Kirish magistrlik dissertatsiyai mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


Voleybolga xos harakatlanish tezkorligini maxsus o’yin


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/43
Sana20.12.2022
Hajmi0.73 Mb.
#1040120
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43
Bog'liq
Спорт магистр диссертация Восстановлен

3.2. Voleybolga xos harakatlanish tezkorligini maxsus o’yin 
mashqlari yordamida shakllantirish imkoniyatlari 
Ko’plab mutaxassis-olimlarning fikriga ko’ra nasliy va xayot davomida 
o’zlashtirilgan harakat sifatlari va ko’nikmalarini muayyan yo’nalishga 
muvofiq shakllantirishda eng samarali vosita ixtisoslashtirilgan maxsus oʻyinlar 
ekan. Maʻlumki, aksariyat jismoniy sifatlarni samarali rivojlantirish davri erta 
yoshlikning turli bosqichlariga toʻgʻri keladi. Masalan, R.A.Piloyan (1991) o’z 
tadqiqotlariga asosan shunday fikrga keldiki, 7-9 yoshli bolalarda tezkorlik 


87 
sifati jadal rivojlanishi, egiluvchanlikni rivojlantirish-qulay fursat tug’ilar ekan, 
11-12 yoshdan boshlab tezkorlik-kuch va epchillik sifatlarini rivojlantiruvchi 
mashqlar hajmini ko’paytirish tavsiya etiladi, 13-14 yoshdan boshlab tezkorlik- 
chidamkorlik, 14-15 yoshda tezkorlik-kuch chidamkorligi unumli rivojlantirish 
mumkin ekan. Mazkur muallif jismoniy sifatlarni rivojlantirish davrlari va 
vositalari haqida ma’lumot bersada, har bir sifat yoki bir necha sifatlarni jadal 
shakllantiruvchi konkret mashqlar majmuasi bo’yicha aniq ma’lumotlar 
bermaydi. Vaholanki, qator tadqiqotchi-olimlar erta yoshlikdan boshlab harakat 
sifatlari, malakalari va ko’nikmalarini shakllantirishda muvofiq turdosh yoki 
moslashtirilgan, ayniqsa ixtisoslashtirilgan maxsus o’yinlardan foydalanish 
yuksak foydali natija berishi muqarrar deb ta’kidlaydilar (M.S.Bril, 1980; 
I. 
M.Korotkov, 
1988; 
T.S.Usmonxoʻjaev, 
F.X.Xo’jaev, 
1990; 
A.I.Lisitsina, 
1991; 
V.V.Kuzin, 
S.A.Polievskiy, 
2000; 
F.A.Kerimov, 
N.Yusupov, 2003; M.A.Kurbanova, 2006). imkoniyatlarini pedagogik tajriba 
davomida o’rgandik. 
Tadqiqot natijalari 6-jadvalda keltirilgan. Voleybolga xos harakatlanish 
tezkorligi 5x6 m.ga moksimon yugurish va 92 m.ga “archasimon” yugurish test 
mashqlari natijalariga ko’ra baholandi. Ushbu testlar voleybol amaliyotida ko’p 
yillardan beri qo‘llanilib kelinadi va ularning natijalari ishonchli mezon sifatida 
voleybolchilar faoliyatiga xos harakatlanish tezkorligining shakllanish 
dinamikasini nazorat qilishda foydalaniladi.
6 oylik pedagogik tajribaga jalb qilingan, lekin tajriba muddati 
davomida an’anaviy mazmunli mashg’ulotlarda ishtirok etgan nazorat 
guruhida va shu muddat ichida eksperimental mazmunli mashg’ulotlarda 
qatnashgan tajriba guruhidagi bolalarda harakatlanish tezkorligi tajribadan 
oldin biror-bir keskin farq bilan ifodalanmadi. Jumladan, 5x6 m.ga 
mokkisimon yugurish tajribadan avval nazorat guruhida 14,2 sek.ni tashkil 
etgan bo‘lsa, tajriba guruhida ushbu ko’rsatgich 14,5 sek.gateng bo’ldi. 
 
3.2.1-jadval 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling