Kiris h I bob


Download 1.65 Mb.
bet5/9
Sana24.05.2020
Hajmi1.65 Mb.
#109521
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Geografiya darslarida zamon

Jami


36970,9

112,2

1261592,9

109,8

383778,7

118,0

4243304,7

116,8

shaharlar:

























Qarshi

7684,9

113,1

218190,1

110,3

113482,4

117,9

790386,6

116,1

tumanlar:

























G‘uzor

2357,2

111,0

78767,8

108,8

18481,3

118,0

305002,2

116,3

Dehqonobod

1748,0

112,1

73062,5

109,0

9926,4

116,3

156216,1

116,9

Qamashi

2644,8

111,5

76442,0

110,7

24301,0

119,2

266441,1

116,2

Qarshi

2186,3

112,8

85837,8

108,7

14912,2

117,7

312480,8

116,3

Koson

2251,3

114,1

104574,8

110,8

21589,3

116,4

326800,8

116,8

Kitob

1846,5

110,5

68686,2

108,0

20043,6

119,3

229509,1

117,8

Mirishkor

1893,3

108,9

60203,3

112,7

17515,9

117,0

223481,8

116,4

Muborak

1753,7

111,5

78699,1

108,7

15953,0

118,9

191205,3

117,5

Nishon

1879,1

113,9

54587,3

106,1

17515,9

116,7

233522,8

117,6

Kаsbi

2364,8

109,5

75826,7

112,9

27212,8

120,1

280472,0

117,1

Chiroqchi

2920,3

111,2

91207,2

109,2

23624,2

118,3

283715,7

117,0

SHаhrisаbz

3075,9

115,1

106209,3

109,8

41336,2

118,3

415417,0

116,5

Yakkаbog‘

2364,8

112,2

89298,8

110,1

17884,4

116,6

228653,4

117,9

17-jаdvаl



O‘zbekiston mintaqalarida transportning ba’zi bir ko‘rsatkichlari (2009 y.)




Hududlar

Temir yo‘l transporti

Avtomobil transporti

Temir yo‘l uzunligi, km

Temir yo‘l zichligi, har 10 ming kv/km

Yuk jo‘natish, ming/t

Yo‘lovchi tashish, ming kishi

Avtomobil yo‘l uzunligi, ming/km

Zichligi, har 10 ming kv/km

Yuk tashish, mln/t

Avtobuslarda yo‘lovchi tashish, mln/kishi




O‘zbekiston Respublikasi

4229,9

94,2

65622,5

11893,6

41,6

92,7

17,2

697,6




shu jumladan:




Qoraqalpog‘iston Respublikasi

844,3

50,7

2096,5

1362,8

4,1

25,0

0,4

4,3

viloyatlar:

1.

Andijon

155,8

371,0

466,9

102,9

2,5

584,0

0,3

9,4

2.

Buxoro

270,6

67,1

7488,5

854,3

3,8

94,4

0,2

4,4

3.

Jizzax

280,5

132,3

1948,1

95,4

2,5

117,1

0,0

1,4

4.

Navoiy

469,3

42,3

12120,8

775,6

3,9

35,5

1,7

4,8

5.

Namangan

144,6

195,4

720,1

176,8

3,1

424,5

0,3

10,3

6.

Samarqand

283,8

168,9

2047,9

907,0

4,1

242,8

1,4

4,6

7.

Sirdaryo

160,1

372,3

239,2

746,0

1,4

330,0

1,2

8,6

8.

Surxondaryo

410,4

204,2

1848,0

839,7

2,7

135,1

2,1

14,2

9.

Toshkent

348,8

223,6

18726,9

4855,8

3,8

245,6

0,7

146,3

10.

Farg‘ona

228,6

341,2

11420,3

395,6

4,0

589,4

2,1

84,7

11.

Xorazm

138,7

227,4

270,8

310,0

2,2

359,0

4,1

11,5

12.

Qashqadaryo

494,4

172,9

6228,5

471,7

3,5

120,8

0,9

5,7

Manba: O‘zR Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.


Tashqi savdo aylanmasining tarkibiy tuzilishi ham yillar mobaynida bir xil bo‘lmagan. Chunonchi, 1996-1997 yillarda u manfiy nisbatga, ya’ni manfiy saldoga ega bo‘lga holda, qolgan yillarda tovar almashuv muntazam ravishda mamlakatimiz foydasiga hal bo‘lgan. Eksport hajmi 1995-2010 yillarda 3,5 martaga ko‘paygan bo‘lsa, import bu davrda 3,0 martaga oshgan. Demak, bu boradagi jarayonni asosan eksport belgilab bermoqda. Importni eksport bilan qoplash darajasi 2010 yilda 148,2 foiz bo‘lgan, ijobiy savdo aylanmasining natijasi 4247 mln AQSH dollari darajasida. Biroq, ta’kidlash kerakki, eng so‘ngi yillarda (2009-2010 yy.) import ko‘rsatkichlarining biroz pasayib borish holatlari qayd etilmoqda.

Eksport tarkibida ham ba’zi o‘zgarishlar kuzatilmoqda, jumladan, paxta xom ashyosi, ya’ni paxta tolasining bu boradagi ulushi pasayib, uning o‘rniga mashinalar va boshqa mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek, turli xil xizmatlarning ulushi ortib borgan.

2010 yilda jami eksport hajmining 11,3 foizi paxta tolasiga, 24,8 foizi energiya manbalari va neft mahsulotlariga, 9,7 foizi oziq-ovqat mahsulotlariga to‘g‘ri kelgan. Mashina va uskunalarning ulushi 5,5 %, qora va rangli metallar 6,8 %, kimyo va undan tayyorlanadigan mahsulotlar 5,1, xizmatlar 9,1 foizga teng bo‘lgan.

Importda mashina va uskunalar keskin ajralib turadi; ularning hissasiga 2010 yilda jami import qilingan tovar va xizmatlarning 44,1 foizi to‘g‘ri kelgan (2009 yilda 56,5 %). Keyingi o‘rinda kimyo va undan tayyorlanadigan mahsulotlar (14,3 %), uchunchi o‘rinda oziq-ovqat mahsulotlari turadi (10,9 %).

Umuman olganda, zamonaviy texnologiyalar, mashina va asbob uskunalarning ko‘proq keltirilishi (yaponlar uchun baliq emas, balki qarmoq muhimroq hisoblanadi) ma’qulroq. Chunki, tashqi savdo aylanmasining bunday tarkibiy nisbati kelajak ishlab chiqarish uchun mustahkam zamin yasaydi. Shu nuqtai nazardan iste’mol mollarini, xususan yengil va oziq-ovqat mahsulotlarini o‘zimizda, hech bo‘lmaganida mahalliy ehtiyojni qondirish darajasida rivojlanishi talab etiladi. Aytish joizki, mamlakatimizda olib borilayotgan siyosat, jumladan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish (“lokalizasiya”), investisiya siyosati hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlanishi ham aynan shu maqsadlarni ko‘zlaydi.

Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda transport asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Chunki, transport mustaqil respublikamiz ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishi va joylanishiga muhim ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekistonda hozirgi zamon transportining deyarli barcha turlari-temir yo‘l, avtomobil, havo, daryo, quvur va elektron transporti mavjud. 2005 yil mamlakat yalpi ichki mahsulotining 9,5% transport tarmoqlariga to‘g‘ri keladi. Bu tarmoqda band bo‘lgan ishchi xizmatchilarning o‘rtacha yillik soni 300 mingdan ortiq kishini, jumladan temir yo‘l transportida 60,4 ming, suv transportida 1,1 ming, avtomobil, shahar elektr transporti, yuk ortish va tushirish korxonalarida 250 ming kishini tashkil qiladi. Transport tarmoqlari bo‘yicha eng muhimi temir yo‘l transporti hisoblanadi. Respublika mustaqillikka erishgandan so‘ng transportni xalq xo‘jaligiga va aholiga xizmat ko‘rsatishni tubdan yaxshilash va transport boshqarish tizimini tubdan yaxshilash va transport boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadlarida “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy avia kompaniyasi, 1992 yil “O‘zbekiston avtomobil transporti” 1993 yil davlat aksionerlik korporasiyasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksionerlik kompaniyasi 1994 yilda tashkil etildi.

Respublikada transport iqtisodiy rayonlar va korxonalar xalq xo‘jaligi tarmoqlari o‘rtasida, shuningdek mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarni ta’minlaydi.

Temir yo‘l Xalq xo‘jaligida t.y. transportining yo‘lovchilar hamda yuk tashishda salmog‘i katta. Ayniqsa yuklar eksporti va importida muhim o‘rinda turadi. O‘zbekiston t.y. orqali Shimol va Janubni, Sharq va G‘arbni bog‘lovchi qatta tranzit yuk oqimi o‘tadi. 1972 y.da qurilgan Qo‘ng‘irot-Beynov magistrali Qozog‘iston orqali Rossiyaning Markaziy, Janubiy, Ural mintaqalariga tutashgan. Xovos-Aris magistrali ham mamlakatni Qozog‘iston orqali yana Rossiya b-n, Qo‘qon-Dushanba yo‘nalishi Tojikiston, Toshkent-Turkmanboshi (sobiq Krasnovodsk) yo‘li Turkmaniston bilan bog‘laydi. 2005 y. 1 yanv.holatiga ko‘ra respublikada xalq xo‘jaligiga tegishli sanoat korxonalariga tortilgan (umumiy foydalanilmaydigan) t.y. uz.3,1 ming km ni tashkil etdi; “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasiga qarashli asosiy yo‘llarning foydalanish uz. 3992 km, bundan tashqari 1992,7 km st-ya yo‘llari va 362,4 km respublika korxonalari shaxobcha yo‘llaridan foydalaniladi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” 50 mingdan ortiq turli tipdagi yuk vagoni va Germaniyada tayyorlangan refrejeratorlarga, yo‘lovchilar tashiladigan 1450 vagonga ega. Kompaniyaning t.y.dan foydalanishga mas’ul bo‘lgan Toshkent, Farg‘ona, Qo‘qon, Buxoro, Qo‘ng‘irot, Qarshi-Termiz mintaqaviy temir yo’llari uzellari faoliyat ko‘rsatadi (2006).

2005 y.da magistral temir yo‘llari transportida 45,8 mln.t.yuk tashildi. 20 tonnali konteynerlar bilan yuk tashish respublikadagi 11 stansiyada (Shumilov, Jizzax, Qaqir, Marg‘ilon, Andijon, Rauston, Ulug‘bek, Tinchlik, Buxoro-2, Qarshi, Urganch)da amalga oshiriladi.

Tashiladigan yuklarning asosiy qismini neft yuklari, toshko‘mir, don va yanchilgan don mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar, sement, yog‘och-taxta, qurilish yuklari tashkil etadi. Yuk tashishda teplovozlar (respublika t.y.da parovoz 1974y.gacha ishlatildi), yo‘lovchilar tashishda teplovoz va elektropoyezdlar xizmat ko‘rsatadi. 2005 y.da temir yo‘llari transportida 15,1 mln.yo‘lovchi tashildi. Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda, ayniqsa shaharlar atrofidagi qatnovda elektropoyezdlardan tobora kengroq foydalanilmoqda.

Temir yo‘llarini elektrlashtirish dastlab 1970 y. Toshkent-Yangiyo‘l uchastkasida boshlangan. Keyinroq Xo‘jakent-Sirdaryo liniyasi (148 km)da elektr poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi. 1985 y.dan t.y.nio‘zgaruvchan tokda elektrlashtirishga o‘tildi. 1993 y.da elektrlashtirilgan uchastkalar uz.353,6 km ga yetdi (umumiy foydalaniladigan temir yo‘llarining 8,5%). 1993 y.da Xovos-Jizzax liniyalari elektrlashtirildi. 2003 y.dan Toshkent-Samarqand, 2005 y.dan Toshkent-Samarqand-Buxoro yo‘nalishlarida tezyurar elektropoyezdlar qatnay boshladi.

O‘zbekistonning yagona temir yo‘llari tarmog‘ini vujudga keltirish bo‘yicha 1994-2001 y.larda uzunligi 700 km ga yaqin Navoiy-Uchquduq-Nukus temir yo‘llari qurib bitkazildi. Qurilishi 1995 y.da boshlangan 220 km li Toshguzar-Boysun-Qumqurg‘on temir yo‘llarining 115 km dan ortiq qismi qurilib, poyezdlarning ish qatnovi yo‘lga qo‘yildi (2005). Bu yo‘llar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.

Respublikada temir yo‘llari qurilishini loyihalash ishlarini Toshkent transport loyihalash ishlarini Toshkent transport loyihalash qidiruv instituti (Tashgiprotrans, 1952) va Toshkent temir yo‘llari loyihalash-qidiruv instituti (“Toshtemiryo‘lloyiha”, 1969) olib boradi. T.y. transporti uchun injener va texnik xodimlar “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasining Toshkent temir yo‘llari. muhandislari instituti (1931), Toshkent (1932), Samarqand (1932), Xovos (1979) t.y. transporti kollejlarida tayyorlanadi. Shu borada O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2011 – yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2012 –yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalariga bag’ishlangan majlisida Prezident I.Karimov “ Temir yo’llar kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish, Marokand – Qarshi va Qarshi – Termiz temir yo’l uchastkalarini elektrlashtirish bo’yicha loyihalar amalgam oshirilishini jadallashtirish zarur ” ekanligini ta’kidlaganlar. I.Karimov. “ 2012 yil Batanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi” Xalq so’zi 2012 y. 20-yanvar, 14-son.
Avtomobil transporti. Respublika xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari va mamlakat aholisi ehtiyojlarini qondirish darajasida rivojlangan avtomobil transportiga ega. O‘zbekistonda 20-asr boshlariga qadar ot-ulov asosiy transport vositasi bo‘lgan. Dastlabki avtobus qatnovi 1906 y.da Farg‘ona-Marg‘ilon marshrutida yo‘lga qo‘yilgan. 1910 y. Toshkentda chet ellarda ishlab chiqarilgan 8 ta kichik va 1 ta 40 o‘rinli avtobus qatnay boshladi.

1999 y.respublika xalq xo‘jaligi tasarrufida turli maqsadlar va markadagi 199,7 ming yuk avtomobillari (uning 55 mingdan ortig‘i o‘zi ag‘daruvchi), 35,4 ming avtobus, 45,9 ming yengil avtomashinalar xizmat ko‘rsatdi. Umumiy foydalaniladigan avtomobil transportida yo‘lovchilar tashishga mo‘ljallangan 14,7 ming avtobus, 5 mingdan ko‘proq yengil taksi mashinalari ishladi. Respublika bo‘yicha 2892 avtobus marshrutlarida (jumladan 593 shahar, 1768 shahar atrofi, 532 shaharlararo) avtobuslar qatnadi. Avtobuslar b-n har kuni 5 mln.ga yaqin yo‘lovchi tashildi. Respublikada 27 avtovokzal, 120 avtostansiya xizmat ko‘rsatdi. Faqat shaharlardagi avtobus marshrutlarida turli markadagi 3 mingga yaqin avtobus qatnaydi. 2006 y. 1 yanv.holatiga ko‘ra respublika bo‘yicha 2575 avtobus marshrutlari bo‘lib, shulardan 244 tasi shahar va shahar atrofi, 868 tasi yo‘nalish taksi, 400 tasi shaharlararo, 51 tasi shaharlararo yo‘nalishli taksi qatnoviga mansub. Har kuni o‘rta hisobda shaharlar va shahar atrofi marshrutlarida 3773 ta avtobuslar, 6929 ta mikroavtobuslar, 9257 ta “Damas” rusumli kichik avtobuslar, shaharlararo yo‘nalishlarda esa 1245 ta avtobuslar, 663 ta mikroavtobuslar xizmat qildi.

2005 y.da respublikada avtomobil transportida tashilgan yuklarning umumiy hajmida ularning hissasi 57,6%ni (yuk aylanmasi 8,1 mlrd.t.km), yo‘lovchi tashish umumiy hajmida 64,5%ni (29,7 mlrd.yo‘lovchi, km) tashkil qildi.

2005 y. 1 yanv.holatiga ko‘ra respublika avtomobil yo‘llari tamog‘ining um.uz.184877 km, shu jumladan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari-43558 km, qishloq ichki xo‘jalik yo‘llari-59267 km; qishloq ko‘cha va yo‘llari-52122 km; shahar ko‘cha va yo‘llari-17807 km, korxonalar tasarrufidagi yo‘llar-5462 km; inshootlarni nazorat qilish yo‘llari-6631 km. Ahamiyatiga ko‘ra xalqaro ahamiyatdagi 3283 km, davlat ahamiyatidagi 18739 km, viloyat va mahalliy ahamiyatdagi 21354 km yo‘llar bor. Shuningdek, respublikada idoralar (korxona, shirkat, fermer xo‘jaliklari, xo‘jalik tashkilotlari) ga qarashli yo‘llar ham mavjud.

1992 y. 3iyulda “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.

1992 y.fev.da O‘zbekiston avtomobil yo‘llarini qurish va ulardan foydalanish “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik konserni tuzildi (1969-1992 y.larda vazirlik). 2003 y. 21 avgustda konsern negizida davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi. Kompaniya tarkibida Qozog‘iston Respublikasi va viloyatlar yo‘l qurilish xududiy shu’ba tashkilotlari va ularning tarkibidagi 168 ta yo‘l xo‘jaligi tuman-pudrat ta’mirlash-foydalanish korxonasi, 17 ta yo‘l ta’mirlash va qurilish tashkilotlari, 11 ta sanoat va transport korxonalari, avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish va qurish birlashgan direksiyasi, mintaqalardagi loyiha in-tlari va “O‘zyo‘lloyiha” in-ti kabi 240 ta korxona va tashkilot bor.

O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyoda tutgan o‘rni, sanoat va q.x.ning rivojlanishi, qo‘shni davlatlar b-iqtisodiy aloqalarning jadal o‘sib borishini hisobga olgan holda avtomobil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirish va takomillashtirishning 1995-2010 y.larga mo‘ljallangan milliy dasturi ishlab chiqildi. Shu dastur doirasida 1996 y.dan Toshkent-Andijon-O‘sh magistralining 100 km dan ortiq tog‘li uchastkalarida Qamchiq va Rezak tonellarini qurgan holda rekonstruksiya qilish va qurish ishlari boshlandi.Almati-Bishkek-Toshkent-Termiz va Samarqand-Buxoro-Ashgabat-Turkmanboshi avtomobil yo‘li-Yevropani Kavkaz orqali Osiyo b-n bog‘laydigan avtomobil yo‘li (Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport yo‘lagining bir qismi)ning respublika hududidan o‘tadigan qismini ta’mirlash ishlari amalga oshirildi, O‘zbekistonni Qozog‘iston orqali Rossiya Federasiyasi b-n bog‘laydigan 340 km li Qo‘ng‘irot-Beynov avtomobil yo‘li qurilishining 1 bosqichi yakunlandi. 1999 y.dan xalqaro ahamiyatdagi uz.1422 km Andijon-Toshkent-Nukus-Qo‘ng‘irot tezyurar avtomagistralining qurilishini loyihalash va qurish boshlandi (mazkur yo‘l Yevropani O‘zbekiston va Qozog‘iston orqali Xitoy b-n bog‘laydigan Yevropa-Osiyo transkontinental avtomagistrali (YE-40) ning bir qismi). 2003 y. 16iyunda Afg‘oniston Islom Davlat, Eron Islom Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi hukumatlari o‘rtasida Tehron sh.da imzolangan xalqaro Transafg‘on transport yo‘lagini yaratish to‘g‘risidagi Bitimga asosan O‘zbekiston yo‘lsozlari bu transport yo‘lagini loyihalash, qurish va ta’mirlash ishlarida faol ishtirok etmoqda. Shu borada O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2011 – yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2012 –yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalariga bag’ishlangan majlisida Prezident I.Karimov “ … 742 kilometrlik avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish, yo’l qurilishi bo’yicha zamonaviy texnika sotib olish uchun 1 milliard 400 million dollarga yaqin imtiyozli kreditlar ajratildi.” deb bayon etganlar. I.Karimov. “ 2012 yil Batanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi” Xalq so’zi 2012 y. 20-yanvar, 14-son.

Havo transporti. O‘zbekiston jahondagi ko‘p mamlakatlarning poytaxtlari, yirik shaharlar, sanoat markazlari b-n havo yo‘llari orqali bog‘langan. Yo‘lovchilarga xalqaro va mahalliy yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatiladi, turli maqsadlardagi yuklar tashiladi. Maxsus maqsadlardagi aviasiya parki q.x.tibbiy-sanitariya xizmati, qurilish-montaj, meteorologiya, geologiya-qidiruv, gaz sanoati va b. Sohalarda unumli ishlatiladi.

Respublikaning havo transporti-fuqaro aviasiyasi tarixi 1920 y.lardan boshlanadi. O‘zbekistonda birinchi havo yo‘li 1924 y. 12 mayda ochilgan. Uz.800 km bo‘lgan Toshkent-Avliyoota (Taroz)-Pishpek (Bishkek)-Olmaota marshrutida Rossiya ko‘ngilli havo floti jamiyati (“Dobrolyot”)ning O‘rta Osiyo bo‘limiga qarashli, Germaniyadan sotib olingan “Yunkers-13” samolyotlarida dastlabki yo‘lovchilar tashish reysi amalga oshirildi. Shu yili uz. 450 km bo‘lgan Kogon-Oqto‘qay-Darg‘onota-Xiva hamda Buxoro-Termiz-Dushanba havo yo‘llari ochildi. 1924 y.havo transportida jami 1000 yo‘lovchi, 200 kg pochta jo‘natmalari, 5 tonna yuk tashildi. 30-y.lar boshidan respublika havo transportida yuk va yo‘lovchilar tashish ommaviy tus oldi. 1930 y.dan Toshkent-Moskva yo‘lida samolyotlar muntazam qatnay boshladi. Ayni paytda viloyat markazlarida aeroportlar, uchish-qo‘nish maydonlari qurildi.

1924 y. Toshkentda ochilgan samolyotlarni ta’mirlash bosh ustaxonasi 1937 y..da O‘rta Osiyo aviata’mirlash z-diga aylantirildi. 1940 y.da havo yo‘llari uz.9270 km, tashilgan yuk va pochta 2560 t, yo‘lovchilar tashish salkam 42 ming kishini tashkil etdi.

Respublika mustaqillikka erishganidan keyin 1992 y.yanv.dan sobiq Ittifoq fuqaro aviasiyasi vazirligi tasarrufida bo‘lgan O‘zbekiston Fuqaro aviasiyasi boshqarmasi, fuqaro aviasiyasining 243-ta’mirlash z-di, “Aviaqurilish” birlashmasiga qarashli “Aviamaxsusmontajsozlash” negizida “O‘zbekiston ” havo yo‘llari milliy aviakompaniyasi tashkil etildi.

O‘zbekistonning fuqaro aviasiyasini rivojlantirish davlat dasturi qabul qilindi. Dasturda samolyot parkini qayta tashkil etish, eski aerovokzal majmualarini jahon andozalari talablariga mos qilib rekonstruksiya qilish va yangi majmualar qurish, aeroportlarni eng yangi texnika vositalari b-n jihozlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlashning aniq yo‘llari o‘z ifodasini topdi.

O‘zbekiston Respublikasining Havo Kodeksi qabul qilindi (7.5.1993). Natijada O‘zbekistonda fuqaro aviasiyasi yangi sifat bosqichiga erishdi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi jahon aviasiya biznesidagi yirik kompaniyalar qatoriga kirdi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” ning Yevropa, Amerika, Janubi-Sharqiy Osiyo, MDH mamlakatlari shaharlarida 44 ta vakolatxonalari ochildi (2004). 1991-2004 y.larda O‘zbekiston hukumati yordamida aviasiya tarmog‘ini rivojlantirishga 1,2 mlrd. AQSH dollari miqdorida investisiyalar kiritildi va zamonaviy infratuzilma barpo etildi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi AQSH, Germaniya, Fransiya, Rossiya, Hindiston firmalari b-n turli sohalarda hamkorlik qiladi. Xalqaro reyslarda “Boing-757” va “Boing-764”, A-310, RJ-85 samolyotlaridan foydalaniladi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tarkibida 11 (Toshkent, Nukus, Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Qarshi, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Navoiy) zamonaviy aerovokzal bor. Toshkent aeroporti Markaziy Osiyodagi eng yirik xalqaro aeroport. Buxoro, Samarqand, Urganch aeroportlari ham xalqaro aeroport maqomiga ega. Milliy aviakompaniya tarkibida “Maxsus aviasiya ishlari” aviakompaniyasi faoliyat ko‘rsatadi.

Respublika aviasiya transporti uchun uchuvchilar, texnika xizmati tarkibi, yerdagi xizmat xodimlari “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining uchish-o‘quv-texnika markazi (1943 y. 15 mayda tashkil etilgan), Toshkent aviasiya in-ti (1995) da va Toshkent aviasozlik kollejida tayyorlanadi. Respublika havo transportida 2005 y.da 900 ming yo‘lovchi, 5,7 ming t yuk tashildi. Yuk aylanmasi 100,3 mln.t. km ni tashkil etdi. Shu borada O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2011 – yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2012 –yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalariga bag’ishlangan majlisida Prezident I.Karimov “ Vazirlar Mahkamasi “ Navoiy xalqaro intermodal logistika markazi” ni rivojlantirish bo’yicha chora – tadbirlarning amalgam oshirilishini, xalqaro yuklar transit hajmini ko’paytirish, parvozlar geografiyasini yanada kengaytirish, aeroport infratuzilmasini takomillashtirish, shuningdek, “ Angren logistika markazi” ni modernizatsiya qilish, rivojlantirish va jihozlash ishlarini qat’iy nazoratga olish zarur.” deb bayon etganlar. I.Karimov. “ 2012 yil Batanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi” Xalq so’zi 2012 y. 20-yanvar, 14-son.


Suv transporti. O‘rta osiyoda qadimdan Amudaryo va Sirdaryoda qayiqlar va sollardan transport turi siyaatida foydalanilgan.

O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin O‘rta Osiyo paroxodchiligi Turkmaniston, O‘zbekiston, Tojikiston o‘rtasida taqsimlandi. 1994 y. 11 mayda O‘zbekiston Respublikasida joylashgan daryo floti bo‘linmalarini boshqarish tartibi qayta tashkil etildi. O‘rta osiyo paroxodchiligining O‘zbekistondagi bo‘linmalari negizida “Termiz daryo porti”, “Xorazm daryo floti”, “Qoraqalpog‘iston daryo floti” i.ch. birlashmalari tashkil etildi (1995). “O‘zavtotrans” korporasiyasi huzurida daryo floti ishini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh boshqarma (Toshkentda) tuzildi. 2001 y. iyun oyidan O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi (1998)ning Kemachilik registri flotning texnika holati va suv yo‘llari xizmatini nazorat qilish ishlarini olib boradi. Respublika suv transportiga Termiz daryo porti, Do‘stlik (sobiq Sharlavuq), To‘rtko‘l, Beruniy, Qoratov, Xo‘jayli, Pitnak pristanlari, Amudaryo orqali To‘rtko‘l-Xonqa, Chalish-Beruniy ponton ko‘priklari, Xo‘jayli kema ta’mirlash z-di xizmat ko‘rsatadi (2006). Termiz daryo porti Jahon xalqaro yuk tashuvchi va xalqaro ekspeditor dengiz va daryo portlari ro‘yxatiga kiritilgan. Portning yuk o‘tkazish yillik quvvati 600 ming t, yuklarni tushirish-ortish quvvati 900 ming t. Afg‘onistonning Sherxon, Hayraton bandargohi orqali eksport-import yuklarini yetkazib berishda xalqaro ahamiyatga molik. Respublika daryo flotida 200 ga yaqin teploxod, shuningdek barjalar, zemlesoslar, suzuvchi ekskavatorlar, port kranlari va b. Yordamchi kemalar, texnika vositalari bor. Respublikada asosiy suv yo‘llarining umumiy uz. 500 km dan ortiq. Kemalar Amudaryoda Taxiatosh GESga qadar qatnaydi. Xalq xo‘jaligi yuklari, asosan Termiz-Hayraton, Do‘stlik-To‘rtko‘l, Xo‘jayli-Beruniy, Qoratov-Taxiatosh yo‘nalishlarida tashiladi. O‘zbekistonning port va pristanlari temir yo’llar bilan bog‘langan.



Shahar yo‘lovchilar tashish elektr transporti. Respublika shaharlarida aholiga yo‘lovchilarni belgilangan yo‘nalishlarda tashiydigan jamoat ko‘cha transporti-tramvay, trolleybus, yer osti transporti (metropoliten) xizmat qo‘rsatadi.

2006 y.1yanv.holatiga ko‘ra trolleybus tarmog‘i 141,1 km ni tashkil etdi (1995 y.da 296,5 km), 10 ta yo‘nalishda 100 ga yaqin trolleybuslar qatnadi. Nukus, Olmaliq, Namangan sh.larida, Xiva-Urganch yo‘nalishida trolleybuslar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Shaharlar elektr transporti ishini mahalliy hokimliklar boshqaradi.

Tramvay Toshkent sh.da rivojlangan. Tramvay yo‘llarining umumiy uz.122 km (1995 y.da 293,1 km, tramvay parki yo‘llari b-n birga). 2006 y.da 7 marshrutda o‘rtacha 98 tramvay (vagon) yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatdi. Toshkent sh.ning o‘zida tramvay va trolleybuslar bir kunda shahardagi jami yo‘lovchilarning 11% ga xizmat ko‘rsatadi. Toshkentda 1 tramvay, 1 trolleybus, 1 tramvay-trolleybus deposi bor.

Metropoliten yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda tobora katta ahamiyat kasb etmoqda. Respublikada metro qurilishi Toshkent sh.da 1972 y.da boshlandi.

Metropolitenning umumiy uz.38,25 km, bekatlar soni 29 ta (2006). Metropolitenda har kuni o‘rtacha 350 ming yo‘lovchi tashiladi. Yo‘lovchilarga 212 vagon xizmat ko‘rsatadi. Shahar transportida metropolitenning yo‘lovchilar tashishdagi ulushi 17% (2005). 2005 y.da shahar elektr transportining barcha turlarida 150,0 mln.yo‘lovchi tashildi.

Quvur transporti. O‘zbekistonda birinchi 20 km uzunlikdagi neft quvuri 1908 y. Chimyon neft konidan Vannovsk (hoz. Oltiariq) neftni qayta ishlash zavodiga tortilgan. Keyinchalik Farg‘ona vodiysi, Surxondaryo viloyatida yangi neft konlari ochilishi b-n transportning bu turi jadal rivojlantirildi. Neft konlaridan Farg‘ona va Oltiariq neftni qayta ishlash z-dlariga umumiy uz.228,5 km bo‘lgan nefteprovodlar qurildi. Respublika jan.da-Surxondaryo viloyatida 1947 y.Lalmikor-Qumqurg‘on va 1969 y.Amudaryo-Amu-Zang liniyalari qurildi (umumiy uz.40 km). Qashqadaryo viloyatida yangi neft konlari ochilganidan keyin 1977 y.G‘arbiy Toshloq-Qashqadaryo st-yasi (3,3 km), Shim.O‘rtabuloq-Oltingugurt z-di (72 km) neft quvurlari ishga tushirildi. 1994-97 y.larda uz.100 km bo‘lgan Ko‘kdumaloq-Buxoro neftni qayta ishlash z-di quvuri qurilib, foydalanishga topshirildi. Buxoro, Qashqadaryo viloyatlarida ulkan gaz konlarining topilishi va ishga tushirilishi b-n O‘zbekistonda ulkan magistral va gaz tarqatadigan quvur transporti rivoj topdi. Magistral gaz uzatish quvurlari (700-1200 mm) ning umumiy uz.13,0 ming km, respublikaning o‘zida gaz tarqatish quvurlari uz. 115,9 ming km (2005). 2005 y.da magistral quvur yo‘llari orqali 71,5 mln.t.yuk tashildi, yuk aylanmasi 36,9 mlrd.t.km ni tashkil etdi. Magistral quvur yo‘llari orqali 67,6 mln.t.gaz va 101,4 ming t neft haydaldi (2004; 2002 y.da tegishlicha 61,6 mln.t.gaz, 121,3 ming t neft).

Shu borada O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2011 – yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2012 –yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalariga bag’ishlangan majlisida Prezident I.Karimov “ Telekommunikatsiya tarmog’I ko’lamini kengaytirish, uni rivojlantirish va modernizatsiya qilish uchun qo’shimcha resurslarni jalb etish lozim.” Yana shu joyda telekommunikatsiya ishlarini rivojlantirishga “ 2012 –yilda 176 million dollardan ortiq hajmdagi investitsiyalarni yo’naltirish rejalashtirilmoqda” ekanligi. bayon qilingan. I.Karimov. “ 2012 yil Batanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi” Xalq so’zi 2012 y. 20-yanvar, 14-son.


2011-2015 yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish dasturining asosiy kо‘rsatkichlari

Yо‘nalish nomi

Loyiha qiymati

(mln. dollar)

Loyiha

soni

Dasturning umumiy qiymati

8504,0

85 ta

shu jumladan:







Avtotransport sistemasi

3544,0

11 ta

Temir yо‘l transporti sistemasi

2146,6

14 ta

Havo yо‘l transporti sistemasi

993,7

14 ta

Muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi va telekommunikatsiya sistemasi

1794,7


44 ta


Shahar elektrotransporti parkini yangilash

24

2 ta




2011-2015 yillarda havo transportini rivojlantirishni jadallashtirishning asosiy maqsadli kо‘rsatkichlari

Havokommunikatsiyasidagi loyihalar


Loyiha-ning umumiy qiymati


2011-2015 yillarda inves-titsiyalar hajmi, jami

Jumladan, moliyalashtirish manbalari bо‘yicha

korxona mablag‘-laridan

О‘z. TTF

Xorijiy inves-titsiya va kreditlar

Davlat byudjeti va davlat maqsadli fondlari

Havo transporti

993,7

658,8

128,9

283,4

223,7

22,8

“О‘zbekiston havo yо‘llari” MAK

993,7

658,8

128,9

283,4

223,7

22,8

Havo kemalari parkini yangilash

814,6

510,3

60,9

230,9

218,5

0,0

“О‘zbekiston havo yо‘llari” MAK havo kemalari parkini yangilash va unifikatsiyalash

814,6

510,3

60,9

230,9

218,5

-

Yerdagi infratuzilmasini rivojlantirish 

179,1

148,5

68,0

52,5

5,2

22,8

Navoiy aeroportida markazlashgan yoqilg‘i quyish tizimini qurish

35,0

35,0

10,5

24,5

-

-

Buxoro shahar aeroportida xalqaro yо‘lovchi terminali qurilishini tugatish

14,7

4,5

-

-

4,5

-

Termiz aeroportining maxsus texnikasi uchun angar qurilishi

0,7

0,7

-

-

0,7

-

Termiz shahar aeroportida aerovokzal majmuasini rekonstruksiya qilish

5,8

5,8

5,8

-

-

-

2011-2015 yillarda havo transportini rivojlantirish loyihalari

Havokommunikatsiyasidagi loyihalar


Loyihaning umumiy qiymati

Inves-titsiyalar hajmi, jami

Jumladan, moliyalashtirish manbalari bо‘yicha

korxona mablag‘laridan

О‘z. TTF

Xorijiy inves-titsiya va kreditlar

Davlat byudjeti va davlat maqsadli fondlari

Nukus shahar aeroportining perronlari va uchish-qо‘nish yо‘laklarini rekonstruksiya qilish

7,7

6,2

6,2

-

-

-

Andijon shahar aeroportining uchish-qо‘nish yо‘laklarini rekonstruksiya qilish

15,8

15,3

7,4

-

-

7,9

Qarshi va Namangan shahar aeroportlarining yorug‘lik-ogohlantirish qurilmalarini rekonstruksiya qilish

3,8

3,8

3,8

-

-

-

Farg‘ona shahar aeroportining yorug‘lik-ogohlantirish qurilmalarinimodernizatsiya qilish

0,1

0,1

0,1

-

-

-

Navoiy shahar aeroportida yо‘lovchi terminalini rekonstruksiya qilish

5,5

5,3

5,3

-

-

-

Navoiy aeroportida markazlashgan yoqilg‘i quyish tizimini qurish

35,0

35,0

10,5

24,5

-

-


О‘zbekiston avtomobil yо‘llari tarmog‘ining umumiy uzunligi

Jami

183 685 km

jumladan:




umumiy foydalanishdagi avtomobil yо‘llari

42654 km

shaharlar va boshqa aholi punktlari kо‘chalari

61664 km

xо‘jalik avtomobil yо‘llari

shu jumladan:

- ichki xо‘jalik yо‘llari

- korxonalarga qarashli yо‘llar


79367 km
67274 km

12093 km



О‘zbekiston milliy avtomagistralini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish loyihalari

Loyihalar

jami - 3,4 milliard dollar

A-373 Toshkent-О‘sh avtomobil yо‘lini rekonstruksiya qilish, jumladan «Qamchiq» va «Rezak» tonnellari bilan

100 km

M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yо‘lini rekonstruksiya qilish

100 km

4R87 G‘uzar-Chim-Kо‘kdala avtomobil yо‘lini rekonstruksiya qilish

73 km

Boshqa loyihalar:




  • yо‘llarning mustahkamligini oshirish

896 km

  • yо‘l qurilishi texnikasini xarid qilish

6 kompleks

  • kо‘prik qurilishi texnikasi xarid qilish

2 kompleks

  • saqlash va joriy ta’mirlash ishlari uchun yо‘l qurilishi texnikasini xarid qilish

444 dona

Toshkent – Samarqand yо‘nalishida mazkur ikki shahar о‘rtasidagi 344 kilometr masofani atigi 2 soatda bosib о‘tadigan, yuqori tezlikda harakat qiladigan “Talgo-250” yо‘lovchi elektr poezdlari qatnovi yо‘lga qо‘yildi. Islom Karimov


“Aнгрeн лoгистикa мaркaзи” ёпиq aкsиядoрлик жaмияти тoмoнидaн Qaмчиq дoвoни oрqaли 4 миллиoн 200 минг тoннa, яъни 2010 йилгa нисбaтaн 1,3 бaрoбaр кўп юк тaшилди.

О‘zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 22 iyundagi qaroriga kо‘ra “Hayraton – Mozori Sharif” temir yо‘l liniyasidan foydalanish va xizmat kо‘rsatish ishlari boshlab yuborildi.

“Toshkent — Samarqand” liniyasida umumiy uzunligi 100 kilometrga teng yangi elektrlashtirilgan yо‘l barpo etildi. Umuman olganda, “Toshkent — Samarqand” yо‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdlari harakatini tashkil etish loyihasi bо‘yicha 150,29 million dollarlik kapital mablag‘ о‘zlashtirildi.

Bu loyiha О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 5 yanvardagi “Toshkent – Samarqand temir yо‘l liniyasi uchastkasida yuqori tezlikdagi poyezdlar harakatini tashkil etish tо‘g‘risida”gi Farmoyishi asosida О‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi krediti va “О‘zbekiston temir yо‘llari” DATK mablag‘i hisobidan amalga oshirildi va shu loyiha asosida birinchi tezyurar “Afrosiyob” elektropoyezdi Toshkentga 2011 yilning 22 iyul kuni olib kelindi. Mustaqillik bayrami arafasida mamlakatimiz temir yо‘llari tarixida yana bir quvonchli voqea yuz berdi. Ispaniya va О‘zbekiston davlatlari о‘rtasidagi hamkorlik samarasida yurtimizga keltirilgan “Afrosiyob” poyezdlarining dastlabkisi “Toshkent — Samarqand” liniyasida о‘z qatnovini boshladi. Ikkita lokomotiv, 8 ta yо‘lovchi va bitta vagon restoranidan iborat poyezdda shu kungacha 7 mingga yaqin yо‘lovchi manziliga yetkazildi. 2011 yilning 9 dekabr kuni «PATENTES TALGO S.L.» (Ispaniya) kompaniyasida ishlab chiqarilgan ikkinchi yuqori tezlikda xarakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi Toshkentga kirib keldi. Bu poezdlardan foydalanish maqsadida temir yо‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish va takomillashtirish bо‘yicha keng kо‘lamdagi ishlar amalgaoshirildi. Jumladan, 600 kilometr uzunlikdagi yо‘llar qaytadan tiklandi, 68 kilometrdan iborat yangi temir yо‘llar yotqizildi, Toshkent va Samarqand shaharlari temiryо‘l vokzallari rekonstruksiya qilindi va qaytadan jihozlandi. Islom Karimov

2011 yili ijtimoiy soha obektlariga 59 milliard sо‘mlik mablag‘ yо‘naltirildi. Joylarda 582 ta yangi ish о‘rini tashkil etildi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Islom Karimovning 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda О‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yо‘nalishlariga bag‘ishlangan О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi

“2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga kо‘taradigan yil bо‘ladi” mavzusidagi ma’ruzasini о‘rganish bо‘yicha о‘quv qо‘llanma Toshkent – 2012


О‘zbekiston milliy avtomagistrali bо‘ylab yо‘l yoqasi infratuzilmasi va servisi obyektlari qurilishini rivojlantirish

Loyihalashtirilayotgan yо‘l

yoqasi infratuzilmasi va

servis obyektlari

jami

Jumladan, yillarda:

2011 y.

2012 y.

2013 y.

2014 y.

2015 y.

jami,

shu jumladan:

240

95

66

40

28

11

Kempinglar

19

7

8

2

1

1

Motellar

18

6

5

5

1

1

Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi (AZS)

36

19

13

4

-

-

Avtomobillarga gaz tо‘ldirish kompressor stansiyalari (AGNKS)

49

26

12

6

5

-

Avariya-chaqiruv va tibbiy yordam xizmatlari bilan texnik xizmat kо‘rsatish punktlari

78

24

21

15

14

4

Avtomobillarning qisqa muddatli tо‘xtash maydonchalari sanitariya-gigiyena uzellari bilan birgalikda

31

6

5

8

7

5

Turizm yо‘l infratuzilmasi kompleks obyektlari

9

7

2

-

-

-

Shu nuqtai nazardan qaraganda, joriy yilda uzunligi 172 kilometrdan ortiq bо‘lgan Urgut – Shahrisabz va Boysun – Denov optik tolali aloqa liniyasi qurilishini amalga oshirish mо‘ljallanmoqda.


Mavzuni mustahkamlash va topshiriqni bajarish uchun tavsiyalar.

Topshiriqlarning o‘ziga xos xususiyatlari:

  • Qisqa vaqtda mustahkamlash nazoratini amalga oshirish.

  • Barcha o‘quvchilarning BKM elementlarini qanday darajada egallab olganligini nazorat qila olish.

  • O‘quvchilarda geografik ob’ekt to‘g‘risida tasavvurlarning shakllanishiga yordam beradi.

  • Nazorat usulining soddaligi.

  • Natijalarni tekshirib chiqish qisqa vaqtni talab etishi.

Topshiriqni bajarish tartibi:

  1. Topshiriq doskada yoki slayd yordamida o‘quvchilarga taqdim etiladi.

1.Transport so‘zining ma’nosini belgilang.

‘A) lotincha, tashiyman

V) ruscha, tashiyman

S) forscha, tashiyman

D) inglizcha, eltuvchi

2. Orenburg-Toshkent oralig‘ida temir yo‘l qachon ishga tushirildi?

A) 1900 V)1888 ‘S) 1905 D ) 1917

3. Turksib temir yo‘l magistrali qachon ishga tushirildi ?

A) 1924 ‘V) 1931 S) 1936 D) 1938

4. 1000 kv km ga to‘g‘ri keladigan avtomobil yo‘llari zichligi Ukraina, Turkmaniston ,Tojikiston va O‘zbekistonda necha km ?

A) 133.4 43.2 412.2 va 207.4

V) 43.2 133.4 207.4 va 412.4

‘S) 412.2 133.4 43.2 va 207.4

D ) 207.4 133.4 43.2 va 412.2

5. Qirg‘iziston,Turkmaniston va O‘zbekistonda har 1000 kv km ga temir yo‘llarning necha km to‘g‘ri keladi ?

A) 14.7 1.8 va 4.9

V) 1.8 14.7 va 4.9

S) 4.9 14.7 va 1.8

‘D) 1.8 4.9 va 14.7
6. Xovos – Bekobod va Xovos – Jizzax yo’llari qachon elektirlashtirildi?

‘A) 1993 yil

V) 1998 yil

S) 1999 yil

D) 2000 yil

7. Tadjan-Seraxs temir yo‘lining umumiy uzunligi necha km?

A) 155 V) 145 S) 135 ‘D) 133

8. O‘zbekistonda birinchi neft quvuri transporti nechanchi yilda qurilgan?

‘A) 1924 V) 1918 S) 1908 D) 1928

9.Yil davomida temir yo’l transportida qancha yo’lovchi tashiladi?

‘A) 10 – 15 mln.dan ortiq

V) 5 - 10 mln.dan ortiq

S) 10 - 12 mln.dan ortiq

D) 15 - 20 mln.dan ortiq




  1. Magistral so‘zining ma’nosini belgilang.

‘A) lotincha – asosiy yo’nalish

‘ V) lotincha - asosiy aloqa yo’li

S) forscha, tashiyman

D) inglizcha, eltuvchi


O‘quvchi quyidagi shaklda javoblarni belgilaydi:

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

a

b

c

h

k

d

m

j

e

l

3. Nazorat uchun belgilangan vaqt tugagach oqituvchi o‘quvchilarning javob varaqalarini tekshirib chiqadi va BKM elementlarini qanday darajada egallab olganligini aniqlaydi

Uy vazifa uchun topshiriqlar

1. Transport tushunchasining eng muhim belgilarini ayting.

2. Eng muhim gaz va neft quvurlari qayerlardan o’tganini yozuvsiz xaritaga belgilang?

3. Transport tarmoqlarilardan biriga quyidagi reja asosida ta’rif bering.

Savollar

1). O’zbekistonda tpansportning qaysi turlari rivojlangan?

2). Transport tuguni nima? Atlas xaritasidan transport tugunlariga misollar keltiring??

3). Mamlakat hayotida transportning roli qanday??

4). Transport moddiy ishlab chiqarish sohaning boshqa tarmoqlaridan nima bilan farq qiladi?

5). Transport korxonalariga misollar ayting?

6). Qarshidan. avtomobilda Samarqand orqali Toshkentga yetib boorish uchun poyezd bilan borishga qaraganda qancha kilometr yaqinligini xaritadan aniqlang?

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling