Kirish (doktorlik dissertatsiyasining annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarblig


Download 4.69 Mb.
bet4/29
Sana01.11.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1737073
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
24.10.2023

Tadqiqotining ilmiy yangiligi:
tarkibida gips birikmalari bo‘lgan farfor-fayans va sanitar- texnik buyumlar ishlab chiqaruvchi keramika sanoati korxonalarida ishlatiladigan gips qoliplari chiqindilaridan yuqori sifatli gips bog‘lovchisini olish usuli yaratilgan;
marmar va travertin chiqindilaridan gipsli kompozitsion materiallar uchun to‘ldiruvchi sifatida foydalanish ilmiy asoslangan;
ishlatib bo‘lingan gips qoliplari, marmar va travertin sanoati chiqindilari asosida olingan gipsli kompozitsion materiallarni fizik-kimyoviy tarkibi, strukturasi va fizik-mexanik xossalariga SDj-2 hamda giperplastifikatorni ta’sir qilish mexanizmi o‘rganilgan;
binolar tashqi devor konstruksiyalari uchun ishlatib bo‘lingan gips qoliplari va marmar va travertin sanoati chiqindilari asosida olingan gipsli kompozitsion materiallarning texnologiyasi ishlab chiqilgan va takomillashtirilgan;
Tadqiqotning amaliy natijalari:
tarkibida gips birikmalari bo‘lgan farfor-fayans va sanitar- texnik buyumlar ishlab chiqaruvchi keramika sanoati korxonalarida ishlatiladigan gips qoliplari chiqindilaridan yuqori sifatli gips bog‘lovchisi olish usuli yaratilgan;
keramika sanoati gipsli qoliplaridan olingan gipsli bog’lovchiga sanoat chiqindilari, kimyoviy qo‘shimcha va g’ovak hosil qiluvchilar qo‘shilgan gipsli kompozitsion materiallarni energiya va resurs tejamkor samarali tarkiblari ishlab chiqilgan;
mahalliy sanoat chiqindilari asosida olingan gipsli kompozitsion materiallarni g‘ovaklashtirishni yangi usuli yaratilgan, ularni fizik-mexanik xususiyatlari va mikrostukturasi o‘rganilgan.
Tadqiqotning natijalarining ishonchliligi. Olingan natijalarning ishonchliligi tadqiqotlarni zamonaviy asboblar va standart usullarni qo‘llanilgan holda kompleks o‘rganilishi, tajribalarni qurilish me’yorlari va qoidalari bo‘yicha o‘tkazilishi, o‘tkazilgan nazariy va eksperimental tadqiqot natijalarini yuqori aniqlikda mos kelishi hamda ularni amaliyotga joriy qilinganligi bilan ta’minlangan.

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling