Kirish iqtisodiy rayonning geografik o’rni


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana06.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1331334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Toshkent shahri iqtisodiy geografik tavsifi

Qishloq xo’jaligi. Mintaqa mamlakat qishloq xo’jalik mahsulotining 12,8 
foizini beradi, uning hududiy mahsuloti tarkibida esa bu makroiqtisodiy tarmoq 22,7 
foizga teng. Qishloq xo’jaligining intensiv rivojlanishiga agroiqlimiy sharoit, mehnat 
resurslari, birmuncha suv resurslari bilan yaxshi ta’minlanganligi, irrigatsiya 
infratuzilmasining barpo etilganligi hamda yirik shaharlar va shahar aglomeratsiyasi 
ta’sirida katta iste’mol omilining mavjudligi sabab bo’lgan.Viloyat yalpi qishloq 
xo’jalik mahsulotida chorvachilik ustunlik qiladi .Agroiqtisodiyot mahsulotining 35,2 
foizini fermer xo’jaliklari beradi. Fermer xo’jaliklari asosan dehqonchilikda, xususan, 
paxta, bug’doy va boshqa ekinlarni yetishtirishda katta mavkega ega. Poytaxt 
viloyatida qishloq xo’jaligida foydalanadigan yerlar 813,9 ming ga 
yoki umumiy yer maydonining 53,3 foiziga teng. Albatta, bu raqam, mintaqa qisman 
tog’li hududlardan iborat ekanligi sababli, uncha katta emas. Sug’oriladigan yerlar 
339,0 ming ga bo’lib, ular qishloq xo’jaligida foydalaniladigan jami yerlarning 41,6 
foizini tashkil qiladi. Bunday maydonlar nisbati Zangiota, quyiChirchiq, Toshkent
Yangiyo’l tumanlarida katta, Bo’stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlarida esa eng 
kichik.Qishloq; xo’jaligida foydalaniladigan yerlarning 41,9 foiziga turli xil ekinlar 
ekiladi. Ekin maydonlari ko’p yoki intensiv qishloq xo’jaligi (dehqonchilik) 
rivojlangan tumanlar O’rtaChirchiq, QuyiChirchiq, Chinoz, Oqqo’rg’on, Bekobod 
kabilardir. Ayni paytda, bunday yerlar ulushi Bo’stonliq (6,4 %), Ohangaron (17,3 %) 
va Parkent (20,7 %) tumanlarida sezilarli Darajada past. Biroq, bu hududlarda 
pichanzor va yaylovlar katta maydonlarni egallaydi. Jami ekin maydoni – 304,7 ming 
gektar, uning 85,2 foizi fermer xo’jaliklari tasarrufida. 
12


Donli ekinlar jami ekin maydonining 44,8 foizini egallaydi 
Bir yilda 517,8 ming tonna turli xil don (asosanbug’doy) yalpi hosili olinadi, 
hosildorlik - 42,4 s/ga.(2018y) Donli ekinlar tarkibida16 ming gektarga yaqin 
maydonda makkajo’xori ekilib, undan 755 ming tonnadan ko’proq hosil 
yetishtiriladi.Asosiy qishloq xo’jalik ekinlaridan paxta 83,6 ming 
gektar yerni egallaydi; yalpi hosil 127,1 ming tonna atrofida, hosildorlik – 16,1 
s/ga.(2018y) Paxta ko’proq Bo’ka,Oqqo’rg’on, Piskent, Chinoz va Bekobod 
tumanlarida ekiladi. Sholi 6,1 - 6,2 ming gektarda yetishtiriladi (Bekobod tumani), 
yalpi hosil - 27,0 - 30,0 ming tonna. Boshqa texnika va moyli ekinlardan keyingi 
yillarda mashar va kungabokarning ham maydonlari kengayib bormoqda. 
Ko’p millionli Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun katga miqdorda kartoshka 
va sabzavot yetishtirish talab etiladi. Shu maqsadda viloyatda bir yilda 310-320 ming 
tonna kartoshka olinadi. Barcha turdagi sabzavotlarga esa 33,6 ming ga maydon 
ajratilgan bo’lib, 1500-1600 ming tonna hosil yetishtiriladi. Sabzavot va kartoshkaga 
asosan Toshkent shahri atrofi xo’jalikaliklari, shuningdek, Bekobod, Piskent va 
Chinoz tumanlari ixtisoslashgan. Polizchilik ham tekislik hududlarda joylashgan 
qishloq tumanlarida ko’proq rivojlangan. Toshkent viloyatida, xususan, tog’li 
hududlarda o’rnashgan Bo’stonliq va Parkent tumanlarida bog’dorchilik yaxshi 
rivojlangan. Oldingi yillarda bu qishloq xo’jaligitarmog’i Yangiyo’l tumanida ham 
rivojlangan edi. Hozirgi vaqtda 33,2 ming gektardan 160 ming tonna atrofida turli xil 
mevalar olinadi. uzumchilik ham bog’dorchilik bilan birga hududiy asosda 
rivojlanmokda. uzum yetishtirishda Parkent tumaniga nafaqat viloyatda, balki 
respublikada ham raqobat yo’q. 2012- yilda u 18 ming gektardan ko’proq maydonni 
egallagan va 136 ming tonnadan ziyodroq hosil tayyorlangan.Viloyatda 
chorvachilikning, asosan, sut-go’sht yo’nalishi ko’proq rivojlangan.2018yilda 
viloyatda 109,7 ming tonna uzum hosili yetishtirilgan. Jami 902,2 ming bosh yirik 
shoxli qoramol, 1024,4 ming bosh qo’y va echkilar boqiladi. Parrandalar soni – 
18229,5 ming bosh.(2019y1-yanvar) Bir yilda tirik vaznda 264,4 ming tonna go’sht, 
898,3 ming tonna sut, 1347,6 mln. dona tuxum yetishtirilgan.(2018y) 
13



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling