Kirish iqtisodiy rayonning geografik o’rni
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent shahri iqtisodiy geografik tavsifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transporti.
Shahar xo’jaligi. Ma’lumki, poytaxt shaharlar, odatda, o’zigaxos (“poytaxtga xos”)
vazifalarni bajaradi. Toshkent shahri poytaxtlik funktsiyasini 1930-yildan boshlab bajarib kelmokda. Toshkentning hozirgi holati - sanoati, transport va boshqa infratuzilma shaxobchalari, ijtimoiy sohalar, diplomatik funktsiyasi, boshqaruv organlarining ko’pligi borgan sari uning zamonaviy poytaxtlik xususiyatidan dalolat bermokda.Toshkent katta shahar - megapolis. U respublikaning asosiy iqtisodiy, madaniy, siyosiy markazi. Shahar, eng avvalo, ko’p sonli aholining yashash, ya’ni sotsial muxiti, shu bilan birga, u yagona iqtisodiy makon, investitsiya, innovatsiya, o’zigaxos geoekologik (urboekologik), nozogeografik muxit hamdir. Bunday katta salohiyat va mas’uliyat Toshkent shahri ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining ustuvor yunalishlarini belgilab beradi. Xalqaro miqyosida, jahon hamjamiyati va geosiyosiy tizimida mustaqil O’zbekiston Respublikasi ko’pincha “Toshkent” nomi bilan taniladi va e’tirof etiladi.Toshkent shahri mamlakatimiz iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida ko’zga ko’rinarli mavkega ega. 2021yilda u respublikaning 16,6 foiz yalpi hududiy mahsuloti, 19 foizi sanoat ishlab chiqarishini ta’minlagan. Chakana savdoda uning ulushi 23,0 %ini ta’minlagan. Mamlakat bo’yicha jami investitsiya hajmining 1/4 qismiga yaqini, qurilish ishlarining 16,0 -17,0 foizi ayni Toshkent shahriga to’g’ri keladi. Toshkent shahri iqtisodiyotining ichki tarkibi ham uning poytaxtlik xususiyatini ifodalab beradi. Sanoat shahar yalpi hududiy mahsulotining 22,2 foizini ta’minlaydi, qurilishning ulushi - 7,9 %, transport va aloqaniki - 13,2 %, savdo va umumiy ovqatlanish YaXMning 12,9, soliqlar uning 10,7 foizini beradi. 22 Sanoati. Toshkent sanoati ko’p yillar davomida shakllangan. Uning darajasi va tarmoqlar tarkibiga shaharning geografik o’rni, mehnat va innovatsiya salohiyati, Ikkinchi jahon urushi yillarida frontga yaqin hududlardan evakuatsiya qilingan sanoat korxonalari, shuningdek, yaqin atrofdagi tabiiy resurslar (qurilish materiallari xom ashyosi, suv resurslari va b.) o’z ta’sirini ko’rsatgan. Shaharda sanoat ishlab chiqarish hajmi 2013-yilda jahon moliyaviy- iqtisodiy inqiroziga karamasdan110,4 foizga (YaXM - 107,1 %) o’sgan. Shu yilda shaharda jami 99055 ta turli yiriklikdagi sanoat korxonalari faoliyat ko’rsatgan. Ularning 113 tasi yirik sanoat korxonalari hisoblanadi; sanoat ishlab chiqarishida band bo’lganlarning umumiy soni 126 ming kishi yoki bu - iqtisodiyotda band bo’lganlarning 1/10 qismi demakdir. xim ning yarmidan ko’progini ozik-ovk;at mahsulotlari tashkil qiladi; yengil sanoat mahsulotlari esa 8,7 %. aholi jon boshiga hisoblaganda, Bektemir, Hamza hamda Mirobod tumanlari oldinda. Uchtepa, Chilonzor va Yunusobod tumanlarida u nisbatan past. So’nggi yillarda poytaxt sanoati tarmoq tarkibida birmuncha o’zgarishlar sodir bo’lgan; Yoqilg’i-energetika sanoatining ulushi ortgan, yengil sanoat ham ustuvorroq rivojlanib borgan. Shu bilai birga, shahar uchun ana’naviy sanoat tarmoqlaridan biri - mashinasozlik va metalni qayta ishlash korxonalarining hissasi biroz pasaygan. Ayni vaqtda, shahar sanoati tarkibida mashinasoz;shk va metallni qayta ishlash hamda oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida jiddiy siljishlar kuzatilmaydi Ammo ularning mahsulot turlarida ma’lum o’z garishlar sodir bo’lgan.Sanoat tarmoqlari miqyosida alohida korxonalarning ahamiyati har xil. Chunonchi, Yoqilg’i sanoati mahsulotining 93,0 foizini “Lukoyl O’zbekistononereyting kompani” MChJ beradi. Metallurgiya sanoatida esa Toshkent quvur zavodi (67,5 %) hamda Ikkilamchi qora va rangli metallar korxonalarining o’rni katta. Shahar kimyo va neft kimyosi sanoatida Toshkent lakbuyoq va “Olplast” qo’shma korxonasi, mashinasozlik va metallni qayta ishlashda “O’zelektroapparat” hamda “o’z bekkabel” va “Doyche kabel” qo’shma korxonalari yetakchilik qilishadi. Shu bilan birga, mazkur tarmoqda Toshkent traktor zavodi, “Zenit elektronike” qo’shma korxonasi, Toshkent yulovchi vagonlarni ta’mirlash, “O’zbekistonaervays texnike” kabi korxonalar ham o’z larining salmokli mahsulot xajmlari bilan ajralib turishadi. 23 Yengil va oziq-ovqatsanoatida ham qator qo’shma korxonalar mavjud bo’lib, ular mazkur tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarining asosiy qismini ta’minlaydi. . Shuningdek, oziq-ovqatsanoati jami mahsulotning taxminan 28,4 foizini beruvchi “Xorazm shakar” qo’shma korxonasi hamda Samarqand choy fabrikasi ham moliyaviy- iqtisodiy jihatdan Toshkent shahri tasarrufida faoliyat ko’rsatishadi. Un-yorma va omixta yem “Galla Altek” va“Toshkent don mahsulot” aktsionerlik jamiyatlarida ishlab chiqariladi.Farmatsevtika sanoatida esa “UP Radiks”, “O’zkimyofarm” korxonalari vaboshqalar muhim ahamiyatga ega. Bu korxonalar jami tarmoqmahsulotining 35,0-37,0 foizini beradi. Poligrafiya sanoatida “Sharq” AJ va “O’zbekiston” nashriyotlarioldinda turadi.2018yilda shahar korxonalarida jami 44 879,8 tonna ip kalava, 120 567,9 mingkv.m.gazlamalar,12 859,1 ming kv.m tayyor ip gazlamalar ,13 818,8 ming juft chulki paypoq, 13 206,5 ming juft paypoq, 28 163,7 tonna trikotaj mato, 1 263,8 ming juft poyabzal, 384,1 mln kVt.s.elektrenergiya , 28 815,9 tonna qog’oz vakarton, 53,1 mln dona qurilish g’ishtlari ishlab chiqarilgan. Bir yilda Toshkent sanoat korxonalari tomonidan 780-800 tonna atrofida po’lat, 90 tonna po’lat kuvurlar ishlab chiqariladi. Yuqoridagilardan tashqari, shaharda 1,2 mln t. ikkilamchi alyuminiy, 20- 25 dona ko’tarma kranlar, 900 ga yaqin traktor tirkamalari, 1800 ta atrofida traktor, 45-50 ming tonna lak-buyoqmateriallari tayyorlanadi.Asosiy iste’mol tovarlaridan 80-82 ming tonna omixta yem, 10 ming dona dazmollar, 4,1 ming tonna xo’jalik sovunn, o’rtacha 16-18 ming rangli televizorlar, kun miqdorda mebel ishlab chiqariladi. Shuningdek, trikotaj mahsulotlari, paypok, tozalangan o’simlik yog’i, go’sht va sut mahsulotlari ham ko’plab ishlab chiqariladi. 320-330 ming tonna shakar, 280-282 ming tonna un tayyorlanadi. Shu o’rinda qayd etish joizki, ba’zi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish,xususan, agrosanoat majmuasiga taallukli mahsulotlar kundalik extiyoj hamda obxavo, iqlim sharoitlariga muvofik o’z garib turadi (o’simlik yog’i, xo’jalik sovuni,un, omixta yem, go’sht-sut mahsulotlari va x-k). Ayrim sanoat mahsulotlari hajmi esa ma’lum sabablar tufayli biroz qisqargan (ip-gazlama, paypoq va b.). Ayni vaqtda, mebel, maishiy chiqindilar, poyafzal, mineral suv, uzum sharbati, aroq- vino, pivo, makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish 24 So’nggi yishlarda ancha tez usgan.Kelajakda shahar ekologik muhitini ifloslantiruvchi, ko’p mehnat va xom ashyotalab kiluvchi, aholi kundalik ehtiyoji bilan bevosita aloqasi bo’lmagan sanoatkorxonalari, ya’ni poytaxt muxitiga mos bo’lmagan ishlab chiqarishlar shahar xududidan chiqariladi Zamonaviy texnologiyalar bilan jixozlangan sanoat tarmoqlarining “yuqori” kavatlari, ekologik toza, innovatsiya va fan-texnika yutuklari bilan bog’liq hamda tajriba- konstruktorlik korxonalari esa ko’payib boradi.Sanoat korxonalari shahar xududi bo’yicha notekis taksimlangan. Bu joylarning kaysi maqsadda barpo etilganligi, ekologik va transport geografik o’rni bilan ham bog’liq. Umuman olganda, Toshkent shahri sanoatida Shayxontoxur, Chilonzor, Hamza va Mirzo Ulugbek tumanlarining mavqei katta. Mavjud ma’lumotlar taxdili ko’rsatishicha, So’nggi yillarda Shayxontoxur, Chilonzor va qisman Uchtena hamda Mirzo Ulugbek tumanlarida sanoat ishlab chiqarishi jadalrok rivojlangan. Shaxontoxur tumanida 2000-yilda shahar jami sanoat mahsulotining 5,5 foizi ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2013- yilda bu ko’rsatkich 26,5 foizga yetdi. Shuningdek, Chilonzor tumanining mavqei ham keskin ko’tarildi. Bektemir tumanining ulushi esa bu davrda 12,3 foizdan 5,6 foizga, Hamza tumaniniki 23,6 foizdan 10,6 foizga tushib koldi va x-k. Transporti. Maydoni katta, aholi soni ko’p bo’lgan shaharda transport mo’him rol uynaydi. Toshkentda transportning ko’pchilik turlari - avtobus, tramvay, metropoliten mavjud. Markaziy Osiyodagi dastlabki Toshkent metrosi 1977-yilda ishga tushirilgan. Shahar kuchalarida katnayotgan avtobus va yengil mashinalarning ko’pchiligi o’z imizning respublikamizda - Samarqand va Asaka shaharlari korxonalarida ishlab chiqarilgan. Toshkent respublika, Markaziy Osiyo va xalqaro miqyosidagi muhim transport tugunidir. Bu yerda xalqaro aeroport, temir va avtomobil yullari vokzallari va shoh yulgalar bor; ularda zamonaviy servis xizmati ham tashkil etilgan. Shu bilan birga tramvay qatnovlari yunalishlari qisqarib, trolleybuslardan voz kechildi. Binobarin, ularning ahamiyati oxirgi yillarda ancha pasaygan. Taxlillar ko’rsatishicha, jami yulovchilar tashish yildan-yilga ko’payib borayotgan bir paytda, elektr transporti turlarining hissasi pasayib bormoqda. 25 Barcha transport turlari bo’yicha tashilgan yulovchilarning yarmidan ko’progi xususiy avtomobil egalariga to’g’ri keladi. Barcha transport turlari bo’yicha tashilgan yuklarning aksariyatini avtomobil transporti amalga oshirgan; xususiy avtomobil egalari tomonidan 30,0 foizga yaqin yuk tashilgan Alohida ta’kidlash lozimki,mustaqillik yillarida shahar kucha va yullarini yaxshilashga katta e’tiborqaratilmoqda. Har yili magistral yullar, kuchalar kengaytirilib, qator kunrik vatransport katnovini qo’laylashtiruvchi boshqa moslamalar kurilmokda. Biroq,shaharda avtomobillar soni ham juda tez ko’payib borayotganligi sababli asosiykuchalarda, ayniqsa, ertalabki va kechki soatlarda tirbandlik holati vujudga kelmokda. Shu sababdan, transport infratuz ilmasini yanada takomillashtirish poytaxtning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi muammolaridan biri sifatida eng muhim ahamiyat kasb etadi. 26 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling