Kirish 1 I bob. Xitoy tili grammatik terminologiyasining shakillanishi 1


Download 184.19 Kb.
bet12/20
Sana25.06.2023
Hajmi184.19 Kb.
#1654795
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
xitoy tili grammatik terminologiyasi shakllanishi va taraqqiyoti

5§ . Hisob so‘zlar


Qadimgi xitoy tilidagi hisob so‘zlar zamonaviy xitoy tiliga nisbatan kamroq ishlatilgan, biroq ularning mavjudligini hech kim inkor qilolmaydi. Hozirgi zamon xitoy tiliga o‘xshab qadimgi xitoy tilining hisob so‘zlari ham ikki katta guruhga bo‘linishi mumkin:



    1. 名量词 míngliàngcí (物量词 wùliàng cí) – nom hisob so‘zlari;




    1. 动量词dòngliàngcí – harakat hisob so‘zlari;

Nom hisob so‘zlari – ot so‘z turkumi bilan qo‘llanadigan hisob so‘zlar (dona, sop va h.k.).


Harakat hisob so‘zlari – fe’l so‘z turkumi bilan qo‘llanadigan hisob so‘zlar (marta, mahal va h.k.).
Qadimgi xitoy tilidagi hisob so‘zlar son bilan birikib, son hisob so‘zlarini hosil qilgan. Quyidagi ikki modelni ko‘rib chiqaylik:40

Olmosh


Ot, sifat, son, ravish o‘rnida qo‘llanadigan so‘z turkumi olmosh deyiladi. Uning asosiy vazifasi nutqdagi takrorlanishlarni oldini olish, uni lo‘nda va sodda bo‘lishini ta’minlash. Qadimgi xitoy tilidagi olmoshlar uch turga bo‘linadi:

  1. kishilik olmoshlari (称代词 chēng dàicí)




  1. ko‘rsatish olmoshlari (指示代词 zhǐshì dàicí)




  1. so‘roq olmoshlari (疑问代词 yíwèn dàicí)

Kishilik olmoshlari – shaxsni bildiradigan olmoshlar, ya’ni ushbu olmoshlar faqatgina otlarni o‘rnida qo‘llaniladi. Kishilik olmoshlari o‘z o‘rnida birinchi shaxs olmoshlari, ikkinchi shaxs olmoshlari va uchinchi shaxs olmoshlariga bo‘linadi.
Birinchi shaxs kishilik olmoshlari Venyanda quyidalar birinchi shaxs olmoshlari hisoblangan:

  1. “余” yú;




  1. “予” yú;




  1. “我” wǒ;




  1. “吾” wú;




  1. “朕” zhèn;




  1. “卬” áng;




  1. “台” yí.

Odatda “ 予 ”, “ 余 ” va “ 我 ” gapda ega, to‘ldiruvchi va aniqlovchi bo‘lib kelgan.
我非爱其财而易之以羊. Wǒ fēi ài qí cái ér yì zhī yǐ yáng. – Men boylik orttirish maqsadida buni qo‘yga almashtirayotganim yo‘q. («Meng- zi» “Lyangxoy vang shang” bo‘limi)41
尔为尔,我为我。Ěr wéi ěr, wǒ wéi wǒ. – Sen – bu sen, men – bu men. («Meng-zi» “Gong Song choushang” bo‘limi)
Birinchi misolda “ 我 ” olmoshi gapda ega vazifasini bajargan,ikkinchi misolda avval kelgan 我 – ega, keyingisi esa – kesim bo‘lib, “men” ma’nosini bildiradi.
吾 birinchi shaxs kishilik olmoshi Dastlabki Chin (221-207) davri xitoy tilida gapda ega va aniqlovchi vazifasini bajara olgan. Bundan tashqari bo‘lishsiz gaplarda to‘ldiruvchi vazifasini bajargan, gapdagi tartibi fe’ldan oldin bo‘lgan.
吾妻之美我者私. Wú qī zhī měi wǒ zhě sī. – Rafiqam meni qaddi-qomati kelishgan deb o‘ylaydi, meni juda yaxshi ko‘radi. («Kurashuvchi shohliklar» “Chi strategiyasi” bo‘limi)
Uchinchi misoldagi 吾 olmoshi “ 妻 ” (rafiqa, ot so‘z turkumi)ning aniqlovchisi vazifasini bajargan, “mening” tarzida tarjima qilinadi. “ 朕 ” kishilik olmoshi Dastlabki Chin davrida asosan gapda aniqlovchi va ega vazifasini bajargan.
朕皇考曰伯庸。Zhèn huáng kǎo yuē bó yōng. – Mening rahmatli otamni ismi Bo Yung edi. (Chyu Yuan «Lisao»)
To‘rtinchi misolda 朕 olmoshi “皇考” (raxmatli ota, ot)ni aniqlab, gapda aniqlovchi vazifasini bajargan. Tarjimasi - “mening”. “台” olmoshi ko‘pincha gapda ega va aniqlovchi vazifasini bajargan.42
朝夕纳诲, 以辅德。Zhāo xī nà huì, yǐ fǔ yí dé. – Butun kunimni ilm o‘rgatishga bag‘ishlayman, davlat boshqaruvi muommolarini bartaraf etish –men uchun eng oqilona vazifadir. («Shangshu» “Shoming shang” bo‘limi)
Beshinchi gapda 台 kishilik olmoshi “ 德 ” (axloq, ot)ni aniqlab, gapda aniqlovchi vazifasini bajargan. Tarjimasi – “mening”.
“ 卬 birinchi shaxs kishilik olmoshi ko‘pchilik hollarda gapda ega
vazifasini bajargan.
人涉否, 须我友。Rén shè áng fǒu, áng xū wǒ yǒu. – Boshqalar daryoning narigi qirg‘og‘iga o‘tishdi, men esa o‘tmadim, sababi men
do‘stimni kutishim kerak edi. («Shijing» “Beyfeng” bo‘limi) Oltinchi gapdagi ikkala 卬 olmoshi ham gapda ega vazifasini bajargan, “men” tarzida tarjima qilinadi.
Qadimgi xitoy tilida “ 台va “ 卬nisbatan kam ishlatilgan. Qadimgi tarixiy manbalarni ko‘zdan kechirar ekanmiz, bu so‘zlarning tarjimasiga alohida ahamiyat berishimiz kerak.
Ikkinchi shaxs kishilik olmoshlari. Venyanda ikkinchi shaxs kishilik olmoshlaridan ko‘pincha quyidagilar ishlatilgan:
1) “女” nǚ (“汝” rǔ);



  1. “尔” ěr;




  1. “若” ruò;




  1. “乃” nǎi;




  1. “而” ér.

Ushbu ikkinchi shaxs olmoshlari ham o‘z o‘rnida ikki guruhga bo‘linadi:



Download 184.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling