Kirish dissertatsiya mavzusining dolzarbligi
-rasm. Kasbiy-ijodiy qobiliyatning rivojlanish motivatsiyasiga ta’sir etuvchi omillar
Download 0.72 Mb.
|
AAA
- Bu sahifa navigatsiya:
- III BOB. OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARIDA KASBIY-IJODIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING SAMARADORLIGI
2.5-rasm. Kasbiy-ijodiy qobiliyatning rivojlanish motivatsiyasiga ta’sir etuvchi omillar
Kasbiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish motivatsiyasi oliy ta’lim muassasasini tanlash motivlarida yotishiga amin bo‘ldik, ular orasida quyidagilar ham mavjud: a) fanni sevish; b) fanni sevish bilan birgalikda kasbga muhabbat; v) bolalarni sevish; g) oliy ma’lumot egallashning rasmiy ehtiyoji. Sanab o‘tilgan tadqiqotlar natijalarining tahlili, pedagogik kasbni egallash uchun faqatgina bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zi yetarli emasligi, shuningdek, alohida – kasbiy va ijodiy qobiliyatlar zarurligini ko‘rsatadi va ularning mavjudligi kasbiy tayyorlash jarayonini jadallashtiradi hamda pedagogik mahoratning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Kasbiy pedagogik faoliyat shunchalik xilma-xil va ko‘p qirraliki, mazkur faoliyat bilan alohida shaxs sifatlari va xususiyatlariga ega bo‘lmay turib muvaffaqiyatli shug‘ullanish mumkin emasdir. Shuning uchun ham biz tomonimizdan tanlangan – pedagogik ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishning samarali usullarini izlash muammosi ob’yektiv yuzaga keldi va o‘zining yechimini talab etadi. III BOB. OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARIDA KASBIY-IJODIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING SAMARADORLIGI § 3.1. Talabalarning kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga doir tajriba-sinov ishlarini tashkil etish Pedagogik jarayon maqsadli tashkil etilgandagina ta’lim jarayonida talabalarning kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratilgan bo‘ladi. Maqsadli tashkil etilgan pedagogik tizim tadqiqot sub’yektlarining maxsus jarayonda bilim va ko‘nikmalarni qabul qilishi, o‘rganishi va sinab ko‘rishi uchun qulay sharoit yaratadi. Bunda tadqiqot sub’yektlari hissiy-emotsional, axloqiy-normativ va intellektual imkoniyatlarining o‘zaro integratsiyaga erishishi uchun yuqori talab darajasidagi maxsus vaziyat tashkil qilinadi, kasbiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish bo‘yicha mavjud holatni yanada takomillashtirish imkoniyati yaratildi. Tadqiqotda kasb bilan bog‘liq qobiliyatlar bo‘yicha milliy va tarixiy, ilmiy va nazariy qarashlar umumlashtirildi, ularning tarixiy-milliy ildizlari va kelib chiqish omillari belgilandi, bugungi kun uchun dolzarb tamoyillari aniqlandi. Tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida tajriba-sinov ishlari tashkil etildi. Tashkil etilgan tajriba-sinov ishlarida texnologik komponentni tadqiq etish uchun N.V.Kuzmina tomonidan taklif etilgan metodikalar optimallashgan holda foydalanishga e’tibor qaratildi. N.V.Kuzmina tomonidan ishlab chiqilgan shkalalar bo‘yicha jamoadagi o‘zaro munosabatlarni qurish ko‘nikmasining shakllanganligi darajalari, “ijro etuvchi” faoliyat ko‘nikmalari guruhi (gnostik, loyihalash, konstruktorlik ko‘nikmalari), bo‘lajak pedagogning faoliyatida tashkilotchilik komponentining rolini aniqlashga yordam berdi [120]. Talabalarning kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bosqichlarini aniqlash hamda kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlanti-rishning akmeologik modelini takomillashtirish ishlari olib borildi. Bunda talabalarning kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini kreativ texnologiyalar asosida takomillashtirishga e’tibor qaratildi. Bu ishlarni amalga oshirish talabalarning kreativ potensiali darajasini aniqlovchi mezonlar va baholash darajalari ishlab chiqildi. Bu mezon va baholash darajalari bo‘yicha amaliy tatbiqi “Kasbiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmunida o‘z aksini topdi. Tanlab olingan ta’lim muassasalarining har bir bosqichlaridan ikkitadan guruhlar tanlanib, ulardan biri tajriba guruhi va ikkinchisi nazorat guruhiga ajratilib, ularning har bir bosqichdagi ishtirokchilar soni aniqlandi (3.1-jadvalga qarang): 3.1-jadval. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling