Kirish 3 L. Bob
Ishlaydigan elektrod materiali
Download 103.15 Kb.
|
ttttttttttt
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.Bob. Tajriba qism II.1.Konduktometrik titrlash
II.Bob. Tajriba qism II.1.Konduktometrik titrlash Bu usul bilan rangli yoki loyqa eritmalardagi elektrolit kontsentratsiyasini aniqlash va indikator tanlash qiyin bo‘lgan hollarda kislotalar aralashmasini titrlash mumkin. Titrlash natijasida bir turli ionlarning ikkinchi turli ionlarga almashinishi elektr o‘tkazuvchanlikning o‘zgarishiga olib keladi va bu o‘zgarish ekvivalent nuqtani aniqlashga imkoniyat yaratadi (1-rasm). Masalan, kislotasini ishqori bilan titrlaganimizda vodorod ionlarining o‘rnini harakatchanligi kamroq bo‘lgan natriy ionlari egallaydi, chunki vodorod ionlari gidroksil ionlari bilan deyarli dissotsiatsiyalanmaydigan suvni hosil qiladi. 1-rasm. Kislotalarni kuchli asos bilan konduktometrik titrlashda elektr o‘tkazuvchanlikning o‘zgarishi: a) kuchli kislotaning eritmasi; b) kuchsiz kislotaning eritmasi; v) kuchli va kuchsiz kislotalar aralashmasi; -qo‘yilgan ishqorning hajmi. Eritmadagi barcha Н+ ionlarining ОН- ionlari bilan to‘la neytrallanish kuzatilmaguncha eritmaning elektr o‘tka-zuvchanligi kamayib boradi (1а-rasm). Eritmaga ishqor qo‘yishni yana davom ettirganimizda Н+ ionlarning o‘rnini egallagan ionlari va ayniqsa ionlari hisobiga elektr o‘tkazuvchanlik yana ortib boradi. Lekin ionlarining elektr o‘tkazuvchanligi Н+ ionlarining elektr o‘tkazuvchan-ligidan kichik ( ) bo‘lganligi sababli, ekvivalent nuq-tadan keyingi ( ) elektr o‘tkazuvchanlikning ortib borishi, uning ( ) qismidagi elektr o‘tkazuvchanlikning kamayib borishidan sekinroq bo‘ladi ( chiziq chiziqdan yotiqroq ko‘rinishga egadir). Kuchsiz kislotani kuchli asos bilan titrlaganda (1б-rasm), kam dissotsiatsiyalangan kuchsiz kislotaning o‘rniga uning kuchli dissotsiatsiyalanuvchi tuzi hosil bo‘lishi hisobiga elektr o‘tkazuvchanlik ortib boradi ( qism). Ekvivalent nuktadan so‘ng elektr o‘tkazuvchanlik gidroksil ionlarining paydo bo‘lishi hisobiga tezroq ortib ketadi va chiziq tikkaroq ko‘rinishga ega bo‘ladi. Kuchli va kuchsiz kislotalarning aralashmasini titrla-ganda (1в-rasm) birinchi navbatda kuchli kislota ishqor bilan reaktsiyaga kirishadi va kuchli kislota to‘la neytrallanib bo‘l-gandan so‘ng kuchsiz kislota ishqor bilan ta‘sirlasha bosh-laydi. Kuchli kislotaning neytrallanishi natijasida elektr o‘tka-zuvchanlik avvaliga kamayib boradi ( ), kuchsiz kislotaning titrlanishi natijasida hosil bo‘lgan kuchsiz kislotaning yaxshi dissotsiatsiyalanuvchi tuzi hisobiga elektr o‘tkazuvchanlik ortadi ( ). Ikkinchi ekvivalent nuqtadan (с) keyingi elektr o‘tkazuvchanlikning ortishi ( ) eritmadagi ortiqcha gidroksil ionlarining paydo bo‘lishi hisobiga boradi. Shunday qilib va nuqtalar kuchli va kuchsiz kislotalar aralashmasini titrla-ganda hosil bo‘lgan ekvivalent nuqtalardir. Kislotani titrlashni elektrodlar to‘ldirib qo‘yilgan idishda olib boriladi. Idishdagi elektrodlarni ko‘prikka ulagan-dan keyin harakatchan kontaktni reoxordning o‘rtasiga qo‘yi-ladi va ning tok kuchi kichik bo‘lgandagi qiymatini tanlab olinadi. Keyin bir xil ulushlar bilan (eritmani aralashtirib turgan holda) byuretka orqali 0,5 ml dan titri aniq bo‘lgan ishqor eritmasi tomizib boriladi. Har qaysi ulush tomizil-gandan so‘ng qarshilik aniqlanadi va elektr o‘tkazuvchan-likning qiymatlarini ordinataga, ishqorning tomizilgan hajmini abtsissa o‘qlariga qo‘yib, konduktometrik titrlash grafigi chi-ziladi. Bunda 5-rasmda ko‘rsatilgan siniq chiziqlar hosil bo‘ladi va chiziqlarning singan nuqtalari ekvivalent nuqtalarga mos keladi. KONDUKTOMETRIYA Ishning maqsadi: Ekvivalent nuqtani, elektrolitlarning eritmadagi g-ekv lar sonini va elektrolitlar aralashmasi eritmasining tarkibini aniqlash. Ishning mohiyati: Konduktometriya elektrolit eritmasi elektr o‘tkazuvchanligining o‘zgarishi bo‘yicha ekvivalent nuqtani topish usuli bo‘lib, u turlicha harakatchanlikka ega bo‘lgan ionlarning konsentratsiyasi titrlash jarayonida kimyoviy reaksiya borishi natijasida o‘zgarishiga asoslangan. AMALIY QISM Kerakli asboblar. Konduktometr , byuretka , stakanalar , o’lchov kolbalari, elektrovolt, ampermetr va boshqalar. Ishning bajarish tartibi. Titrlash 1-2 ml li mikrobyuretka yordamida platina elektrodlari tushirilgan yacheykada olib boriladi. Konduktometrik titrlashda idishning doimiysini aniqlash talab qilinmaydi, chunki maqsadi faqat ekvivalent nuqtani topishdan iborat. Lekin titrlash davomida eritmaning hajmi kuchli o‘zgarib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, aks holda suyultirish natijasida elektr o‘tkazuvchanlik pasayib ketadi. Shu sababli iloji boricha yuqori konsentratsiyali titrant ishlatiladi. Yacheykaga 5-10 ml 0,25 n li kislota quyiladi, elektrodlar tushiriladi va Kolraush ko‘prigiga ulanadi. Harakatlanuvchi kontaktni reoxordning o‘rtasiga qo‘yib, qarshiliklar magazinidan RM ning qiymati topiladi. Ushbu qiymat (1) tenglamaga muvofiq l2l1= 1 da eritmaning qarshiligi Rx ga teng va ko‘prik diagonali bo‘yicha tok kuchi minimal qiymatga ega bo‘ladi. Eritmaning qarshiligi Rx bir necha marta aniqlanadi va o‘rtacha qiymat olinadi. So‘ngra, eritmani magnit aralashtirgich yordamida aralashtirib turgan xolda, byuretkadan 0,1 sm3 ulushlarda ishqorning 2,0 n li titrlangan eritmasidan quyib boriladi. Har bir quyilgan ishqorning aniq hajmi topiladi, eritmaning Rx qarshiligi va elektr o‘tkazuvchanligi hisoblanadi. 1R=f (VNaOH) yoki =f(VNaOH) bog‘liqlik grafigi chiziladi. Grafikda to‘g‘ri chiziqli bog‘lanish sohalariga ega bo‘lgan siniq chiziq hosil bo‘ladi, ushbu siniq chiziqning kesishgan nuqtasi ekvivalent nuqtaga javob beradi. Chiziqlar to‘g‘ri bo‘lishi uchun titrlanayotgan eritmaning hajmi deyarli o‘zgarmasligi kerak, shuning uchun titrlashga ishqorning yuqoriroq konsentratsiyasi olinadi (titrantning konsentratsiyasi titrlanayotgan eritmaning konsentratsiyasidan 5-10 marta yuqori bo‘lishi kerak), hamda titrlanayotgan kislota eritmasiga 150 ml distillangan suv quyiladi. Ekvivalent nuqtada kislota va ishqor eritmalarining g-ekv lar soni teng Vxcx=VTcT (bu erda cx va cT eritmaning va titrantning g-ekvl lardagi konsentratsiyalari) bo‘lgani uchun, titrlanayotgan eritmaning konsentratsiyasini yoki hajmini yuqoridagi tenglamalardan aniqlash mumkin. Hisoblash formulalari: RX = RM ∙ Ꙍ = = ∙ (1) n=Vt,ekv ∙CT ∙10-3 CT-titrant eritmasining g-ekv/l konsentratsiyasi; Vt,ekv- ekvivalent nuqtaga mos keluvchi titrant eritmaning hajmi sm3. Download 103.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling