aholi geografiyasi va avtomobil yо‘llar zichligi о‘rtasidagi qonuniyatni yana bir bor ta’kidlash о‘rinli. Jadval ma’lumotlariga qaraganda, eng yuqori avtoyо‘llar zichligi aholi zichligi eng yuqori bо‘lgan Andijon va Farg‘ona viloyatlarida kuzatiladi. Bu holat Namangan, Xorazm va Sirdaryo viloyatlarida ham ancha yuqori, chо‘llik mintaqalarda esa u juda past.

Taniqli rus olimi N. N. Baranskiy fikricha, yо‘llar va shaharlar har qanday hududning iqtisodiy asosini (“qovurg‘asini”) tashkil qiladi. Chindan ham aynan ular birgalikda joyning iqtisodiy salohiyatini, geografik jihatdan о‘zlashtirilganlik darajasini yoki, boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyotining “geografik geometriyasini” о‘zida aks ettiradi. Mamlakatimiz iqtisodiy xaritasida bunday о‘ziga xos geometrik shakllar vujudga kelgan. Masalan, ular jumlasiga Samarqand (Juma) – Buxoro (Kogon) – Qarshi (Qashqadaryo st.), Sirdaryo – Jizzax – Xovos uchburchaklari, Farg‘ona xalqasi (Qо‘qon – Namangan – Andijon - Marg‘ilon) kabilar kiradi. Ba’zan, bu yо‘nalishlarda temir va avtomobil yо‘llar birgalikda joylashgan bо‘lib, ular birgalikda hududni yanada mustahkamroq birlashtiradi (“mixlaydi”). Bunday shakllarning ayrimlari transchegaraviy bо‘lib, ular qо‘shni, hududi tutash bо‘lgan davlatlarni ham bog‘laydi. Masalan, tabiiy geografik miqyosdagi Farg‘ona xalqaro halqasi Xо‘jand va О‘shni ham birlashtiradi yoki Gazо‘choq – Urganch – Doshhovuz, Taxiatosh (Nukus) halqasi ham shunga о‘xshash geosiyosiy mohiyat kasb etadi. Turkmaniston bilan tutash bо‘lgan О‘zbekiston hududlarida Turkmanobod – Pitnyak – Uchquduq – Navoiy “trapesiyasi” ham kо‘zga tashlanadi. Qoraqalpog‘istonda Nukus – Qо‘ng‘irot – Chimboy “konussimon” temir yо‘li ushbu mintaqa tabiiy-iqtisodiy imkoniyatlaridan foydalanishda ahamiyatga ega. Avtoyо‘llar geografiyasida esa Samarqand – G‘uzor – Shahrisabz – Samarqand halqasi yо‘lovchilar tashishda katta о‘rin tutadi.

Yuqoridagi yо‘llarning yanada rivojlanishi, temir yо‘l tugun va majmualarining shakllanishi iqtisodiy geografik jihatdan muhim hisoblanadi. Xususan, nisbatan bir-biriga yaqin joylashgan ancha yirik shaharlar о‘rtasida magistral kо‘rinishda, intensiv qatnovli yо‘l va yо‘laklar (karidorlar) bu borada yanada ahamiyatlidir.

Sababi, har qanday yо‘l uning ta’sir zonasida bо‘lgan tabiiy boyliklarni о‘zlashtirishga, ichki hududlarga madaniyat yangiliklarini olib kirishga, о‘sish qutb va markazlarning vujudga kelishiga asos bо‘lib xizmat qiladi. Xuddi shu fikrni 223 km masofada barpo etilgan (2007 yil) Toshg‘uzor – Boysun – Qumqо‘rg‘on temir yо‘li yaqin kelajakda isbotlab beradi.

2009 yil yakunlariga ko‘ra, temir yo‘llar orqali 65,6 mln tonna yuk va 11,9 mln yo‘lovchi tashilgan. Yuk tashish aylanmasi shu yilda 75,8 milliard t/kmni tashkil etgan. Taqqoslash uchun: 2005 yilda bu ko‘rsatkich 68,9 teng bo‘lgan. Yo‘lovchilarni tashish aylanmasi 77,2 mlrd yo‘lovchi/km bo‘lib, bu ko‘rsatkich ham so‘ngi 5 yilda 1,7 martaga ko‘paygan. Mintaqalar miqyosida yuk tashishda Toshkent, Navoiy va Farg‘ona viloyatlari ko‘zga tashlansa, yo‘lovchi tashishda Toshkent mintaqasi keskin ajralib turadi. Temir yo‘llarda tashilgan yuklarning deyarli ¼ qismini neft va neft mahsulotlari, 22 foizini qurilish materiallari, 10 foizdan ko‘prog‘ini sement, 5 foizga yaqinini ko‘mir tashkil etadi.

Ko‘rilayotgan davrda avtomobillar orqali jami 17,2 mln t yuk va 697,6 mln yo‘lovchi tashilgan. Yuk tashishda yuqoriroq ko‘rsatkichlar Xorazm, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida qayd etiladi, avtobuslarda yo‘lovchi tashish bo‘yicha esa, eng avvalo, poytaxt – Toshkent hamda Farg‘ona viloyatlari oldinda. Ayni paytda avtomobillarda yuk tashish Jizzax, Buxoro, Andijon va Namanganda, yo‘lovchilar tashish Jizzax va Navoiy viloyatlarida sust rivojlangan ( -jadval).

Yuqorida qayd etilganidek, respublikamizda quvur va havo transporti ham rivojlanib bormoqda. “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy kompaniyasi asosan yo‘lovchilar tashishda katta ahamiyat kasb etsa, quvur transporti orqali ko‘proq gaz jo‘natiladi (2009 yilda 43,7 mlrd kub m). Respublikamizda jami magistral quvurlarning uzunligi 13,7 ming km bo‘lib, uning 13,6 ming kilometri gaz quvurlari sanaladi.

Transport nafaqat mamlakat ichidagi vazifalarni bajaradi, uning tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda ham ahamiyati katta. Bu aloqalarda, xususan yuk tashishda, ichki transportdan farq qilib, temir yo‘l transporti yetakchilik qiladi. Turli xil yuklarni turli xil yo‘nalishlarda tashishda Angren terminali va, ayniqsa Navoiy shahri aeroporti negizida tashkil etilgan erkin iqtisodiy-industrial zonaning ham o‘rni katta.

Mustaqillik yillarida respublikamizning tashqi savdo aylanmasi 2063 mln AQSH dollaridan (1991 y.) 21842 mln dollarga (2010 y.) yetdi. Tadrijiy o‘zgarishlar dinamikasi shuni ko‘rsatadiki, milliy iqtisodiyotning dastlabki shakllanish davrlarida, ishlab chiqarishning pasayib borish jarayonida, ya’ni 1996 yilgacha tashqi savdo aylanmasi o‘sib borgan. Jumladan, u 1992 yilda oldingi yilga nisbatan birdaniga 2,2 barobarga ortgan, so‘ngra o‘sib borib, 1997 yildan pasayish ko‘rsatkichlarini namoyon etgan. 2002 yilda respublika tashqi savdo aylanmasining hajmi 5700 mln AQSH dollariga tushib qolgan, vaholanki u 1996 yilda 9311 mln dollarga yetgan edi. 2003 yildan hozirgi davrgacha tashqi savdo aylanmasi turli sur’atlarda ko‘payib borgan. U 2006 yilda 2002 yilga nisbatan deyarli 2 martaga oshgan va keyingi 4 yil davomida bu ko‘rsatkich 2 barobarga ko‘paygan.





Avtomobil transporti

Tashilgan yuklar,
ming tonna

2010 y.
yanvar-dekabriga

nisbatan foizda



Yuk
aylanmasi,
ming t-km

2010 y.
yanvar-dekabriga

nisbatan foizda



Tashilgan yo‘lovchilar, ming kishi

2010 y.
yanvar-dekabriga

nisbatan foizda



Yo‘lovchi aylanmasi, ming

yo‘lovchi-km



2010 y.
yanvar-dekabriga

nisbatan foizda



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling