Kirish Kuchlanish, tok va qarshilik


Kondensatorlarni parallel va ketma – ket ulash


Download 395.81 Kb.
bet21/30
Sana31.01.2024
Hajmi395.81 Kb.
#1828765
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
Bog'liq
Elektrotexnika

Kondensatorlarni parallel va ketma – ket ulash. Bir necha parallel ulangan kondensatorlarni sig’imi ularning sig’imlari yig’indisiga teng. Bunga ishonch hosil qilish uchun: parallel ulangan kondensatorlarga kuchlanish beramiz, shunda
CU=Q=Q1+Q2+Q3 +…=C1U+C2U+C3U+…=(C1+C2+C3+…)U
Yoki C=C1+C2+C3+…
Kondensatorlarni ketma – ket ulanishi uchun rezistorlarni parallel ulanishiga o’xshash ifodani olamiz.



Ikki kondensator uchun hususiy hol
C=C1C2/(C1+C2)
Kondensatorni zaryadlaydigan tok I=(CdU/dt) bir necha alohida hususiyatlarga ega. Rezistordan oqadigan tokdan farqli ravishda u kuchlanishga emas, uning o’zgarish tezligiga proporsional bo’ladi, (ya’ni ularni vaqt bo’yicha ko’paytmasiga). Bundan buyog’iga quvvat (U ko’paytirilgan I ga) u kondensator orqali oqadigan tok bilan bog’langan, u issiqlikka aylanmaydi, kondensatorni ichki elektr maydonini energiyasi ko’rinishida saqlanadi. Kondensator razryadlanganda undan energiyani chiqarish sodir bo’ladi. Bu qiziqarli hususiyatni boshqa nuqtai nazardan ko’rib chiqamiz, qachonki biz reaktivlikni o’rganganimizda ( 1.18 bo’limdan boshlab).
KONDENSATOR.
RC-zanjir: kuchlanish va tokni vaqt bo’yicha o’zgarishi.
O’zgaruvchan tok zanjirini tahlil qilish uchun ikki turdagi harakteristikadan foydalanish mumkin. Birinchidan kuchlanish U va tokni I vaqi bo’yicha o’zgarishini ko’rib chiqish mumkin, ikkinchidan signalni chastotasi o’zgarganda amplitudasini o’zgarishini. Shudna u va boshqa harakteristikalar o’zini afzalligiga ega bo’ladi, har bir amaliy holatda eng mos keladiganlarini tanlash kerak bo’ladi. Biz o’zgaruvchan tok zanjirini o’rganishni vaqtga bog’liqligidan boshlaymiz, 1.18 bo’limda esa chastota harakteristikalariga o’tamiz.
Sxemani hususiyatlari qanday, ularni tarkibiga kondensatorlar kiradimi? Buning uchun (rasm 1.29 da) keltirilgan eng oddiy RC zanjirni ko’rib chiqamiz. Bunda sig’im uchun ifodalangan ifodadan foydalanamiz:C(dU/dt)=I=-U/R

Rasm 1.31. Oddiy RC electron zanjir
Bu ifoda differensial tenglamalardan iborat bo’lib, uni yechimi quyidagi ko’rinishga ega: U=Aet/RC
Bundan kelib chiqadiki, agar zaryadlangan kondensatorni rezistorga ulasak, u razryadlanadi, rasm 1.30 da ko’rsatilgan kabi.

Rasm 1.32. RC zanjirni signalini razryadi.
Rasm 1.33. da sal boshqacharoq sxema ko’rsatilgan t=0 vaqt momentida batareyaga ulanadi. Tenglama sxemani bunday ishini quyidagi ko’rinishdagi tenglama bilan bayon qiladi: I=C(dU/dt)=(Ubx-U)/R
Va u U=Ubx+Ae-t/RC yechimga ega.

Rasm 1.33.
Siz qo’rqmang, agar tushunmasangiz matematik o’zgartirish qanday amalga oshirilganini. Bu yerda natija qanday olinganini eslab qolish muhim. Undan buyog’iga biz bundan ko’p marta foydalanamiz. Doimiy kattalik A dastlabki shartlardan aniqlanadi (rasm 1.32): U=0, t=0 bo’lganda, shundan A=-Ubx va U=Ubx (1-e-t/RC).

Download 395.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling