Kirish. I bob. Chust amaliy san’atining turlari va tarixi
Pichoqchilik san’atining kelib chiqish tarixi
Download 7.31 Mb.
|
pichoqchilik
Pichoqchilik san’atining kelib chiqish tarixi.
Pichoqchilik, pichoqsozlik -pichoq, ustara, xanjar va boshqa kesgir asboblar yasash kasbi; hunarmandlikning qad. turlaridan biri. Ilk paleolit davridan maʼlum. Dastlabki kesgir qurol toshdan yasalgan. Jez davrida mis va jezdan P.lar yasash boshlangan. Temirning kashf etilishi P. sanʼati taraqqiyotida katta burilish boʻldi. Sharq mamlakatlarida, xususan, Oʻrta Osiyoda P. juda qadimdan rivojlangan. Keyinchalik Yevropa mamlakatlarida rasm boʻlgan. Temir pichoqlar haqidagi maʼlumotlar qad. yunon epik shoirlari Gomer va Gesiod asarlarida uchraydi. 14-asrda Germaniya, Angliya, Avstriya, Fransiyada P.ni kasb sifatida taqiqlab, pichoqni oshxonalarda ishlatishgan. Oʻzbekiston hududida (Afrosiyob, Bolaliktepa, Varaxsha va boshqalarda) olib borilgan arx. qazishmalar natijasida miloddan avvalgi 2-ming yillikka oid pichoq namunasi topilgan. Devorlarga chizilgan rasmlardan pichoqdan xoʻjalik va ovchilikdan tashqari harbiy maqsadlarda ham foydalanilganligini bilish mumkin. 6—12-asrlarda pichoq yasash rivojlanib, uni bezash texnologiyalari oʻzgargan. 15—17-asrlarda yonga osib yuriladigan pichoq turlari paydo boʻldi. Buni Navoiy, bobur asarlarida ishlangan miniatyuralardan koʻrish mumkin. Keyinchalik P.ning oʻziga xos maktablari paydo boʻldi. Fargʻona vodiysi, Samarqand, Toshkent, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida qadimdan 20 ga yaqin P. markazlari boʻlib, ular oʻzining ishlash texnologiyasi, shakli, ixchamligi va bezaklari bilan farq qilgan. Bu markazlarga Chust, Shahrixon, Qora-suv, Qoʻqon, Xiva, Toshkent va boshqa P. maktablari kiradi. Pichoq Oʻrta Osiyoda erkaklarning eng zarur ish quroli, bezagi tariqasida foydalanilgan. Shuning uchun Oʻzbekistondagi pichoqsozlar pichoqni sanʼat darajasiga koʻtarganlar. Qadimda hunarmandlar bir-biri bilan biri-kib bir mahallada yashaganlar va mahalla shu nom bilan atalgan. Mas, Toshkent shahrida Pichoqchilik mahallasi saqlanib qolgan. Oʻzbekistonda dastlab hunarmandchilikni rivojlantirish borasida viloyatlarda artellar va hunarmandlar tayyorlaydigan oʻquv yurtlari ochildi. Chust shahrida "Qizil kuch" arteli (1932), keyin pichoq ishlab chiqarish zavodi qurildi (1970), ishlab chiqarish kombinati tashkil etildi (1978). Ilgari pichoqlarni katta doʻkonda usta bosqonchi damgir bilan birgalikda yasashgan. Uning dastasi esa suyak, muguz yoki yogʻochdan tayyorlangan. P.da temirchilikdagi kabi oʻchoq, dam, sandon, bozgʻon, egov, bolga va boshqa ishlatiladi. Pichoqqa ajra-tilgan temir kesilib, metall boʻlakchasi oʻtda qizdiriladi, sandonga qoʻyib, bolgʻa bilan urib tigʻ chiqariladi, suvga tiqib olib keskirligi oshi-riladi. Bu jarayonni suv berish deyiladi. Pichoq poʻlatining qattiqligiga qarab suv beriladi. Soʻngra uni giraga qistirib, katta egov bilan egovlanadi, tigʻi charxlanadi, loqa qirrasi boʻylab ishqalab, tigʻ yuziga soy (koma) ochiladi. Pichoq qoramtir tusga kirishi uchun zok (suyuq modda) ga botirib olinadi.Soʻngra dasta oʻrnatiladi. 3da esa maxsus sexlar boʻlib, har qaysi sex oʻziga tegishli operatsiyani bajarib yigʻiladi. 3-dning charm-galantereya sexida pichoqlar uchun qin tayyorlanadi. Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan pichoqlar faqat uy-roʻzgʻor va xoʻjalik buyumigina boʻlib qolmay, balki milliy sanʼat asari darajasiga koʻtariladi, shu tufayli chet el sayyohlari uchun sovgʻa sifatida ham qadrlanadi. O‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda yasalgan maxsus pichoqlar juda sifatli bo‘lib, hukmdorlar, savdogarlar, ayg‘oqchilar va harbiylar tomonidan juda qadrlangan. Po‘latining tozaligi va qimmatbaho toshlar qadab ishlangani bilan Xo‘jand va Badaxshon, xufiyalar va ayg‘oqchilarga atab maxsus yasalgani bilan Axsikent, dandon sopli va mustahkamligi bilan G‘uzor va Samarqand, Xiva pichoqlari yuqori baholangan. Yaqin o‘tmishda ham yurtimizda Qo‘qon, Chust, G‘uzor, Xonqa, Qorasuv, Shahrixon, Poytug‘ pichoqchilik maktablari bo‘lgan. Har bir sulolaning tamg‘asi pichoqni qaysi usta yasaganini anglatib turgan. Pichoqchilik san’ati deganda biz pichoq yasash kasbini tushunamiz. Pichoq bobolarimiz uchun qadimdan tirikchilik vositasi bo‘lib, xizmat qilgan. Hozirgi vaqtda pichoq yasash san’ati xalq amaliy san’ati qatorida e’zozlanib kelinayotir. Nodir pichoqlar yasashda o‘zbek pichoqsoz ustalarining oldiga tushadigan ustakam topiladi. Pichoq yasash boshlang‘ich poleolit davridayoq ma’lum bo‘lgan. Temir davrida bu hunarmandchilik paydo bo‘lgan va rivojlangan. Mis va bronzadan pichoq yasash bronza davriga kelib avj olgan, Temirning kashf etilishi pichoqchilik san’ati taraqqiyotida katta burilish bo‘ldi. Osiyoda pichoqchilikning eng rivojlangan joyi arab mamlakatlari bo‘lgan. Ispaniya va Italiyada esa tez o‘sib rivojlanib ketgan. XVI asrda Germaniya, Angliya, Avstriya, Fransiyada pichoqchilikni kasb sifatida ta’qiqlab, pichoqni oshxonalarda ishlatishgan. XVII asr boshlarida pichoqning ochib yopiladigan, pakki, ustara va boshqa cho‘ntakda saqlanadigan chopqilar (pakkilar) yuzaga keldi, Arxeologik topilmalardan ma’lumki, O‘rta Osiyo hududida million yil avval 2 ming yillikka oid pichoq namunalari topilgan. Bolalik tepa, Afrosiyob, Varaxsha devorlariga ishlangan rasmlardan ma’lum bo‘ldiki, pichoq uy-ro‘zg‘ordan tashqari harbiy qurol sifatida ishlatilgan, VI—XII asrlarda pichoq yasash rivojlanib uni bezash texnologiyalari o‘zgargan. XV—XVII asrlarda yonga osib yuriladigan pichoqlarning turli xillari paydo bo‘ldi. Buni Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobir asarlarida ishlangan miniatyuralardan ko‘rish mumkin. Keyinchalik pichoqchilikning o‘ziga xos maktablari paydo bo‘ldi. Farg‘ona vodiysi, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo qadimdan pichoqchilik markazlari bo‘lib, ular o‘zining ishlash texnologiyasi, shakli, katta-kichikligi va bezaklari bilan farq qilgan. O‘rta Osiyoda qadimdan metallni qayta ishlash, ya’ni hunarmandchilik qurollari ishlab chiqarish uchun sharoit deyarli mavjud edi. Misning tabiiy zahiralari, kumush, qo‘rg‘oshin, alyuminiy kabi materiallar juda ko‘p edi. Hunarmandlar qadimdan bir-biri bilan birikib bir mahallada yashaganlar, shuning uchun mahallalarining nomi ko‘pchilik qaysi hunar bilan shug‘ullansa shu nom bilan yurgizilgan. Masalan, zargarlik bilan shug‘ullansa zargarlik (zargaron), misgarlik bilan shug‘ullansa misgarlik (misgaron), tikuvchilik bilan shug‘ullansalar (suzangaron) va hokazo mahallalar deb yuritilgan. Buxoroda «Sofikordgar» qishlog‘ining nomi hali ham saqlanib qolgan. U yerda hozir ham pichoqsozlar avlodi yashaydi. O‘rta Osiyo hududidagi viloyatlarda bunday mahallalar ko‘p bo‘lgan. Pichoqdan kesuvchi asbob tariqasida kunda foydalanilsa, qadimda O‘rta Osiyoda erkaklarning eng zarur ish quroli, bezagi tariqasida foydalanilgan. Mashhur venger sayyohi A.Vambern o‘zining ajoyib «O‘rta Osiyo bo‘ylab sayohat» asarida Qashqadaryoning pichoqchiligi haqida bunday deydi: «...bir xillari sifat jihatidan hisorliklarnikidan ustun bo‘lmasa ham, ammo, butunlay O‘rta Osiyoga tarqalgan bo‘lib, xo‘jalar tomonidan hatto Eron, Arabiston, Hindistonga olib borilar va o‘z mahalliy joyidan ko‘ra, chet ellarda pichoqlar 3-4 baravar qimmat sotilar edi. Pichoqchilikni yanada rivojlantirish uchun O‘zbekistonning turli viloyatlarida turli davrlarda artellar va hunarmandlar tayyorlaydigan o‘quv yurtlari ochilgan. 1932 yilda Chustda «Qizil kuch» nomli artel tuzildi. Bu yerda pichoqlar ishlab chiqarila boshlangan. 1970 yilda Chust shahrida pichoq ishlab chiqarish zavodi qurilgan. Chust pichoqlarining dovrug‘i butun mamlakatga tarqalgan. Chust pichoqlari sobiq Butunittifoq ko‘rgazmalaridagina emas, balki, Hindiston, Suriya, Polsha, Turkiya, Bolgariya, Vengriya, Belgiya, Shvesiya va boshqa chet mamlakatlardagi ko‘rgazmalarda munosib o‘rinlarni egalladi. 1980 yili Nyu-Delida ochilgan III Xalqaro Osiyo yarmarkasiga 10 xil Chust pichog‘i yuborilgan, Ulardan to‘rttasi Hindistondagi elchixonaning doimiy ekspozisiyasiga aylanib qolgan. Download 7.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling