100
14. «Quyonlar polizda» o’yini. Maydonchada diametri 8-10 m keladigan
aylana chiziladi, bu aylana polizni bildiradi. Uning o’rtasida
qorovul turadi
(onaboshi). Qolgan o’yinchilaming hammasi - «quyonlar». «Quyonlar sakrab-
sakrab
polizga kiradi, o’tlami, mevalami uzib yetganday bo’ladi va qaytib
chiqadi. Qorovul (onaboshi) ulami qo’qqisdan ushlashga kirishadi.
Poliz ichida
qo’l tekkizilgan «quyonlar» ushlangan hisoblanadi. 3-4 quyon ushlangandan
so’ng, boshqa onaboshi saylanadi. Bir marta ham qo’lga tushmagan o’yinchilar
g’olib hisoblanadi.
15.«Petnachi» o’yini (bir oyoqda sakrash). Petnachi-
bitta onaboshi
saylanadi, qolgan o’yinchilaming hammasi maydon bo’ylab turadi. Petnachi bir
oyoqda sakrab o’yinchilami quvib yetishga harakat qiladi, o’yinchilar
ham bir
oyoqda sakrab, unga chap beradilar. Petnachi o’yinchilami yugurib ushlashi
mumkin emas, o’yinchi esa petnachidan sakramasdan qochishi mumkin.
16.«Kartoshka ekish» o’yini. O’yinchilar 3-4 komandaga bo’linib bir
qatordan bo’lib alohida-alohida kolonnalarga saflanadi (start chizig’i orqasida).
Kolonnalardagi birinchi o’yinchilar 5-10 dona kartoshka
solib olingan qopchiq
101
ushlab turadi. Start chizig’idan 20-30 m narida har bir kolonna ro’parasida 5
tadan aylana chizilgan bo’ladi. O’qituvchining signali bilan har bir o’yinchi
belgilangan aylanalarga yugurib borib, har bir qopchiqni navbatdagi o’yinchiga
beradi, o’zi esa kolonnaning oxiriga borib turadi. Navbatdagi o’yinchilar olgan
qopchiqlarini ko’tarib «ekilgan» kartoshkani kovlab oladi. Kartoshkani tez ekib,
tez yig’ib olgan kolonan g’olib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: