Kirish dissertatsiya mavzusining dolzarbligi


Download 0.72 Mb.
bet14/22
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1582874
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
AAA

birinchi tuzilma osti – bu shaxsning ijtimoiy bog‘liq sifatlari (yo‘nalganlik, munosabatlar, ma’naviy sifatlar);
ikkinchi tuzilma osti – shaxsning tajribasi yoki individual madaniyati (bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar va odatlar);
uchinchi tuzilma osti – voqelikni aks ettirish shakllari sifatida individual psixik jarayonlarga bog‘liq shaxs sifatlari;
to‘rtinchi tuzilma osti – biologik bog‘liq xususiyatlar (temperament, yosh xususiyatlari, jins xususiyatlari, patologik yoki organik o‘zgarishlar).
K.K.Platonov mazkur tuzilma ostilarning iyerarxiyasi, ularning bo‘ysunganligini ko‘rsatadi va ularning shakllanishi ko‘rinishlari orqali aloqasi g‘oyasini rivojlantiradi – mashq qilish, o‘rgatish va tarbiyalash. K.K.Platonovning konsepsiyasi qobiliyatlarning shakllanishi to‘g‘risidagi masalani nazariy muhokamalar sohasidan amaliy asosga ko‘chirishga, mutaxassislarni, jumladan, bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlashning samarali usullarini izlashni osonlashtirishga imkon beradi.
Tadqiqotlarda alohida mavzu bo‘lib shaxsning ijodiy sifatlarini shakllantirishga taalluqli masalalar o‘rganilgan. Pedagogik ijodni rivojlantirish muammosiga V.I.Andreyev, D.B.Bogoyavlenskaya, S.M.Bondarenko, V.I.Zagvyazinskiy, I.A.Zyazyun, V.A.Kan-Kalik, T.V.Kudryavsev, Yu.N.Kulyutkin, A.N.Luk, Yu.A.Lvova, Ya.A.Ponomarev, N.Yu.Postalyuk, M.M.Potashnik, R.Z.Tagariyev, N.M.Yakovleva va boshqalarning tadqiqotlari bag‘ishlangan. Bo‘lajak o‘qituvchida ijodiy individuallikni shakllantirish muammolari Yu.A.Gribova, V.I.Zagvyazinskogo, N.G.Osuxova va boshqalarning ishlarida muhokama etilgan. Talabalarda ijodiy ko‘nikmalarni, shaxsning ijodiy yo‘nalganligini shakllantirish masalalariga A.P.Akimova, L.N.Alekseyeva, N.M.Brujukova, YE.N.Glubokova, S.Davlatshev, S.N.Zayseva, L.A.Kabanova, V.G.Karcha, P.F.Kravchuk, S.V.Kupriyanov, Z.S.Levchuk, N.V.Maklakova, M.K.Naydenko, N.P.Obuxova, V.P.Podvoyskiy, N.G.Rudenko, O.G.Suhyenko, S.YE.Tokarev va boshqalarning tadqiqotlari bag‘ishlangan. Psixologiya nuqtai nazaridan mazkur masalalar O.S.Anisimov, I.V.Galaktionov, E.V.Gabidullina, I.N.Semenov, N.V.Xazratovalarning ilmiy ishlarida ochib berilgan. Masalan, I.V.Galaktionovning tadqiqotida (58) pedagogik oliy ta’lim muassasasi talabasi shaxsining ijodiy sifatlarining tasnifi keltirilgan bo‘lib, u quyidagicha ko‘rinishga ega:

  1. bilish jarayonlarining xususiyatlari bilan bog‘liq sifatlar guruhi. Uni quyidagilar tashkil etadi:

a) muammolarga ta’sirchanlik, yuqori sezgirlik, o‘z-o‘zini anglashning mustaqilligi va uning o‘z-o‘zini tartibga solishi;
b) muammoda e’tiborni jamlash, kuzatuvchanlik;
v) yaxshi tizimlashtirilgan ma’lumot katta hajmi bilan ishlash, yaqqol assotsiativ aloqadorlik bilan bog‘langan hodisalar va predmetlarni xotirada saqlash qobiliyati;
g) fikrlashning divergentligi; turli-tuman g‘oyalarni ishlab chiqish ko‘nikmasi; fikrlashning ravonligi, moslashuvchanligi, o‘ziga xosligi; fikrlashning tanqidiyligi va mustaqilligi; ziddiyatlarni ko‘ra olish;
d) bir sohadan olingan bilimlarni boshqa fikrlash sohasiga ko‘chirish qobiliyati, fantaziya; ijodiy jarayonga kiritilgan intuitsiya;
ye) o‘z ijodiy faoliyatining pedagogik refleksiyasi;
yo) prognozlash qobiliyati;

  1. motivatsion-shaxsiy sifatlarning alohida guruhi, ya’ni: xatarga moyillik; qiziqarli ishga intilish; qiziquvchanlik; ijodiy yutuqlarga intilish; o‘z-o‘zini aktuallashtirish; o‘z-o‘zini bilish; pedagogik maqsadni belgilash;

  2. emotsional-irodaviy sifatlar: rivojlangan o‘z-o‘zini nazorat qilish va intensiv mehnatga tayyorlik; o‘z-o‘zini tashkil etish; qat’iyatlilik; o‘ziga ishonch; maqsadga erishishda izchillik; mustaqillik; xayratlanish qobiliyati; yangiga duch kelganda ijobiy emotsional ohang; empatiyaga moyillik; qo‘rquv hissi va frustratsiyani yengish;

  3. estetik sifatlar: go‘zallik hissi; olamni badiiy anglash; artistlik qobiliyatlari;

  4. kommunikativ sifatlar: ijodiy faoliyatda hamkorlikka qobiliyatlilik; o‘zining nuqtai nazarini himoyalash, boshqalarni ishontirish ko‘nikmasi; nizolarni hal qilish qobiliyati; pedagogik axloq; muloqot bo‘yicha hamkorlar bilan o‘yinli o‘zaro munosabatlarga moyillik; hazil-mutoyiba hissi.

Talabalarning kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bosqichlari rivojlanish motivatsiyasiga ta’sir etuvchi omillar va o‘zlashtirish darajasi ko‘rsatkichlarini pedagogik diagnostika qilish usullari (spesifik tahlil, intensiv trening, muammoli vaziyat, nostandart test) bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan. Talabalarning kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bosqichlari quyidagilardan iborat (2.3-jadvalga qarang):
Shaxsning rivojlanish jarayoni bir qancha omillar ta’sirida sodir bo‘ladi. Bular irsiyat, ya’ni biologik omil, ta’lim-tarbiya va shaxs faolligi (ijtimoiy omil) shaxsni shakllantirishning asosiy omillari deb tushuniladi. Faoliyatning ixtiyoriy ko‘rinishi motivatsiya bilan bog‘liq hisoblanadi.
Shaxsning rivojlanish darajasiga ko‘ra kasbiy-ijodiy qobiliyatning rivojlanishi motivatsiyasiga ta’sir etuvchi omillarning uch guruhini ajratishni talab qiladi (2.5-rasmga qarang):




Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling