Kirish (doktorlik dissertatsiyasining annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarblig


-rasm. Gips hamirining tishlashish muddatiga (a) va suv talabchanligiga (b) kimyoviy qo‘shimchalarni ta’siri


Download 4.69 Mb.
bet8/29
Sana01.11.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1737073
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Bog'liq
24.10.2023

2-rasm. Gips hamirining tishlashish muddatiga (a) va suv talabchanligiga (b) kimyoviy qo‘shimchalarni ta’siri

Tadqiqot natijalari, SDj-2 qo‘shimchasi gips hamirining tishlashish jarayonini boshlanishini 8,2 - 20,5 va tugashini 24,1 – 42,2 daqiqaga oshirganligini ko‘rish mumkin. ACC Polimix JBI 20 qo‘shimchasini gips tarkibiga kiritish hamirning tishlashishini boshlanishini 7,10 dan 15,5 daqiqagacha, tugashini esa 17,3 dan 35,3 daqiqagacha oshirgan.


SDj-2 qo‘shimchasi gips massasiga nisbatan 0,1-1,5% olinganda gips hamirining suvga bo‘lgan talabchanligi 10-31% ga, ACC Polimix JBI 20 qo‘shimchasida esa 5 - 27,7% ga kamayishini ko‘rsatgan. Ushbu olingan natijalar 4-rasmda grafik ko‘rinishida keltirilgan modifikatsiyalangan gips toshining mustaxkamlikka oid tavsiflari bilan yaxshi mos keladi. Gipsli bog‘lovchi tarkibiga polikarboksilat efiri asosidagi SDj-2 superplastifikatorini kiritilganda modifikatsiyalangan gips toshining mustaxkamligi xam eng yuqori ko‘rsatkich 17,42 MPa ga yetgan.

3-rasm. Gipsning mustahkamligiga superplastifikator kimyoviy qo‘shimchalarning ta’siri.
Bu ma’lumotlar mahalliy hom ashyolardan olingan SDj-2 superplastifikator qo‘shimchasi ACC Polimix JBI 20 qo‘shimchasiga nisbatan birmuncha yuqori ko‘rsatgichga ega ekanligidan dalolat beradi. Shu bilan birga, ACC Polimix JBI 20 ning tannarxini yuqoriligi (190000 so‘m/kg) iqtisodiy jihatdan samarasiz hisoblanib, konstruksiyani tannarxini oshishiga olib keladi.
Gipsli kompozatsion materiallarning xususiyatlari ko‘p jihatdan ularning tarkibiga kiritigan to‘ldiruvchining turi va xossalariga bog‘liq. Shu maqsadda tadqiqotlar gipsli kompozatsiyalarning strukturasini shakllanishi va fizik-mexanik xossalariga to‘ldiruvchilarning ta’sirini o‘rganish bo‘yicha davom ettirilgan. To‘ldiruvchilar sifatida Namangan viloyati, Chust tumanidagi «G‘alaba» MCHJ si va Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani iqtisodiy zonasida joylashgan “Zoirjon Fayz”MCHJning travertin va marmardan pardozbop qoplama plitalar ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan kukunsimon chiqindilaridan foydalanilgan.
Olingan kompozitsiyalarning fizik-mexanik xususiyatlari GOST 23789-79 talablari bo‘yicha tayyorlangan namuna-tayoqchalarini sinash orqali aniqlandi. Tadqiqotlar suv-gips nisbati 0,36 dan 0,375 gacha, chiqindi kukunlarining miqdori gipsning massasiga nisbatan 6% dan 10% gacha qilib olingan gipsobeton namunalarida o‘tkazilgan. Sinov natijalari gipsobetonning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi marmar chiqindilar miqdori 10% ni tashkil qilganda 19,20 MPa ga, travertin uchun esa 18,5 MPa teng ekanligini ko‘rsatdi. Tarkibida 10% marmar chiqindisi bo‘lgan namunalarning zichligining eng yuqori 1685 kg/m3 ko‘rsatgichiga suv-gips nisbatining qiymati 0,37 bo‘lganda erishilgan.

  1. b)






Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling