Kirish Kuchlanish, tok va qarshilik


Download 395.81 Kb.
bet20/30
Sana31.01.2024
Hajmi395.81 Kb.
#1828765
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30
Bog'liq
Elektrotexnika

Kondensatorlar.
Kondensator (rasm 1.27) – bu qurilma ikkita chiqishga ega va quyidagi hususiyatga ega Q=UC

Rasm 1.27 Kondensator
Kondensator farada C sig’imga ega, bunga U volt kuchlanish qo’yilgan, bitta plastinkasida kulon Q zaryad to’playdi, boshqasida – Q zaryad to’playdi.
Birinchi yaqinlashuvda kondensatorlar bu chastotaga bog’liq rezistorlar. Ular hosil qilish imkonini beradi, masalan chastotaga bog’liq kuchlanish bo’lgichlarini. Ba’zi vazifalarni yechish uchun (shuntlash, konturlarni bog’lash) kondensatorni ko’p bilish talab qilinmaydi. Boshqa vazifalar (filtrlarni qurish, rezonanz sxemalar, energiyani to’plash) chuqurroq bilimlarni talab qiladi. Masalan, kondensatorlar energiyani atrofga sochmaydi, ular orqali tok oqsa ham, bu shunga bog’liqki kuchlanish va tok kondensatorda bir biriga nisbatan faza bo’yicha 90o ga farq qiladi. Q uchun ifodani differensiallasak (B ilovaga qarang), olamiz
I=C(dU/dt)
Shunday qilib, rezistorga nisbatan kondensator murakkabroq element; bunda tok kuchlanishga nisbatan oddiy proporsional emas. Kuchlanish o’zgarish tezligiga proporsional. Agar kondensatordagi kuchlanish 1F sig’imga ega bo’lsa, kuchlanish unda 1s da 1V ga o’zgarsa, 1A tokni olamiz, aksincha 1A tok oqsa, 1F sig’imga ega kondesator orqali u kuchlanishni 1V ga o’zgarishini 1s da keltirib chiqaradi. 1F gat eng sig’im juda katta, shuning uchun uni ko’pincha mikrofarada (mkF) pikofaradasi (pF) bilan ishlatiladi. Buni tushunmaydigan odamlarni adashmasliklari uchun tamoyilli sxemalarda ba’zida o’lchov birliklarini belgilanishlari tashlab yuboriladi. Ularni topish uchun tekstdan foydalanish kerak bo’ladi. Masalan, 1mAtok bersak, kondensator 1mkF sig’imga ega bo’lsa, kuchlanish 1s da 1000V ga oshadi. 10ms uzunlikka ega tok impulsi kondensatordagi kuchlanishni 10V ga oshishini keltirib chiqaradi. (rasm 1.28)



Rasm 1.28. Kondensator

Rasm 1.29. Kondensatordagi kuchlanish o’zgaradi, qachonki undan tok oqsa.
Sanoat kondensatorlarni turli tuman shakl va o’lchamlarda ishlab chiqaradi. Bir qancha vaqtdan keyin siz ularning katta oilasini eng ko’p tarqalgan turlari bilan tanishasiz. Eng oddiy kondensator nisbatan uncha uzoq bo’lmagan masofada joylashgan ikkita o’tkazgichdan iborat bo’ladi (ammo bir – biriga tegmagan), hozirgi zamondagi eng oddiy kondensatorlar shunday tuzilishga ega. Kattaroq sig’imni olish uchun katta yuza va o’tkazgichlar orasida kichik bo’shliq zarur, odatda buning uchun o’tkazgichlarni biri izolyatsiyalovchi matrealdan yuqa qatlam bilan qoplanadi, bunday kondensatorlar uchun masalan alitirlangan (alyumini bilan qoplangan) maylar plyonkasidan foydalaniladi. Kondensatorni quyidagi turlari keng tarqalishga erishdilar: keramik, elektrolitik (izolyator sifatida oksidli plyonkaga ega bo’lgan, metal folgadan tayyorlangan), slyudali (metallashtirilgan slyudadan tayyorlangan). Kondensatorni har bir turi uchun o’zini sifatlari mavjud, ularni farqlanadigan hususiyatlarini qisqa ro’yxati kondensatorlarni turlari bo’yicha kichik shrift bilan yozilgan “kondensatorlar” bo’limida keltirilgan. Umuman aytish mumkinki, kritik bo’lmagan sxemalar uchun keramik va maylarli kondensatorlar mos keladi, katta sig’im talab qiladigan sxemalar uchun kamtarli kondensatorlardan foydalaniladi, filtrlash uchun esa ta’minot manbalaridan, elektrolitik kondensatorlardan foydalaniladi.

Download 395.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling