Kirish iqtisodiy rayonning geografik o’rni
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent shahri iqtisodiy geografik tavsifi
Shaharning
geografik o’rni. Toshkent O’zbekiston Respublikasining shimolisharkida, Tyanshan (Tangritog’) tizmasining g’arbiy etaklarida, Chirchiq daryosi buyida joylashgan. Uning sharqiy tomonida tog’ tizmalarining mavjudligi, shimol va shimoli-g’arb tomonga ochiqligi shahar iqlimining shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Shaharning dengiz sathidan o’rtacha balandligi 440-480 metr bo’lib, bunday topografik holat shimoli-sharqdan janubi-g’arbga tomon pasayib boradi. Eng baland nuqtasi- 515 metr - shaharning Mirzo Ulug’bek tumani hududida joylashgan. 17 Shahar iqlimi kontinental, ya’ni quruq - qishi ancha sovuq,yozi esa issiq. O’rtacha yillik xavo harorati 13,8°, iyulniki - 27, yanvar o’rtacha harorati minus 1 daraja atrofida. Yog’in-sochin miqdori bir yilda - 425 mm atrofida, uning 2/3 qismiga yaqini oktyabr-mart oylarida ko’zatiladi. Fasllar bo’yicha olganda esa, yog’inlarning 2/5 qismidan ko’progi bahor oylarida, 1/3 qismidan ortiqrog’i qishga to’g’ri keladi. Ularning eng kam miqdori - yozda. Shu bois, yozning havosi juda issiq va quruq-Toshkent shahrining tarixiy-geografik asosi yoki negizini Chirchiq daryosi va undan tarqalgan qator kadimgi va yangi kanallar tashkil qiladi. Ular jumlasiga Bo’z suv, Kaykovus, Qoraqamish, Salar, Burijar, Anhor, Qorasuv va boshqalar kiradi. Ayni shu gidrografik shaxobchalar shahar ichki tuzilishi, planirovkasi, uning daha va mahallalarining asosida yotadi. Shaharning iqtisodiy va siyosiy geografik o’rni o’ziga xos. U respublika va xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan qo’lay transport-geografik o’rinda joylashgan. Ayni vaqtda, siyosiy geografik jihatdan poytaxtning mamlakat chekka shimolisharqiy qismida, Qozog’iston Respublikasining janubiy chegaralariga juda yaqinligi ham uning geosiyosiy o’rnini belgilab beradi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling