Kurs ishining maqsadi. Xonaga kiradigan tashqi yoruglik nurlaridan odamlar va jihozlarni avtomatik ravishda himoya qilish.
Kurs ishining vazifalari. Arduino platformasini tushunish va Arduino dasturlash tilini oʻrganish.
Arduino-dan arzon va qurilishi oson aqlli parda tizimini yaratish uchun foydalanish.
Aqlli pardatizimi dizayni va kodini ochiq manbalar hamjamiyatiga baham koʻrish, shunda boshqalar uni qurishi va foydalanishi mumkin.
Kurs ishining obyekti. Arduino mikrokontrollerining yordamida aqlli parda tizimini yaratishdir. Bu loyiha, aqilli uy va ofeslarga yoʻnaltirilgan. Arduino, kunduz kunlari kuyosh nuridan himoya qiladi maxsus datchiklari kuyosh nurini to‘g‘ridan-to‘g‘i ilgab pardalar tizimini ishga tushiradi va tashqi yoruglikni to‘sadi.
Kurs ishining predmeti. Arduino mikrokontrolleri va boshqa tizimlar (sensorlar, aktuatorlar, kommunikatsiya vositalari va hokazo)
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: Kirish, 2 bob, 5 boʻlim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat
1-BOB Datchiklar haqida umumiy ma’lumotlar
1.1 Datchiklar haqida umumiy ma’lumotlar
Har xil texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ularning ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot olish zarur hisoblanadi. Bu maqsadda birlamchi o‘zgartirgichlar (yoki datchiklar) keng qo‘llaniladi. Datchik deb nazorat qilinayotgan yoki rostlanayotgan kattalikni kerakli yoki avtomatika tizimining keyingi elementlarida qo‘llash uchun qulay qiymatga o‘zgartiradigan vositaga aytiladi. Datchiklarning aniq va ishonchli ishi, butun tizim ishini tegishli asosiy ko‘rsatkichlarini belgilab beradi. Datchiklar yuqori ta'sirchanlik (sezgirlik) va aniqlikka, uzoq xizmat muddati va ishda beshikastlikka, kichik o‘lcham va og‘irlikka, hamda past narxga ega bo‘lishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |