Kirish. I bob. Chust amaliy san’atining turlari va tarixi
Chust amaliy san’atida pichoqchilik san’atining rivojlanish bosqichlari
Download 7.31 Mb.
|
pichoqchilik
1.2. Chust amaliy san’atida pichoqchilik san’atining rivojlanish bosqichlari.
Chust pichog’i – Namangan viloyatida vodiyning eng qadimiy shaharlaridan biri boʻlgan Chust shahrida usta hunarmandlar tomonidan tayyorlangan pichoq turi[1]. Chust pichogʻi nafaqat chiroyli, balki gʻayrioddiy vazifalarni ham bajara oladi: u sochni osongina kesadi. Tig’ini to’g’ri o’tkirlasa, juda uzoq yillar xizmat qiladi. Oʻzbekistonda ‘Chust pichog’i“ atamasi ‘Yuqori sifatli pichoq“ iborasi bilan ma’nodosh sanaladi[2]. O’rta Osiyoda mil. avv. VIII asrda Bibiona qadamjosida mahalliy aholi pichoqchilk hunari bilan shug’ullanishgan. Mil. avv. VIII asrdan to XV asrga qadar Chustda faqat pichoq ishlab chiqarilgan. Shu sababli butun dunyoga Chust pichog’i nomi mashhur bo’lgan[3]. Bugungi kunda ‘yorma“, ‘bodomcha“, ‘chamandasta“, ‘chumchuq“ va ‘etik sopli“ pichoqlari yasalib, chet elga eksport qilinmoqda[4]. Chust milliy pichoqlari koʻhna va qadimiy boʻlib, qoʻl mehnati bilan tayyorlanganligi sababli dunyoning barcha mamlakatlarida xaridorgir mahsulot hisoblanadi. Haqiqiy Chust pichogʻi har doim tashqi goʻzalligi bilan boshqa pichoqlardan ajralib turadi. Odatda uning tigʻi tekis, kengligi 3-4 sm va uzunligi 10 dan 20 sm gacha bo’ladi. Haqiqiy Chust pichogʻining sopi fil suyagi, saygʻoq yoki bugʻu suyagidan yasalgan bo’ladi. Marvarid, kumush yoki rangli toshlar bilan bezatilgan bo’lib, metall qismi o’yma naqshlar bilan ishlangan bo’ladi. Shu sababli bu pichoqlar xalq tilida ‘Guldor pichoq“ deb ataladi[5]. Chust pichoqlari pichoqning shakli va kengligiga qarab bir necha turlarga boʻlinadi: tor, qiyshiq tigʻi bor, biroz tol bargini eslatuvchi ‘Tolbargi pichoq“, muhrasi (keskir tomoniga qarama-qarshi tomon) tekis ‘to’gʻri pichoq“, tig’i biroz egilgan ‘Hisori pichoq“, ‘Qozoqi pichoq“ va ‘Bodomcha pichoq“, tig’ining yuqori qismida chuqurchasi bo’ladigan ‘Soylik pichoq“ va xuddi shunga o’xshash yuqori cheti – qo’shkamalak boʻylab chuqurchaga ega ‘Kamalak pichoq“ va ‘Qushsoylik pichogʻi“ kabi turlarga bo’linadi. Chustda anʼanaviy pichoqlarning juda koʻp turlari mavjud boʻlib, ularning har biri oʻz maqsadiga ega. Oshxonada ishlatish, goʻshtni kesish yoki sabzavotlarni tozalash va maydalash uchun pichoqlar mavjud. Hatto mevalarni tozalash uchun maxsus kichik pichoqlar, ovchilar uchun qulay pichoqlar, daraxtlarni kesish uchun ham maxsus pichoqlar ham bor[6]. Chust pichog’i ham boshqa milliy pichoqlar kabi uchta qismdan: tigʻ, dasta va qindan iborat. Tigʻ-pichoq tigʻi, pichoqning gulbanddan yuqorigi, yaʼni kesadigan qismi. Qadimdan tigʻni oʻtkirlash va silliqlashga katta eʼtibor berilgan. U bigiz, qalam, naqsh, naycha qalam kabi oʻygʻich qalamlar bilan bezatiladi. Chust pichoqlari dastasi oʻziga yarasha usullar bilan yasaladi. Ular suqma dasta, yorma dasta hamda naqshinkor dastalarga boʻlinadi[7]. Oʻzbek milliy pichoqchiligida qin yasash alohida hunar hisoblanadi. Bu anʼana bugungi kunda ham davom etib kelmoqda. Qadimdan qinning poynagi kumush, tilla kabi materiallardan tayyorlangan va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan[8]. Pichoq – bu O‘zbekistondagi buyumni yo biron narsani kesuvchi moslamaning an’anaviy nomidir. Qo‘lda yasalgan yoki alohida ilhom bilan tayyorlangan ajoyib sifatli tig‘ va dastaga ega pichoqning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Eng yaxshi pichoqlar O‘zbekistonning ikkita qadimiy shaharlari – Chust (Namangan viloyati) va Shahrixon (Andijon viloyati)da tayyorlanadi. ________________ ↑ https://uzbekistan.travel/uz/o/%D1%81hust-shahri-hunarmandchilik-markazi/, Chust shahri hunarmandchilik markazi ↑ https://www.centralasia-travel.com/ru/countries/uzbekistan/places/chust, Знаменитые чустские ножи и тюбетейки, Central Asia Travel ↑ https://sputniknews-uz.com/20180729/Chust-picholarining-siri-nimada--8996759.html, Chust pichoqlarining siri nimada? Ramiz Baxtiyorov, 29.07.2018 ↑ Yangi Oʻzbekiston gazetasi, №209 (209), Namanganga kelsangiz... Orifjon Joʻrayev, 31.10.2020, ↑ https://www.asia-travel.uz/uzbekistan/crafting/chust-legend-of-steel/, Стальная легенда Чуста, Asia Travel Discoveries ↑ https://www.asia-travel.uz/uzbekistan/crafting/chust-legend-of-steel/, Стальная легенда Чуста, Asia Travel Discoveries ↑ Texnologiya va dizayn darslarini tashkil etish, Oʻquv qoʻllanma, B.Qurbonov, Xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kabs-xunar turlari, Guliston, 2020 ↑ https://oyina.uz/uz/teahause/606, Oʻzbek pichoqlari haqida 6 fakt, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, 01.04.2022 Chust va Shaxrixon pichoqlari afsonaviy hisoblanib, ularning pishiqligi va go‘zalligi haqida afsonalar yuradi, pichoqlar nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda kolleksionerlar va oshpazlar tomonidan yuqori baholanadi. Chust pichog'ining tarixi miloddan avvalgi VIII asrdan boshlanadi. O‘sha olis davrlardayoq hunarmandlar Chustda pichoq va do‘ppilar tayyorlashni boshladilar. XV asrga qadar pichoqlar faqat shu shaharda yasalgan, shuning uchun butun dunyo ular haqida biladi. Chust ushbu hunarmandlikning beshigi hisoblanib, pichoqni yasash sirlari bir necha asrlar davomida o‘zgarmasdan, avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Odatda, ustalar pichoq tig‘ini o‘tkirlashtirib, uni mukammal qilishga katta e’tibor berishadi. Jarayon ko‘p mehnatni talab etadi. Shaklsiz metall bo‘lagi jarangdor po‘latga aylanguniga qadar usta bir nechta amallarni mahorat bilan bajarilishi lozim bo‘ladi. Pichoqning tig‘ida har doim Chust shahrini eslatib turuvchi sifat muhri qo‘yiladi. Usta puxtalik bilan materialni tanlab, tashqi ko‘rinishi loyihasini o‘ylab, pichoq tutqichini alohida yondashuv tayyorlaydi. Pichoq tutqichi haqiqiy buqaning shoxidan, fil yoki kiyik suyagidan tayyorlanishi, kumush yoki rangli qimmatbaho toshlar bilan bezatilishi, rasm, turli xil lavhalar va bezaklarga ega bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonda nihoyatda chiroyli va ko‘rkam pichoqni "Guldor pichok" deb atashadi. Shahrixon pichoqlari ham butun dunyoda tanilgan va yuqori baholanadi. Shaharda pichoq yasash bo‘yicha butun oilaviy sulolalar ishlaydi, ularni bu yerda "pichokchi" deb atashadi. Ko‘plab ochiq ustaxonalar mavjud bo‘lib, ularda har kim o‘z ko‘zi bilan pichoq yasash jarayonini ko‘rishi va o‘zi uchun eng mosini tanlashi mumkin. Shu yerdan pichoqlar butun O‘zbekiston bo‘ylab olib ketiladi va yuqori sifatli mahsulot sifatida sotiladi. Bunday pichoqni vijdonan parvarishlash kerak. Uni g‘ilofda saqlash, butunlay quriguncha artish va faqat professionallarga berish lozim, chunki o‘zbek xalqi uchun pichoqlar, masalan, uyni himoya qiluvchi tumor, milliy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi. Download 7.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling