Kirish iqtisodiy rayonning geografik o’rni
Aholisi, shaharlari va mehnat resurslari
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent shahri iqtisodiy geografik tavsifi
Aholisi, shaharlari va mehnat resurslari. Toshkent viloyati aholi soni bo’yicha
mamlakatimizda Samarqand, Farg’ona, Qashqadaryo va Andijon viloyatlaridan keyingi 5-o’rinda turadi. 1989-2014-yillar oralig’ida uning aholisi yaqin yarim millionga yoki o’rtacha har yili 20-22 ming kishiga ko’payib borgan. Tabiiy ko’payish viloyat bo’yicha 2013-yilda 14,6 %o (1,46%), amalda aholining o’sishi esa 1,60 foiz edi. Bunday farq, o’z navbatida, tashqi migratsiyaning viloyat uchun salbiy natijaga ega ekanligidan darak beradi. Demak, agar tashqi migratsiya saldosi “O” - ga teng bo’lganda, shu yilda viloyat aholisi 2,7 mln emas, balki undan ancha ko’proqni tashkil etgan bo’lar edi. Ko’rinib turibdiki, migratsiya deyarli barcha shahar va qishloq tumanlarida salbiy natijaga ega. Chunonchi, har ming kishiga hisoblaganda, 2009-yilda migratsiya qoldig’i minus 4,3, 2010-yilda minus 4,5 promille bo’lgan (2013-yilda migratsiya qoldig’i minus 9,1 ming kishi).Eng katta migratsion yuqotish quyi Chirchiq (minus 12,7 %o) va Yuqori Chirchiq (11,6 %o) tumanlarida, shaharlar orasida esa Chirchiq shahrida kuzatiladi. Viloyatning asosiy shaharlaridan faqat Olmaliq ijobiy migratsiya natijasiga ega. 6 Toshkent viloyatiga kelganlarning nisbiy ko’rsatkichi Qibray tumanida, ketganlar ham ayni shu hamda QuyiChirchiq, YuqoriChirchiq, Piskent tumanlarida ko’zga tashlanadi. Chirchiq va Yangiyo’l shaharlarida migratsiya aylanmasi ancha katta. Xuddi shunday migratsion faollik Olmaliq aholisiga tegishli, biroq bu shaharda migratsiya qoldigi, avval ta’kidlaganimizdek, ijobiy. Umuman olganda, Toshkent viloyati va Toshkent shahri respublikamiz aholi migratsiyasida eng faol mintaqalar sanaladi. Faqat 1990-1995- yillarda, ya’ni tashqi migratsiyaning eng avj olgan yillarida viloyatda migratsiya saldosi minus 143,8 ming kishini tashkil etgan (respublikamizda 502,3 ming kishi, viloyat ulushi 28,6 %); Angren shahrining o’zi migratsiya tufayli shu yillarda 22,3 ming kishini yuqotgan (jami 1989- 2006-yillarda 38,3 ming kishi). Eng yuqori ko’rsatkich 1994-yilda minus 6896 kishi, eng oz ko’rsatkich 2006 yilda minus 231 kishi bo’lgan. 2018yilda viloyatda tabiiy o’sish 42993 kishi, migratsiya o’sishi -5733 kishi, aholining umumiy o’sishi 37260 nafar kishini tashkil etgan. Yil oxirida aholining umumiy soni 2898505 nafarni tashkil etgan.Yillik umumiy o’sish 101,3%ni tashkil qilgan.Toshkent viloyati respublikamizda nisbatan urbanizatsiyalashgan xudud sanaladi. Bu yerda shaharlar turi juda rivojlangan; viloyatda jami 16 ta shahar va 95 ta shaharchalar mavjud, ularning orasida Chirchiq, Angren, Olmaliq “yuzminglik” shaharlar hisoblanadi Bunday uchlik faqat Farg’ona viloyatida bor, xolos. Ayni vaqtda mintaqada kichik va mayda shaharchalar ham ko’p. ularning soni, 2009-yilda amalga oshirilgan yangicha urbanizatsiya siyosat tufayli yanada ko’paydi. Shu yilda viloyatda jami 79 ta qishloq aholi punktiga shaharcha maqomi berildi. Birgina Bustonliq tumanida 15 ta qishloq shaharcha xuquqiga ega bo’ldi Ular orasida eng yirigi Xumson - 5,4 ming kishi, Qibray tumanida yangi shaharchalar 14 ta, ularning aholisi 2000-3500 kishi atrofida; 19 ta agroshaharlar hozirgi Zangiota tumanida paydo bo’ldi Zangiotada eng kattalari Nazarbek (8042 kishi), 7 Pastdarxon (6036 kishi), Shamsiobod (9729 kishi) va h.k. Toshkent viloyatida jami 878 ta qishloq aholi manzilgoxlari bor. Ularning har biriga o’rtacha 1535 kishi to’g’ri keladi. Kattaroq qishloqlar bevosita Toshkent shahriga yaqin joylarda hamda sug’orma dehqonchilik rivojlangan Bo’ka, Bekobod, Oqqo’rg’on, Piskent tumanlarida joylashgan. Viloyatning qishloqlari respublikamizning boshqa mintaqalari qishloq joylariga qaraganda ancha urbanizatsiyalashgan.Poytaxt viloyati demografik vaziyatining o’ziga xos xususiyatlaridan biri uning aholisini ko’p millatligidir. Bu yerda tub millat o’zbeklardan tashqari rus, tatar, koreys, tojik, qirg’iz, qozoq va boshqa millat vakillari ham yashaydi. o’z beklar viloyat jami aholisining 67,3 foizini, ruslar 5,6 foizni, Qozoqlar 12,6 foizni, tojiklar 5,4 foizni tashkil qiladi. Rus va tatarlar asosan shaharlarda, qozoq va tojiklar ko’proq Bo’stonliq tumanida, qirg’izlar Bo’kada, koreyslar Yuqori va O’rtaChirchiq tumanlarida istiqomat qilishadi. Viloyatda mehnat resurslari 2018 yilda 1627,2 ming atrofida, iqtisodiyotda band bo’lganlar 1227,7 ming kishi jumladan sanoatda 20,8 %, qishloq va o’rmon xo’jaligida 26,3 %, qurilishda 9,2 %, savdo, tashish va saqlash, mexmonxona xizmatlari, axborot va aloqa, moliyaviy va sug’urta, ta’lim va sog’liqni saqlash, va boshqa turdagi sohalarda 43,7 % umumiy faoliyat ko’rsatishadi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling