Kirish 2 1-bob. Elektr, gidravlik yoki pnevmatik yuritmalar 5
Bevosita o‘zgartiradigan datchiklar
Download 0.66 Mb.
|
71-20 Murtazayev Azizbek kurs ishi
Bevosita o‘zgartiradigan datchiklar. Bevosita o‘zgartirgich datchikka misol bo‘lib, tenzodatchik, termo (issiqlik) datchiklar, induktiv datchiklar, sig‘im datchiklar, optik datchiklari va hokazolar hisoblanadi.
Oraliq o‘zgartirgichga ega datchiklar. Bu datchiklar bir nechta bevosita o‘zgartiradigan va ketma-ket ishlaydigan datchiklardan tashkil topgan. Bundagi bitta datchikni chiqish kattaligi kelgusi datchikni kirish miqdori bo‘lib xizmat qiladi. 1-rasm. Datchik turlari. Mexanik o‘zgartirgichlar mexanik kirish ko‘rsatkichlarni (bosim, kuch, tezlik, sarf va hokazo) mexanik chiqish ko‘rsatkichlarga ( aylanish chastotasi, bosim va hokazo) o‘zgartirib berish bilan xarakterlanadi. Bunday o‘zgartirgichlarning sezgirlik elementi sifatida elastik elementlar (membrana, prujina, balka kabilar) poplavoklar, krilchatkalar va drosselli qurilmalar ishlatiladi. Elektromexanik birlamchi o‘zgartirgichlar (yoki elektrik datchiklar) kirish mexanik ko‘rsatkichlarni (bosim, kuch, sarf kabilarni) chiqish elektrik ko‘rsatkichlarga (kuchlanish, tok, qarshilik, induktivlik kabilarga) o‘zgartirib berish uchun xizmat qiladi. Elektromexanik o‘zgartirgichlar parametrik va generator o‘zgartirgichlarga bo‘linadi. Parametrik datchiklarda chiqish ko‘rsatkichi elektr zanjir kattaliklaridan (qarshilik, induktivlik, o‘zaro induktivlik, elektr sig‘imi kabilardan) tashkil topadi. Bunday turdagi datchiklarda elektr toki va kuchlanish sifatida chiqish signalini olish uchun ular maxsus elektr sxemalariga (ko‘prikli, differensialli) ulanishi hamda alohida energiya manbasiga ega bo‘lishi kerak .
Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling