Kirish. I bob. Chust amaliy san’atining turlari va tarixi
Kezlik pichoq deb qanaqangi pichoqqa aytiladi?
Download 7.31 Mb.
|
pichoqchilik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chust pichoqlarining siri nimada
Kezlik pichoq deb qanaqangi pichoqqa aytiladi?
Pichoqchilikda bolalar uchun moslab yasalgan pichoq. Uni bola pichoq va to‘g‘ri pichok deb yuritiladi, Qiz to‘yida kelinning ukasi yoki jiyaniga kuyov tomonidan to‘y pichog‘i in’om etilgan. Bu ham o‘zbeklarning milliy urf-odati bo‘lib, an’ana tariqasida avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Namanganda Chust do`ppisi va pichoqlariga oid xalqaro muzey tashkil etiladi.Chust do`ppido`zlik madaniyati va pichoqchilik san`atini keng targ`ib qilish maqsadida “Chust do`ppisi” va “Chust pichoqlari” xalqaro muzeylari tashkil qilinadi. Bu haqda namanganlik jurnalist Azizbek Abduvaliev xabar berdi. Hozirda ushbu muzeylar hamda “Chust oshi” markazini tashkil qilish bo`yicha konsepsiya ishlab chiqilmoqda. Tuman markazidan muhandislik-kommunikasiya tarmoqlari bilan ta`minlangan hududdan er uchastkasini ajratish masalasi hal etilmoqda. Respublikada ilk innovasion turizm maskanlaridan biri bo`lishi kutilayotgan ushbu majmuani barpo etishga imtiyozli kredit ajratiladi. Muzeylarni turli pavilonlarga ajratgan holda xorij mamlakatlarining bosh kiyimlari, O`zbekiston hududlaridagi turli bosh kiyimlar va pichoqlar, markaziy pavilonda Chust do`ppisining va pichoqlarining tarixi, tayyorlash jarayoni namoyish etiladi hamda hunarmandchilik mahsulotlari savdosi yo`lga qo`yiladi. Shuningdek, sayyohlarni tumandagi do`ppido`zlar va pichoqchi ustalar mahallalari, “Mavlono Lutfiy” bog`i, “Bibi ona” va boshqa ziyoratgohlar, “Teshiktosh” manzili va kuzatuv maydoniga ega qoyatoshlarga sayohatlarini uyushtirish choralari ko`riladi. Chust tumanidagi do`ppido`zlik maktabi va pichoq yasash san`atini YuNESKOning nomoddiy madaniy meros ob`ektlari ro`yxatiga kiritish yuzasidan ham amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Chust pichoqlarining siri nimada ? Chustlik yettinchi avlod pichoqchi usta Rahimjon Ubaydullayev o‘z kasbining tarixi va sir-asrorlari haqida hikoya qilib berdi. O‘zbek pichoqlari orasida Chust pichoqlari kabi mashhuri bo‘lmasa kerak. Chustlik pichoqchi ustalar sulolasining yettinchi avlodi Ubaydullayev Raximjon o‘z kasbining tarixi va pichoq yasashning sirlarini Sputnik muxbiriga hikoya qilib berdi. Usta aytishiga qaraganda Namanganning Bibi ona nomli joyda eramizdan avvalgi sakkizinchi asrdan boshlab pichoqlar yasalgan. 15-asrga qadar Chust pichoq yasashga ixtisoslashgan yagona joy bo‘lgan. Shu sababdan Chust pichoqlari nomi butun dunyoga mashhur bo‘lgan. Bugungi kunda usta Raximjon nafqat o‘z o‘g‘il va nabiralariga, balkim 35 nafar kollej o‘quvchilariga ham pichoqchilikni o‘rgatayotgani va kelajakda ushbu hunarining sirlari yosh avlod qo‘liga o‘tishiga katta umid bildirdi. Chust pichoqlarining tarixi va bugungi kundagi rivojlanishi bilan videolavhamizda batafsil tanishing. Download 7.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling