Kirish I bob. Tilda ko’chma ma’nolilikning hosil bo’lishi
Download 118.38 Kb.
|
Badiiy nutqda metafora ozoda1
Vazifadoshlik. Narsa va hodisa orasidagi vazifaviy o’xshashlik asosida birining nomini ikkinchisiga ko’chirish vazifadoshlik asosida ma’no ko’chirish deyiladi.
Vazifaviy ko’chirish ham o’xshashlikka asoslanadi. Bu jihatdan u metaforaga yaqin turadi. Farq shundaki, vazifaviy ko’chirishda tashqi ko’rinish o’xshashligi emas, balki vazifajihatdan o’xshashligi hisobga olinadi. Masalan, qush tanasining uchish uchun xizmat qiladigan a’zosi qanot deb ataladi. O’xshash harakatni bajaruvchi samalyot qismi ham shunday nomlanadi. Tugma yaktakning oldini tugib yopuvchi bog’ich nomi bo’lgan. Hozir bu vazifani bajaradigan odatda aylana tutqich ham tugma deyiladi. Vazifadoshlik asosida ma’no ko’chishi faqat ot turkumida uchraydi. Vazifadoshlik - funksiyadoshlik deganidir. Narsalar, buyumlar, predmetlarning vazifasi o'xshashiligiga asoslanib ma'no ko'chish turi vazifadoshlik deyiladi. Vazifadoshlik bilan metaforani faqrlab olish juda zarurdir. Misol uchun metaforada ham vazifadoshlikda ham narsalar, predmetlarning o'xshashligiga qaraladi, lekin metafora tashqi o'xshashlik bo'lsa vazifadoshlikda esa narsa, buyum, predmetlarning tashqi o'xshasbligiga emas balki faqatgina vazifasi o'xshashligiga qaraladi. Misol uchun: "stolning oyog'i qiyshayib qoldi" bu gapda ma'nosi ko'chgan so'z "oyoq'" so'zi bo'lib inson oyog'i bilan stolning oyog'ini vazifasi bir xilligi uchun _________________________ 5.R.Qo’ng’irov ,,O’zbek tilining tasviriy vositalari.O’z .Fan nashriyoti Toshkent – 1977 vazifadoshlik bo'ladi. Vazifadoshlik.narsa va hodisa orasidagi vazifaviy o’xshashlik asosida birining nomini ikkinchisiga ko’chirish. Vaziadoshlik asosida ma’no ko’chirish deyiladi. Masalan: Ko‘chalarni chiroqlar yop-yorug‘ qilib turibdi. Chiroq (asl ma’noda) piligini pasaytirdi. Ushbu gaplarda qo‘llangan chiroq so‘zining ma’nosiga e’tibor berilsa, u bir xil vazifa bajaruvchi ikkita bir-biriga o‘xshamaydigan narsalarni ifodalayotganining guvohi bo‘lamiz. Birinchi misolda elektr toki orqali yorituvchi noksimon (lampochka) yoki tayoqsimon asbobni, ikkinchi misolda esa kerosin pilik solish vositasi bilan yorituvchi, asos va shisha qismlaridan tashkil topgan asbobni bildiradi. Bu asboblar shakliga ko‘ra bir-biriga o‘xshamaydi, makon-zamonda ularning aloqadorligi ham yo‘q, lekin har ikkalasi ham yoritish vazifasini bajaradi. Ana shu vazifa jihatdan bir xillikka ko‘ra ilgari yog‘ga pilik tekkizish orqali yoritadigan shishasiz ochiq asbob nomi keyinchalik asos qismiga shisha o‘rnatilgan yoritgich asbobini, keyinroq esa elektr tokidan foydalanishga o‘tilgan so‘ng lampochkalarni ham ifodalash uchun qo‘llaniladi. Natijada chiroq so‘zi bir-biriga o‘xshamagan xilma-xil yorituvchi vositalarga nisbatan qo‘llanila boshlandi. Vazifadoshlik asosida vujudga kelgan so‘zlarni bilish ularning ilgari qanday shaklda narsalarni ifodaganligini aniqlash tilimiz imkoniyatlarining naqadar boy ekanligini his qilishimizga yordam beradi. Vazifadoshlik asosida ma’no ko‘chishiga misollar: Qon tomiri-daraxt tomiri, qush qanoti-samolyot qanoti, ko‘ylak tugmasi-eshik tugmasi. Vazifadoshlik asosida ma’no ko‘chishi, asosan, ot turkumida ko‘p uchraydi Quloq . Qozonning qulog’idan ushlab ko’tardi. O’q . Dushman lagerini o’qqa tutishdi. Chiroq. Kechga yaqin chiroqlar yoqildi.. Kinoya so’zni teskari ma’noda ishlatish kinoya deyiladi. Kinoyadagi so’z qo’shtirnoqqa olinadi.Bunday ko’chishlarni tushuntirish uchun so’zlar yozuvda qo’shtirnoqqa olinadi: Bizni “homiylardan”himoya qilg’il, Sizning “himoyangizga” qolmish intizor. 2. Xo‘sh, janobi oliy, qaysi sho‘rlik xalq. Sizning “himoyangizga” qolmish intizor. ( G‘ofur G‘ulom) 3. “Akademiklarimiz” yana darsga tayyor emas. 4. “Matematik” sinfdoshimiz bu masalani zo‘rg‘a 3 soatda yechdi. Download 118.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling