Kirish (doktorlik dissertatsiyasining annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarblig
-rasm. Qotgan gips toshini (a), marmar chiqindili (b), gipsbetonni (v), gazogipsobeton
Download 4.69 Mb.
|
24.10.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-rasm. Gips toshi (a), marmar chiqindili gipsobeton (b), tarkibiga 0,6% SDJ-2 kimyoviy qo‘shimcha va 10% marmar chiqindisi qo‘shilgan gipsobetonni (v,g) mikrostrukturasi.
- 9-rasm. Tarkibida A1 2 (S0 4 ) 3
- “Gips kompozitsiyalarining tajriba-ishlab chiqarishga tadbiqi va uni qo‘llashning texnik-iqtisodiy samaradorligi”
7-rasm. Qotgan gips toshini (a), marmar chiqindili (b), gipsbetonni (v), gazogipsobeton
(g) namunalarining termogrammalari. Gipsobeton kompozitsiyalarining termogrammalarining taqdim etilgan grafiklarida barcha namunalarga xos bo‘lgan uchta endoeffektni ko‘rish mumkin (2-jadval). 2-jadval Gipsli kompozitsiya namunalarini kompleks termik tahlil natijalari
1. 150-1550C intervalidagi endoeffektlar gipsli kompozitsiyaning gidratatsiya jarayoniga ishtirok etmagan erkin va gips toshini degidratsiyasida ajralib chiqgan suvni yo‘qotilishi bilan bog‘liq bo‘lib, massani umumiy yo‘qotilishi ¾ qismini tashkil qiladi. 2.182-1880C haroratdagi endoeffekt yarim gidratning parchalanishi hisobiga sodir bo‘ladi: CaSO4٠0,5H2O = CaSO4+0,5H2O. Massani yo‘qotilishi 3%. 3. 774-7890C haroratdagi endoeffekt CaSO4 ning qisman parchalanishi, shuningdek, tizimdagi marmar va travertin tarkibidagi kalsiy karbonat bilan bog‘liq. Bu haroratdagi massani yo‘qotilishi 1,5%ni tashkil qiladi.Gipsli kompozitsiyalarning elektron mikroskopik ta’svirlar 8 va 9-rasmlarda berilgan. a) b) v) g) 8-rasm. Gips toshi (a), marmar chiqindili gipsobeton (b), tarkibiga 0,6% SDJ-2 kimyoviy qo‘shimcha va 10% marmar chiqindisi qo‘shilgan gipsobetonni (v,g) mikrostrukturasi. 8-rasmdagi mikroskopik ta’svirlar, marmar chiqindisi tarkibidagi kalsit va gipsli bog‘lovchini erishi natijasida kalsiy sulfat digidrat strukturasida kristallarining o‘sishi, kristall morfologiyasini o‘zgarishiga olib kelganini ko‘rish mumkin. a) b) v) g) 9-rasm. Tarkibida A12(S04)3 miqdori 4% (a,b) va 6% (v,g) bo‘lgan gazogipsobetonning mikrostrukturasi. Bu hodisani chiqindidagi eruvchan moddalar mavjudligi va ular kristallanish jarayonida ishtirok etishi bilan tushuntirilgan. SDj-2 kimyoviy qo‘shimchasi fazalarni shakllanish jarayonlarining tezlashishiga gips tizimida morfologik jihatdan modifikatsiyalangan yangi digidratlar sonining ko‘payishiga va gips kompozitsiyasini zichlashishiga olib kelgan (9-rasm). Gazogipsobetonning strukturasini shakllanishga g‘ovaklashtiruvchi komponentni miqdori katta ta’sir ko‘rsatadi. Gipsobeton qorishmasi tarkibiga alyuminiy sulfatning (A12(S04)3) optimal 4% miqdorda qo‘shilishi bir hilda taqsimlangan, mukammal shakllangan yopiq mayda g‘ovaklardan tashkil topgan gips kompozitsiyasi hosil bo‘ladi (9 a,b-rasm). G‘ovaklashtiruvchi qo‘shimcha bu miqdordan oshirilsa, ajralib chiqadigan gazning ko‘p qismi material yuzasiga orqali chiqishi natijasida harhil o‘lchamdagi ochiq g‘ovaklar shakllanadi va namunalarning o‘rtacha zichligi oshadi (9 v.g-rasm). Dissertatsiyaning to‘rtinchi “Gips kompozitsiyalarining tajriba-ishlab chiqarishga tadbiqi va uni qo‘llashning texnik-iqtisodiy samaradorligi” bobida Farg‘ona viloyatidagi "NEW BUILDING-BRICKS" MCHJ xususiy korxonasida 2022-2023 yillar davomida bajarilgan tadqiqotlar natijasining devorbop bloklar tajribaviy-ishlab chiqarishga joriy qilish natijalari keltirilgan. (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2023-yil “27” sentyabrgi 05/15-1928-son ma’lumotnomasi). 12 m3 hajmda issiqlik saqlovchi gazogips bloklari ishlab chiqarildi. 1m3 kompozit gazogips blokning iqtisodiy samaradorligi korxonada ishlab chiqarilayotgan gazbetonga nisbatan iqtisodiy samaradorligi 82302,73 so‘m yoki ≈ 16% arzon ekanligini ko‘rsatgan. Bir kunda 1000 dona blok ishlab chiqarilsa, korxonaning kunlik foydasi 2729,77x1000 = 2729775 so‘mni tashkil etgan. XULOSA "Mahalliy sanoat chiqindilari asosida olingan gipsli kompozitsiyalarni strukturasi va xususiyatlari" mavzusida falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi doirasida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida quyidagi xulosalar shakllantirilgan: 1. Gipsli kompozitsiyalarning olinish usullari, qotishining nazariy asoslari, umumiy xarakteristikalari va qo‘llash sohalari to‘liq o‘rganilgan, ammo, tarkibida gips birikmalari bo‘lgan sanoat chiqindilaridan gipsli bog‘lovchilar olish yetarlicha o‘rganilmagan. Akrasiyat barcha tadqiqotlar kimyo sanoati chiqindilariga (fosfogips, borogips, sitrogips va h.k.) qaratilgan. Lekin, farfor-fayans va sanitar- texnik buyumlar ishlab chiqaruvchi keramika sanoati korxonalaridagi chiqindi gips qoliplari e’tibordan chetda qolgan. 2. Gipsli kompozitsiyalarning xossalarini muvofiqlashtirish va uning asosidagi gips toshi tuzilmasini o‘zgartirish uchun turli sanoat va qishloq xojaligi chiqindilari va yo‘ldosh mahsulotlari qo‘llanilgan, lekin, marmar va travertin texnogen to‘ldiruvchilar asosidagi gipsli kompozitsiyalarning tarkibi va xususiyatlari o‘rganilmagan; 4. Gipsli kompozitsiyalar va ular asosidagi buyumlarning talab etilgan ko‘rsatkichlariga erishish uchun hozirgi vaqtda qimmatbaho qo‘shimchalar, aksariyat xorijda ishlab chiqarilgan kimyoviy qo‘shimchalardan foydalaniladi, mahalliy xom-ashyolar asosidagi olingan, nisbatan arzon kimyoviy qo‘shimchalardan foydalanish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. 5. Materiallarning xususiyatlarini o‘rganishning standart usullari yordamida tadqiq qilish, qo‘shimchalar bilan modifikatsiyalangan gipsli kompozitsiyalarni haqiqiy xususiyatlarini to‘liq o‘rganish imkonini bergan. Kimyoviy qo‘shimchalar bilan modifikatsiyalangan gips kompozitsiyalarini kimyoviy tarkibi hamda tuzilish struktukturasini tadqiq qilishda differensial-termik, infraqizil-spektroskopik va elektron mikroskopik singari zamonaviy usullardan foydalanilgan. 6. Gipsobeton qorishmalari va gips kompozitsiyalari uchun “EKOKERAMA” MCHJning chiqindi qoliplaridan olingan GOST 23789-2018 talablariga javob beruvchi, G-10 markadagi (Rsiq.= 11,5MPa; Reg.= 4,8MPa) gipsli bog‘lovchi ishlatilgan. Olib borilgan tadqiqotlar, marmar va travertin kukunlari bilan modifikatsiyalangan gips kompozitsiyalarining fizik-mexanik xususiyatlarining oshishi, gipsning qotishidagi geterogen jarayonlarda marmar va travertinning eruvchan minerallarining kimyoviy reaksiyalarda ishtiroki natijasida yangi fazalar hosil bo‘lishi va marmar va travertin kukunlarini zarrachalari bog‘lovchining g‘ovak bo‘shlig‘ini to‘ldirishi bilan gips kompozitsiyalarning mukammal tuzilishda shakllanishini ta’minlashini ko‘rsatgan. Mahalliy xom-ashyolardan olingan SDj-2 markadagi polimer-mineral qo‘shimcha va ACC Polimix JBI 20 markadagi yangi avlod giperplastifikatorini gipsli kompozitsiyalar tarkibiga kiritish ularning suvga talabchanligi, qotish kinetikasi va mustahkamligiga katta ta’sir ko‘rsatishi va SDj-2 kimyoviy qo‘shimchasi ACC Polimix JBI 20 qo‘shimchasiga nisbatan birmuncha samarali ekanligi aniqlangan. Gipsobetonning fizik-mexanik xususiyatlariga SDj-2 kimyoviy qo‘shimchasi ACC Polimix JBI 20 qo‘shimchalarni ta’siri o‘rganildi. Tadqiqotlar nitijasi marmar va travertin chiqindi qo‘shimchalari bilan modifikatsiyalashtirilgan kompozitsiyalarning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi plasifikatorlarning turi va miqdoriga bog‘liq ekanligi, optimal miqdordagi SDj-2 qo‘shimchasi mustahkamlikni 12%ga, ACC Polimix JBI 20 qo‘shimchasi esa 5%dan kam qiymatga oshirishini ko‘rsatdi. Bu ACC Polimix JBI 20 qo‘shimchasi, tarkibida marmar va travertin komponentlari mavjud bo‘lgan qorishmaning strukturasini shakllanish jarayoniga salbiy ta’siridan dalolat bergan. Gipsbeton kompozitsiyalarning ishlab chiqarishni ratsional parametrlarini aniqlash uchun ko‘p faktorli eksperiment usulidan foydalanildi. Olingan regressiya tenglamalarning grafik-analitik tahlili gipsobetonning mustahkamligi va o‘rtacha zichligini mustaqil o‘zgaruvchan omillarining optimal qiymatlari aniqlandi: SDj-2 superplastifikatorining miqdori bog‘lovchining massasi bo‘yicha 0,6%, marmar chiqindisiningmiqdori 15% va travertinning miqdori esa 10% ni tashkil qilgan. Gipsobeton kompozitsiyalarining xususiyatlariga g‘ovaklashtiruvchi vositalarni ta’siri o‘rganildi. G‘ovaklashtiruvchi vosita sifatida kukunsimon marmar chiqindisi va alyuminiy sulfatidan foydalanilgan gazogipsobetonning optimal tarkibi, fizik-mexanik hamda issiqlik tejamkorlik hususiyatlari aniqlandi. Eksperimentlarni rejalashtirishning matematik usuli yordamida gazogipsobetonning o‘rtacha zichligi, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti va siqilishdagi mustahkamligining suv-gips nisbati va alyuminiy sulfatning minimal va maksimal miqdoridagi marmar chiqindilarining miqdoriga bog‘liqligini tavsiflovchi regressiya tenglamalari va grafiklar olindi. Gipsobeton kopozitsiyalarining termogrammalarida yarim gidratning, tizimdagi marmar va travertin tarkibidagi kalsiy karbonat va gazobetonning parchalanishi bilan bog‘liq bo‘lgan uchta endoeffektlar aniqlandi. Mikroskopik ta’svirlar, marmar va travertin chiqindilari tarkibidagi kalsit va gipsli bog‘lovchini erishi natijasida kalsiy sulfat digidrat strukturasida kristallarining o‘sishi, kristall morfologiyasini o‘zgarishiga olib kelgan va chiqindilardagi eruvchan moddalar mavjudligi va ular kristallanish jarayonida ishtirok etishi haqidagi fikrlar tasdiqlangan. Ishlab chiqarish sharoitida gips kompozitsiyalarini joriy etish Farg‘ona viloyatidagi "NEW BUILDING-BRICKS" MCHJ xususiy korxonasida 2022-2023 yillar davomida bajarilgan. Devorbop bloklar tajribaviy-ishlab chiqarishga joriy qilish natijalari keltirilgan. (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2023-yil “27” sentyabrgi 05/15-1928-son ma’lumotnomasi) 12 m3 hajmda issiqlik saqlovchi gazogips bloklari ishlab chiqarildi. 1m3 kompozit gazogips blokning iqtisodiy samaradorligi korxonada ishlab chiqarilayotgan gazbetonga nisbatan iqtisodiy samaradorligi 82302,73 so‘m yoki ≈ 16% arzon ekanligini ko‘rsatgan. Bir kunda 1000 dona blok ishlab chiqarilsa, korxonaning kunlik foydasi 2729,77x1000 = 2729775 so‘mni tashkil etgan. Download 4.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling