Kirish magistrlik dissertatsiyai mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/43
Sana20.12.2022
Hajmi0.73 Mb.
#1040120
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
Спорт магистр диссертация Восстановлен

 
 
 
 
 
10. 
«To’pni boshdan oshirib uzatish» o’yini. O’yichilar 2-4 ta 
komandaga bo’linadilar. Har bir komanda alohida-alohida bir qatordan kolonna 
bo’lib turadi (komandalarning oralig’idagi masofa 2-3 m). Kolonna o’yinchilari 
orasidagi masofa esa bir qadamdan oshmaydi. Har bir komandaning birinchi 
bo’lib turgan o’yinchilari qo’lida voleybol yoki basketbol to’plari bo’ladi. 
Hamma o’yichilar qo’llarini yuqoriga ko’tarib turadi. O’qituvchini signal 
bergandan keyin o’yinchilar to’plarini boshlaridan oshirib orqalarida turgan 
o’yinchilarga uzatadi. Kolonna oxirida turgan o’yinchilar to’pni olgach, o’z 
komandalarining o’ng tomonidan yugurib kelib, kolonna oldida birinchi bo’lib 
turib oladi va to’pni boshlaridan oshirib uzatadi. O’yinni boshlagan o’yinchi 
kolonna oxiriga yetkandan so’ng to’pni oladi va o’ng tomondan yugurib kelib 
yana birinchi bo’lib turadi va to’pni yuqoriga ko’taradi. To’p uzatishni tez 
bajargan komanda g’olib hisoblanadi. 
11.«To’p qo’shniga» o’yini. O’yichilar bir-birlaridan 3 qadam narida turib 
aylana hosil qiladi. Onaboshi esa aylanining tashqarisida yuradi. O’yichilardan 
biri basketbol to’pini ushlab turadi. O’qituvchining signali bo’yicha to’pni 
ushlab turgan o’yinchi uni yonidagi sherengacha uzatadi, u esa keyingi 
o’yinchiga uzatadi. Onaboshi aylanaga kirmagan holda to’pga yetib olishga va 
unga qo’l tegizishga harakat qiladi. Agar to’pga yetib olib, unga qo’l tengizsa, 


99 
o’yinchi bilan o’z o’mini almashadi. O’yin davom etadi. To’p olgan o’yinchi 
yondagisi qolib, undan naridagi o’yinchiga to’pni uzatib yuborishi mumkin 
emas. 
12. «O’ysiz quyon» o’yini. Ikki boshqaruvchidan tashqari barcha 
o’yinchilar 3-5 kishi bo’lib gruppalarga bo’linadilar. Har qaysi gruppa qo’l 
ushlashib aylana hosil qiladi. Aylanalar maydonchaning har yer-har yerida bir-
biridan 3-6 qadam narida turadi. Har qaysi aylana uya hisoblanadi va o’rtasiga 
birinchi raqamli o’yinchilar turib quyon nomini oladi. Boshqaruvchidan biri 
ovchi, ikkinchisi esa uysiz quyon bo’ladi. O’qituvchining ishorasi bilan uysiz 
quyon ovchidan qochib ketadi va o’zi istagan uyaga kirib olishi mumkin, ammo 
u yerdan quyon tez qochib chiqishi lozim, ovchi bo’Isa uyadan chiqqan quyonni 
ta’qib qilishda davom etadi. Ovchi quyonni tutib olsa, u holda ular o’rin 
almashadilar. Uyaga kirmasdan qochib yurishiga ruxsat etilmaydi. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling