Dissertatsiyaning uchinchi “Mahalliy sanoat chiqindilari asosida olingan gipsli kompozitsion materiallarning tarkibini tanlash va tadqiq qilish” bobida tarkibida gips birikmalari bo‘lgan farfor-fayans va sanitar- texnik buyumlar ishlab chiqaruvchi keramika sanoati korxonalarida ishlatiladigan gips qoliplari chiqindilaridan gipsli bog‘lovchilar ishlab chiqarishni ilmiy asoslash va optimal texnologik parametrlarini aniqlash, ularning hususiyatlariga plastiklashtiruvchi kimyoviy qo‘shimchalarni ta’siri, texnogen chiqindilaridan gipsli kompozitsion materiallar uchun to‘ldiruvchi sifatida foydalanishni ilmiy asoslari, gipsli kompozitsion materiallarining hususiyatlariga g‘ovaklashtiruvchi vositalarni ta’siri, ularning tarkibini optimallashtirish va fizik kimyoviy tahlili bo‘yicha bajarilgan eksperimental tadqiqotlarning natijalari keltirilgan.
Ushbu bobda o‘tkazilgan tadqiqotlarda “EKOKERAMA” MCHJning chiqindi qoliplaridan “terma-zarba” sharoitida issiqlik bilan ishlov berish usuli yordamida gipsli bog‘lovchilar ishlab chiqarishning texnologik parametrlari o‘rganilib chiqilgan. Ushbu usul hom ashyo materiallarini ma’lum bir izotermik haroratli muhitda issiqlik bilan ishlov berish orqali mahsulot tarkibida gipsning α-modifikatsiyasi miqdorini oshirishga asoslangan. Sinash uchun olingan chiqindi qoliplari dastlab 3-6 mm o‘lchamgacha maydalandi, so‘ng ularni izotermik sharoitda kuydirish uchun 180oC dan 240oC gacha qizdirilgan mufel pechiga joylashtirilgan. Kuydirish vaqti 30 daqiqadan 4 soatgacha qilib olingan.
1-rasm. Gipsli bog‘lovchilar mustahkamligini kuydirish haroratiga bog‘liqligi
|
Kuydirilgan namunalar planitar tegirmonda 0,2 mm mayinlikkagacha tuyilgan hamda GOST 23789–2018 talablari bo‘yicha normal quyiqligi (NQ), qotish muddatlari va mustahkamlik chegaralari aniqlangan. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarning tahlili, chiqindi qoliplaridan 210oC izotermik haroratda, 240 daqiqa davomida kuydirish orqali fizik-mexanik
|
hususiyatlar bo‘yicha GOST 23789–2018 talablariga javob beruvchi, G-10 markadagi (Rsiq.= 11,5 MPa; Reg.= 4,8 MPa) gipsli bog‘lovchisini olish mumkin degan hulosa chiqarilgan va keyingi o‘tkazilgan tadqiqotlarda tajriba yo‘li bilan olingan mazkur gips bog‘lovchisidan foydalanilgan (2, 3-rasmlar).
b)
Do'stlaringiz bilan baham: |