Kirish (doktorlik dissertatsiyasining annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarblig


-rasm. Bog‘lovchi va chiqindi kukun qo‘shimchalari asosidagi gips toshining mustahkamligi (a) va o‘rtacha zichligi(b)ning suv-gips nisbatiga bog‘liqligi


Download 4.69 Mb.
bet9/29
Sana01.11.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1737073
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
24.10.2023

4-rasm. Bog‘lovchi va chiqindi kukun qo‘shimchalari asosidagi gips toshining mustahkamligi (a) va o‘rtacha zichligi(b)ning suv-gips nisbatiga bog‘liqligi.

Marmar va travertin kukunlari bilan modifikatsiyalangan gipsobetonning fizik-mexanik xususiyatlarining oshishi, birinchi navbatda, gipsning qotishidagi geterogen jarayonda marmar va travertinning eruvchan minerallarining kimyoviy ishtirokida yangi fazalar hosil bo‘lishi va marmar va travertin kukunlarinizarrachalari bog‘lovchining g‘ovak bo‘shlig‘ini to‘ldirishi bilan gips toshining yanada mukammal tuzilishda shakllanishini ta’minlashini ko‘rsatdi degan hulosa chiqarilgan.


Tadqiqotlar marmar, travertin kukunlari va SDj-2 plastifikatori bilan modifikatsiyalangan gipsobeton tarkibini optimallashshtirish bo‘yicha davom ettirilgan. Optimallashtirish eksperimentlarni rejalashtirishning matematik usulidan foydalanib giperkubdagi ikkinchi tartibli uch faktorli rejani amalga oshirish yo‘li bilan amalga oshirilgan.
Bunda boshlang‘ich o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchan omillar sifatida superplastifikator, marmar va travertin kukunlarining miqdorlari qabul qilingan. Xammasining o‘lchov birligi - gips massasiga nisbatan % da. Tajriba natijalariga ko‘ra ikkita regressiya tenglamalari olindi:
Y1 uchun - o‘rtacha zichlik va Y2–siqilishdagi mustahkamlik.
Regressiya koeffitsientlarining 95% ishonch darajada baholagandan so‘ng, tenglamalar quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi
Y10=1516,3+30,10x1+75,0x2+25,4x3-92,6x1x2+8,1x1x3-10,1x2x3-0,65x12-0,15x22 -4,05 x32
Y 2= Rsiq = 18,41+41,95x1+15,36x2+139,15x3-0,33x1x2+7,85x1x3-10,1x2x3-41,42x12-4,95x22-641,45x32 ;
Tenglamalarni tahlil qilish kesimlar usulida, " «Mat’cad» " matematik paketidan foydalangan holda amalga oshirildi, uning yordamida teng darajadagi chiziqlar grafiklari tuzildi (6 а, b-rasmlar). Matematik modellar va ularning grafik interpritatsiyasi taxlili gips tarkibidagi SDj-2 plastifikatori va chiqindi to‘ldiruvchilarning miqdorini oshishi bilan gips kompozitsiyaning siqilishdagi mustahkamligining oshishini ko‘rsatdi. Bu gipsobeton qorishmasining suvga bo‘lgan talabchanligining pasayishi va polikarboksilatning modifikatsiya-lashtirilgan gips toshining strukturasini shakllantirishdagi ishtiroki bilan bog‘liq: nano darajadagi marmar va travertin chiqindilari tarkibidagi kalsit va kalsiy sulfat digidrat kristallarining o‘zaro o‘sishi, kristall morfologiyasining o‘zgarishiga olib kelishi bilan bog‘liq degan hulosani tasdiqlagan.
a) b)


Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling