Kirish Kuchlanish, tok va qarshilik
Signallarning boshqa turlari
Download 395.81 Kb.
|
Elektrotexnika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchburchakli signal.
- To’g’ri burchakli signallar.
Signallarning boshqa turlari.
Chiziqli o’zgaruvchan signal. Chiziqli o’zgaruvchan signal (rasm 1.18 da ko’rsatilgan) – bu kuchlanish o’zgarmas tezlik bilan oshuvchi (yoki kamayuvchi). Bu kuchlanish albatta cheksiz osha olmaydi. Shuning uchun odatda bunday kuchlanish rasm 1.19 da ko’rsatilga grafikdagi ko’rinishga ega bo’ladi, - u yakuniy qiymatgacha oshadi yoki rasm 1.20 dagi grafikdagi arrasimon kuchlanishga o’xshaydi. Rasm 1.20. chiziqli o’zgaruvchan ko’rinishdagi signal – kuchlanish Cheklangan chiziqli o’zgaruvchgan signal Arrasimon signal Uchburchakli signal. Uchburchakli signal chiziqli o’zgaruvchi signalga “eng yaqin qarimdosh” kabi bo’ladi, farqi shundaki uchburchakli signalni grafigi simmetrik hisoblanadi (rasm 1.21). Rasm 1.21. Uchburchakli signal Shovqin signallari. Signallar haqida so’z borganda ularni ko’pincha shovqin bilan aralashtirishadi, bunda faqat tasodifiy shovqinlar ko’zda tutiladi. Shovqinli kuchlanishlar chastotali spektr bilan ifodalanadi (quvvatni Gs lardagi chastotaga ko’paytmasi) va amplituda taqsimoti bilan ifodalanadi. Shovqinli signallarni eng ko’p tarqalgan turlaridan biri cheklangan chastota spektridagi gaus taqdimotili oq shovqin hisoblanadi. Bunday signal uchun Gs lardagi chastotaga quvvat ko’paytmasi ba’zi chastota diopazonlarida o’zgarmas saqlanadi, ko’plab o’lchovlar soni uchun amplituda variatsiyasi esa uning oniy qiymati Gaus taqsimoti bilan bayon qilinadi. Bunday turdagi shovqin signalni resistor hosil qiladi (Jonson shovqini), u har qanday mumkin bo’lgan o’lchashlarda noqulayliklarni hosil qiladi, ularda yuqori sezgirlik talab qilinadi. Ossilograf ekranida biz shovqin signalni ko’ramiz, u rasm 1.22 da ko’rsatilgan. To’g’ri burchakli signallar. Vaqt bo’yicha to’g’ri burchakli signalni o’zgarish grafigi rasm 1.23 da ko’rsatilgan. Sinusoidal signal kabi to’g’ri burchakli signal ham amplituda va chasatotasi bilan harakterlanadi. Agar chiziqli sxemani kirishiga to’g’ri burchakli signal bersak, shunda chiqishdagi signal kamdan kam to’g’ri burchakli shaklga ega bo’ladi. To’g’ri burchakli signal uchun effektiv qiymat uning oddiy amplitudasiga teng. Real to’g’ri burchakli signalni shakli ideal to’g’ri burchakli signaldan farq qiladi; odatda electron sxemada signalni ortish vaqti tn bir necha nanosekunddan bir necha mikrosekundgacha bo’ladi. Rasm 1. 24 da to’g’ri burchakli signalni sakrashi qanday bo’lishi ko’rsatilgan. Signalni o’sish vaqti vaqt kabi aniqlanadi, bu vaqt mobaynida signal o’zini 10% dan 90% gacha maksimal amplitudasiga o’sadi. Rasm 1.23. To’g’ri burchakli signallar Rasm 1.24. To’g’ri burchakli signalni sakrashini o’sish vaqti. Impulslar. Impulslar 1.25 da ko’rsatilgan signallar. Ular amplitudasi va impuls uzunligi bilan harakterlanadi. Agar impulslarni davriy ketma – ketligini hosil qilsak, unda chastota yoki impuls takrorlanish tezligi va “ishchi sikli” haqida gapirishimiz mumkin, bu impuls uzunligini takrorlanish davriga nisbatiga teng bo’ladi (ishchi sikl 0 dan 100% gacha doirada yotadi). Impulslar musbat yoki manfiy qutbga ega bo’lishi mumkin, bundan tashqari ular ortuvchi yoki pasayuvchi bo’lishi mumkin. Masalan, rasm 1.25 da ko’rsatilgan ikkinchi impuls musbat qutbli pasayuvchi impuls hisoblanadi. Rasm 1.25. Ikkala ishorali oshuvchi va kamayuvchi impulslar. Download 395.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling