Kirish iqtisodiy rayonning geografik o’rni


Iqtisodiy rayonning geografik o’rni


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana06.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1331334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Toshkent shahri iqtisodiy geografik tavsifi

1.Iqtisodiy rayonning geografik o’rni. 
Toshkent iqtisodiy rayoni o’z tarkibiga Toshkent viloyati va respublika 
poytaxti - Toshkent shahrini oladi. Maydoni 15,6 ming kv. km bo’lib, O’zbekiston 
hududining 3,5 foizini tashkil qiladi. Aholisi, 2022-yilning 1 -yanvari ma’lumotlariga 
ko’ra, 5802,1 ming kishidan iborat. Bu respublika jami aholisiga nisbatan 16,4 foiz 
demakdir.Mamlakat mehnat taqsimotida ushbu rayon, eng 
avvalo, sanoat 
tarmoqlarining turli-tumanligi, qishloq xo’jaligining intensiv rivojlanganligi bilan 
ajralib turadi. Bu yerda elektr energetika, qora va rangli metallurgiya, kimyo, 
mashinasozlik va metalni qayta ishlash, qurilish materiallari hamda yengil va oziq-
ovqatsanoat tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Agroiqtisodiyot tizimida paxta, 
bog’dorchilik va uzumchilik, shahar atrofi qishloq xo’jaligi, parrandachilik 
ixtisoslashgan tarmoqlar hisoblanadi. Rayon O’zbekiston yalpi ichki mahsulotining 
27,8 %, sanoat mahsulotining 37,5 %, qishloq xo’jalik mahsulotining 9.7 foizini 
beradi. Uning zimmasiga respublika investitsiya hajmining 34,9 %, jami 
xizmatlarning 44,3 foizi to’g’ri keladi (2021 y). Bu yerda, xususan elektr energiya, 
rangli metallar, sement, mineral o’g’itlar, ko’mir va boshqa mahsulotlarni ishlab 
chiqarish rayonlararo ahamiyatga ega. SWOT – taxlil usuli yordamida Toshkent 
iqtisodiy rayonining kuchli tarmoqlari sifatida iqtisodiyotning yuqori darajada 
diversifikatsiyalanganligi, poytaxt rayon ekanligi, tabiiy va rekreatsiya resurslari, 
intelektual salohiyati, infratuz ilma tizimining yaxshi rivojlanganligini ko’rsatish 
mumkin. Imkoniyatlari ham ayni shu omillar bilan belgilanadi. Zaif tomoni esa 
geosiyosiy o’rnining birmuncha noqo’layligi, ekologik vaziyatning keskinligi 
kabilardan iborat. 
Iqtisodiy rayon xo’jaligining ichki takibi ham o’ziga xos. Rayonda ishlab chiqarishni 
iqtisodiy va hududiy tashkil etishning turli shakllari rivoj topgan. Bunday geografik 
xususiyatlar rayonning tarkibiy tuz ilishini taxlil qilishda yanada yaqqolroq ko’zga 
tashlanadi. 
3



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling