Kirish iqtisodiy rayonning geografik o’rni
-Rasm toshkent iqtisodiy rayoni xaritasi
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent shahri iqtisodiy geografik tavsifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Toshkent shahri iqtisodiy geografik tavsifi.
1-Rasm toshkent iqtisodiy rayoni xaritasi
Ko’p millionli Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun katga miqdorda kartoshka va sabzavot yetishtirish talab etiladi. Shu maqsadda viloyatda bir yilda 310-320 ming tonna kartoshka olinadi. Barcha turdagi sabzavotlarga esa 33,6 ming ga maydon ajratilgan bo’lib, 1500-1600 ming tonna hosil yetishtiriladi. Sabzavot va kartoshkaga asosan Toshkent shahri atrofi xo’jalikaliklari, shuningdek, Bekobod, Piskent va Chinoz tumanlari ixtisoslashgan. Polizchilik ham tekislik hududlarda joylashgan qishloq tumanlarida ko’proq rivojlangan. Toshkent viloyatida, xususan, tog’li hududlarda o’rnashgan Bo’stonliq va Parkent tumanlarida bog’dorchilik yaxshi rivojlangan. 16 3.Toshkent shahri iqtisodiy geografik tavsifi. Toshkent shahri - mustaqil O’zbekistonRespublikasining poytaxti, u 2200 yillik tarixga ega. Shahar, ayni vaqtda, Toshkent viloyati hamda Toshkent (poytaxt) iqtisodiy rayonining ham markazi hisoblanadi Shahar maydoni - 334,8 kv.km, aholisi, 2022-yil 1 -yanvar ma’lumotlariga qaraganda, 2860,5 ming kishi.Toshkent ma’muriy jihatdan 11 ta shahar tumanlaridan tashkil topgan. Tarixiy rivojlanish jarayoni natijasida uning maydoni tobora kengayib bormoqda. Bunday hududiy rivojlanish avval sharqiy, ya’ni Chirchiq yunalishida ko’proq bo’lgan bo’lsa, keyinchalik u janub tomonga ham kengayib bormoqda. Shahar hududida tashkil etilgan ma’muriy birliklardan dastlabkilari hozirgi Mirobod va Shayxontoxur tumanlari bo’lib, ular 1929-yilda ajratilgan. Ulardan keyin Mirzo Ulug’bek (1935 y.) hamda Yunusobod va Yakkasaroy tumanlari (1939 y.) tashkil qilingan. Eng So’nggi tuman - Bektemir 1990 yilda vujudga kelgan. U avvalgi Narimonov shahri asosida, Toshkent shahrining Chirchiq daryosini so’l sohiliga “sakrab” o’tishi natijasida tashkil etilgan. Shuningdek, Toshkent shahar hokimiyatiga Ulug’bek shaharchasi ham bo’ysinadi.Shahar maydoni tumanlar miqyosida turlicha taqsimlangan; ularning eng kattasi - Sergeli 56,0 kv.km maydonni yoki poytaxt umumiy hududining 16,7 foizini egallaydi Shu bilan birga Yunusobod, Olmazor va Hamza tumanlari ham nisbatan katta, Yakkasaroy va Mirobod tumanlari esa ancha kichik maydonlarga ega: mos holda, 14,6 va 17,1 kv km). Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling