Kirish iqtisodiy rayonning geografik o’rni
Iqtisodiy rayonning tarkibi
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent shahri iqtisodiy geografik tavsifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Viloyatning geografik o’rni tabiiy sharoiti va resurslari.
2.Iqtisodiy rayonning tarkibi:
Toshkent viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi Toshkent viloyati respublikamizda o’zining iqtisodiy va demografik salohiyatiga ko’ra alohida ajralib turadi. U ma’muriy jihatdan birinchilar qatorida 1938-yil 15- yanvarda tashkil topgan. Viloyat maydoni 15,26 ming kv. km bo’lib, u mamlakatimiz umumiy hududining 3,4 foiziga tengdir. Bu yerda, 2941 ,6 ming kishi (2022y) yoki O’zbekiston aholisining 8,3 foizi yashaydi. Demak, mintaqaning aholisi, nisbiy ko’rsatkichlarda, uning egallagan maydonidan ko’p. Toshkent viloyati iqtisodiy nuqtai nazardan rivojlangan mintaqa hisoblanadi Uning hissasiga mamlakat YaIMning 11,2 foizi, sanoat ishlab chiqarish hajmining 18,4, qishloq xo’jaligi mahsulotining 9,7 foizi, investisiya hajmining 11,4 foizi, jami xizmatlarning 7,6 foizi to’g’ri keladi.(2021 y) O’zining eksport salohiyati bo’yicha Toshkent shahridan keyingi ikkinchi o’rinda turadi (10,8 %), import esa 11,8 foizga barobar.Viloyat ma’muriy jihatdan ancha murakkab tuzilmaga ega. Uning tarkibiga 16 shahar, 95 ta shaharcha, 15 ta qishloq tumanlari, 878 ta qishloq aholi punktlari kiradi.(2019y 1 -yanvar) Viloyatning geografik o’rni tabiiy sharoiti va resurslari. Toshkent viloyati o’ziga xos tabiiy, iqtisodiy va siyosiy geografik o’ringa ega. U 3 ta xorijiy mamlakat bilan chegaradosh: shimolda Qozog’iston, sharkda Qirg’iziston, janubi-sharqda Tojikiston respublikalari bilan tutashgan. Respublika doirasida esa mintaqa Namangan va Sirdaryo viloyatlari bilan qo’shni. Poytaxt viloyatining siyosiy geografik o’rni qaysi bir ma’noda Surxondaryo o’rniga uxshab ketadi. Tabiiy geografik nuqtai nazardan ham Toshkent viloyati ancha murakkab tuzilishga ega. Uning shimoliy, shimoli-sharqiy va janubi-sharqiy qismlari tog’ va tog’oldi hududlaridan iborat. Bu yerda G’arbiy Tyanshanga qarashli Ugom, Piskom va Chotqol tog’ tizmalari, janubi-sharqda Qurama tizmasi joylashgan. Eng baland joylar viloyatning chekka shimoli-sharqida bo’lib, ularning balandligi dengiz sathidan 4395-4400 metrga yetadi (Talas Olatovi tizmasi). Piskom tizmasidagi Beshtor cho’qqisining balandligi 4299 metr. Umuman olganda, viloyat yer usti tuzilishi shimoli-sharqdan janubi-g’arb yunalishida pasayib boradi. Toshkent atrofida gipsometrik ko’rsatkich 600 metrlar 4 atrofida, janub va g’arbiy tumanlarda esa balandlik 300 metrdan ozroq. Viloyatning bunday murakkab yer usti tuzilishi orografik xususiyati, o’z navbatida, uning mineral- xom ashyo va agroiqlimiy sharoitlarini ham belgilab beradi. Bu yerda turli xil foydali qazilma boyliklar bor. Ular jumlasiga, eng avvalo, ko’mir, rangli va nodir metallar (oltin, mis, qo’rg’oshin va b.), qurilish materiallari xom ashyolari kiradi. Angren qo’ng’ir ko’mir havzasi respublikamizning asosiy ko’mir bazasi hisoblanadi Qalmoqqir mis koni, Quchbuloq, Kouldi, Kizilolmasoy oltin konlari, Ko’rg’oshinkon, Ispay, Miskon polimetal konlarning sanoat ahamiyati ham katga. Mavjud mineral resurs salohiyati mintaqa iqtisodiy rivojlanishining eng muhim omili sifatida xizmat qiladi. Bu borada Toshkent viloyati Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari qatorida turadi. Iqlimi keskin kontinental; yanvar oyining o’rtacha harorati minus 1 0 – Z0, iyulniki + 26 daraja . Yillik yog’in miqdori har xil: tog’ va tog’oldi hududlarda, xususan, Bo’stonliq va Parkent tumanlarida u 600 mm va undan ko’proq. Tekislikda joylashgan hududlarda esa, namgarchilik - 400- 500 mm atrofida. Toshkent viloyati asosan Chirchiq va Ohangaron vodiylarida joylashgan. Ular Sirdaryoga quyiladi. Sirdaryoning o’zi esa viloyatning janubi-g’arbiy qismidan o’tadi; u bu joylarda Toshkent va Sirdaryo viloyatlarining ma’muriy chegara chizig’i bo’lib xizmat qiladi. Chirchiq daryosi respublikada o’zining katta gidroenergetik imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Shu boisdan ham, unda qator SESlar (kaskadi) barpo etilgan. Daryoning mintaqada sug’orma dehqonchilikni rivojlantirish, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashda, rekreatsiya, baliq ovlash va boshqa sohalarda ham ahamiyati katta. Bu yerda eng yirik Chorbog’, shuningdek, G’azalkent, Xo’jakent suv omborlari barpo etilgan, Qibray, Parkent kanallari qurilgan. Toshkent shahrining asosiy suv arteriyasini tashkil etuvchi Salar, Anhor, Bo’z suv va boshqa kanallar ham Chirchiq daryosidan suv oladi.Ohangaron daryosi qo’shniQirg’izistonxududidan boshlanib, u hamSirdaryoga qo’shiladi 5 Bu daryoda Ohangaron, Tuyabo’g’iz (Toshkent dengizi) suv ombori barpo etilgan Biroq, bu daryoning gidro-energetika salohiyati ancha past, unda birorta SES qo’rilmagan.Viloyat rekreatsiya resurslariga ham boy. Ayniqsa, Chirchiq va Ohangaronvodiylarida ushbu sohani rivojlantirish sharoitlari qo’laydir. Mintaqada Ugom Chotqol davlat tabiat milliy bog’i, Chotqol davlat biosfera qo’riqxonasi tashkil etilgan.Shunday qilib, Toshkent viloyatining tabiiy sharoiti iqtisodiyotning turlitarmoqlarini rivojlantirish uchun qo’laydir. Binobarin, bu yerda hududiy mehnattaqsimoti keng miqyosida shakllangan: tog’-kon sanoati, dehqonchilik,bog’dorchilik, uzumchilik va ular bilan bog’liq agrosanoat majmualari, shahar atrofi qishloq xo’jaligi, rekreatsiya, sport, baliqchilik, tog’ turizmi kabi sohalar yaxshi rivojlangan.Viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida transport va, umuman, iqtisodiy geografik o’rni ham muhim rol uynaydi. Xususan, uning transport infratuzilmasi bilan ta’minlanganligi, respublika bosh shahri - Toshkentning mintaqa xududida joylashganligi katta mazmun kasb etadi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling