Kirish. I bob. Chust amaliy san’atining turlari va tarixi
II bob. Mustaqillik yillaridan so’ng Chust amaliy san’atida pichoqchilik sohasini rivoj topishi
Download 7.31 Mb.
|
pichoqchilik
II bob. Mustaqillik yillaridan so’ng Chust amaliy san’atida pichoqchilik sohasini rivoj topishi.
2.1. Chust pichoqchilik maktabining o’ziga xos uslub va texnologiyasi. CHUST PICHOQCHILIK MAKTABI Chust ustalari yasagan pichoqlar boshqa pichoqlardan keskin farq qiladi. Pichoqning dasta hamda tig’i uzunroq, tig’ining uchi tashqariga, dastasining uchi ichkariga tomon qayrilgan bo’ladi. Chust shaharlarida hali ham pichoqchilik o’z an’analarini davom ettirib kelmoqda. Farg’ona vodiysida Chust asosiy pichoq tayyorlash vatani bo’lib, ular boshqa pichoqchilik maktablaridan mutlaqo farq qiladi. Chust pichoqlari qat’iyligi, shaklining soddaligi hamda siqiqligi bilan mashx.ur. 1932 yilda Chustda sobiq»Qizil kuch» nomli artel tuzildi. Ba’zi og’ir qo’l mehnatlari stanoklarda bajariladigan bo’lindi. Oldin ustalar pichoq tig’larini yasash uchun eski arracha hamda podshipniklardan foydalanganlar. Pichoq dastalari esa hayvon shoxlaridan va yog’ochlardan yasalgan. 1949-yildan boshlab artel tuman maishiy xizmat koʻrsatish kombinati deb yuritildi. Keyinchalik, 1970-yilda Chust shahrida pichoq ishlab chiqarish zavodi qurildi. Chust pichoqlarining dovrugʻi butun mamlakatga taraldi. Chust pichoqlari sobiq Ittifoq koʻrgazmalaridagina emas, balki Hindiston, Suriya, Polsha, Turkiya, Bolgariya, Vengriya, Belgiya, Shvetsiya va boshqa chet mamlakatlardagi koʻrgazmalarda ham munosib oʻrinlarni egalladi. 1980-yili Nyu-Delida ochilgan III-Xalqaro Osiyo yarmarkasiga 10 xil Chust pichogʻi yuborilgan edi[9]. ________________ ↑ Texnologiya va dizayn darslarini tashkil etish, Oʻquv qoʻllanma, B.Qurbonov, Xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kabs-xunar turlari, Guliston, 2020 1. Pichoq uch qismdan iborat: tig‘ – pichoq tig‘i, kesadigan qismi; dasta – suqma dasta, yorma hamda naqshinkor dasta; qin – pichoq, qilich, xanjar va boshqa keskir asboblarni solib qo‘yish uchun maxsus moslama. Pichoqning “ro‘zg‘ori”, “oshpichoq”, “chopqipichoq”, “sallohi” (qassoblar ishlatadigani), “mardona” (erkaklar beliga osib yuradigani), “shamshirak” (qilichdan kichikroq bo‘ladi), “xarbo‘zi” (qovun so‘yiladigan), “chol pichoq” (suyak tozalashga mo‘ljallangan) kabi turlari mavjud. Pichoq xomashyosi tarkibiga ko‘ra: “damashqiy” (Damashq po‘latidan), “isfahoniy” (Isfahon po‘latidan), “farangiy” (Yevropa po‘latidan), “o‘rusiy” (rus po‘latidan), “turkona” (mahalliy po‘latdan) kabi turlarga bo‘linadi. Pichoqning shakli va tig‘i jihatidan “yakkadam” (bir tomoni tig‘), “dudama” (ikki tomoni ham tig‘), “qo‘shpichoq” (buklama), “o‘roqi” (o‘roq kabi qayrilib, tig‘i ichki tomonda bo‘ladi) xillari bor. Pichoqlar tuzilishiga ko‘ra: to‘g‘ri, qayiq va bodomcha uslubida tayyorlanadi. Pichoq dastasi bezatilishiga ko‘ra: chalabuzar (tig‘i bo‘g‘zidan qayrilib, dastasi yopiladigan), mardona (kashtachilarga mo‘ljallangan), sodda (uy-ro‘zg‘orda ishlatiladigan), guldor (dastasiga naqsh solingan), chilmixi gulli (dastasiga chilmix qoqib, guldor qilib yasalgan), rufta (tig‘ining yuzi sidirg‘asiga charxlangan) kabi turlari mavjud. Pichoqni yasashda temir, zok, gulband, piston, qayroq, bozg‘ardon, chilmix, parma, sadaf arra kabi asbob-uskunalar ishlatiladi. Tig‘ombir tig‘ni qimchib ushlab turadi. Bozg‘ardon – bir qarich uzunlikdagi temir. Bozg‘on – katta og‘ir bolg‘a. Sandon – po‘latdan yasalgan taglik. Sadaf arra – kichkina arra. Chilmix, parma kabi asboblarda pichoqdagi gul o‘rni o‘yiladi. O‘zbek milliy pichoqchiligida qin yasash alohida hunar hisoblanadi. Bu anʼana bugungi kunda ham davom etib kelmoqda. Qadimdan qinning poynagi kumush, tilla kabi materiallardan tayyorlangan va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan. Pichoqlar uy-ro‘zg‘or va xo‘jalik buyumi bo‘lib qolmay, ayni paytda milliy sanʼat asari darajasiga ko‘tarilgan. 1978 yilda Chust shahrida umumiy ta’lim-tarbiya maktablarida yuqori sinf o‘quvchilari uchun ishlab chiqarish kombinati tashkil etilgan. Respublikamizda yigirmaga yaqin pichoqchilik markazlari bo‘lib, ular yasalish usuliga ko‘ra chust (tus) pichog‘i, poytug‘ pichog‘i, qo‘qon pichog‘i, qorasuv pichog‘i, shahrixon pichog‘i kabilarga bo‘linadi. O‘rta Osiyoda pichoqlar alohida ramziy ma’noda, ya’ni barcha yovuzliklardan saqlash ma’nosida masalan, «dandon sopli pichoq» va «karkisopli pichoq»lar ilohiy hisoblangan. Bu pichoqlar kishini ins- jinsdan, yomonlikdan asrashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Pichoq dastasini ushlash ilon chaqishidan, ayollarni esa farzandsizlikdan asraydi, deb irim qilishgan. Ushbu pichoqlar hozir ham noyob, hatto ustalar uchun ham kamyob hisoblanadi. Pichoqni yasash jarayonida pichoq tig‘ini o‘tkirlash uchun ishlatiladigan suv tomoq og‘rig‘I hamda yurakni davolashda ishlatilgan. Bundan tashqari kashtachilikda, me’morlik bezagida, sopolchilikda pichoqni ramziy holatda tasvirlaydilar. Bir tomoni o‘tkirlangan, plastinkasimon kesuvchi asbobni pichoq deb aytiladi. Pichoq qadimdan ishlatib kelinayotgan asboblardan biri bo‘lib, uni tosh, mis va bronzadan ishlanadi. Pichoq O‘rta Osiyoda keng tarqalgan bo‘lib, u tig‘ va dastadan iborat bo‘ladi. Pichoqlar tuzilishiga ko‘ra uch xil bo‘ladi, ya’ni, to‘g‘ri pichoqlar, qayqi pichoqlar va bodomcha pichoqlardir, Pichoqlar katta-kichikligiga ko‘ra o‘rtasuyamli, kezlik, bolapichoq va chalabuzar, mardona pichoq turlariga bo‘linadi. Download 7.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling