Kirish magistrlik dissertatsiyai mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi
Yosh voleybolchilarda harakatlanish tezkorligini pedagogik
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Спорт магистр диссертация Восстановлен
88 Yosh voleybolchilarda harakatlanish tezkorligini pedagogik tajriba davomida shakllanish dinamikasi Test mashqlari Guruh Tajribadan avval rajribadan keyin 5x5 m.ga mokkisimon NG 14,2 13,6 yugurish (sek.). TG 14,0 12,2 12 m.ga “archasimon” NG 36,4 34,6 yugurish (sek.) TG 36,2 31,4 Izoh: NG-nazoratguruhi TG- tajriba guruhi 92 m.ga “ archasimon ” yugurish tajribadan avval NG da 36,4 sek., TG da 36,2 sek. miqdorda ifodalandi. Afsuslanarli joyi shundaki, qariyib 30 yil muqaddam nashrdan chiqarilgan voleybolga ixtisoslashgan BO’SM lar dasturida ( Yu.D.Jeleznyak, K.A.Shves, N.V.Dolinskaya. Voleybol. / Pourochnaya uchebnaya programma dlya DYuSSh i SDYuSIOR. M., 1982., 90 s ) dastlabki tayyorgarlik guruhlariga mo’ljallangan tanlov testlari bo’yicha 5x6 m.ga mokkisimon yugurish natijalari 3 hil mezon asosida baholangan: -12,0 sek. va undan kam - a’lo ; - 12,2 - 12,4 sek. - yaxshi; - 12,5 - 12,8 sek. - qoniqarli . 92 m.ga “archasimon” yugurish tezligi ham shunday tartibda tabaqalashtirilgan: - 31,0 va undan kam - a’lo ; - 31,1 -31,6 sek. - yaxshi; - 31,7 - 32,2 sek. - qoniqarli. Bugungi kunda qayd etilgan me’yoriy ko’rsatkichlar darajasi yanada shakllantirilgan. Jumladan, Yu.D.Jeleznyak, A.V.Chachin va Yu.P. Sbiromyatnikov (2009)lar tomonidan 2009 yilda nashrdan chiqarilgan BO’SM 89 lar dasturida esa, masalan 5x6 m.ga mokkisimon yugurish tezligi dastlabki tayyorgarlik guruhiga qabul qilishda 11,5 sek. deb qabul qilingan. Demak, tadqiqotimizda ishtirok etgan bolalarda maxsus tezkorlik bo’yicha kuzatilgan o’rtacha ko’rsatkichlar me’yor bo’yicha belgilangan mezonlardan ancha “ zaif ” darajada ifoda etilganiga e’tibor qaratadi. 6 oylik pedagogik tajriba muddati yakunlanganidan so’ng o’tkazilgan tadqiqotlar muhim ma’lumotlami aniqlashga imkon berdi. Chunonchi, tajriba davomida an’anaviy mazmunli mashg’ulotlarda ishtirok etgan nazorat guruhida 6 oy mobaynida ham tezkorlik sifati 5x6 m.ga yugurish testi bo’yicha 0,6 sek., 92 m.ga “ archasimon ” yugurish testi bo’yicha 1,8 sek. o’sganligi kuzatildi xolos. Tajriba davomida o’tkazilgan eksperimental mazmunli mashg’ulotlarda shug’ullanishga kelishgan tajriba guruhidagi bolalarda voleybolga xos harakatlanish tezkorligi tajriba yakunida 5x6 m.ga yugurish testi bo’yicha 1,8 sek.ga , 92 m.ga “ archasimon ” yugurish testi bo’yicha 4,8 sek. o’sganligi qayd etildi. Boshqacha qilib aytganda ushbu guruhdagi so’nggi o’rtacha ko’rsatgichlar rasmiy me’yor mezonlarining o’rtacha (yaxshi) miqdorlari atrofida qayd etildi. Demak, bundan shunday to’xtamga kelish mumkinki, tajriba guruhiga mo’ljallab ishlab chiqilgan va 6 oy mobaynida shu guruh mashg’ulotlarida muntazam qo’llanilgan tezkorlik elementlaridan iborat maxsus o’yinlar ushbu sifatni jadal rivojlantirish salohiyatiga ega ekan. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling