Birinchi guruh “女” (“汝”), “尔”, “若” bu 3 ta olmosh gapda ega, to‘ldiruvchi va aniqlovchi vazifasida kelishi mumkin.
(1) 居 , 吾 语 女 。 Jū wú yǔ nǚ. – (Sen) Biroz o‘tirib tur, men senga hammasini gapirib beraman. («Lunyuy» “Yangxo” bo‘limi)
Birinchi gapda 女 olmoshi “ 语 ” (gapirib bermoq fe’l)ning
to‘ldiruvchisi bo‘lib kelgan, tarjimasi – “senga”43.
若虽长大, 好带刀剑, 中情怯耳。Ruò suī zhǎng dà, hǎo dài dāojiàn, zhōng qíng qiè ěr. – Garchand sen bo‘ying baland, qaddi-qomating kelishgan yigit bo‘lsang-da, o‘zing bilan doim qurol olib yurasan, aslida sen qo‘rqoqsan. («Tarixnoma» “Inxou tarjimai holi” bo‘limi)
Ikkinchi gapdagi 若 olmoshi ham gapda ega vazifasini bajarib, “sen” tarzida tarjima qilinadi.
Ikkinchi guruh “乃”, “ 而” olmoshlari gapda asosan aniqlovchi, ba’zi paytlarda ega vazifasini bajargan, to‘ldiruvchi bo‘lolmagan.
若归,试私从容问而父。Ruò guī,shì sī cóngróng wèn ér fù. – Sen uyga qaytgach, bu haqda sekin otangdan so‘rab ko‘r. («Tarixnoma» “Sao Syanggo tarjimai holi” bo‘limi)
Uchinchi gapda 而 “ 父 ” (ota, ot so‘z tur.) dan oldin kelib, aniqlovchi vazifasini bajargan. Tarjimasi – “sening”.
Uchinchi shaxs kishilik olmoshlari. Qadimgi xitoy tilida uchinchi shaxs olmoshlaridan ko‘pincha quyidagilar ishlatilgan44:
“其” qí;
“之” zhī;
“厥” jué;
“彼” bǐ.
Kishilik olmoshlarning ko‘plik shakli Zamonaviy xitoy tilida kishilik olmoshlarining birlik va ko‘plik shakllari mavjud va ular shakl jihatidan har xil:
birlik shakli: 我 wǒ, 你 nǐ, 他 tā;
ko‘plik shakli: 我们wǒmen, 你们nǐmen, 他们tāmen.
Qadimgi xitoy tilida esa kishilik olmoshlarining birlik va ko‘plik shakllari farqlanmagan. U holda ko‘plik va birlikdagi ma’noni qanday ajratish mumkin degan savol tug‘iladi. Buning ikki yo‘li bor:
Do'stlaringiz bilan baham: |