Kirish magistrlik dissertatsiyai mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Спорт магистр диссертация Восстановлен
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.«To’p qo’shniga» o’yini.
- «O’ysiz quyon» o’yini.
10. «To’pni boshdan oshirib uzatish» o’yini. O’yichilar 2-4 ta komandaga bo’linadilar. Har bir komanda alohida-alohida bir qatordan kolonna bo’lib turadi (komandalarning oralig’idagi masofa 2-3 m). Kolonna o’yinchilari orasidagi masofa esa bir qadamdan oshmaydi. Har bir komandaning birinchi bo’lib turgan o’yinchilari qo’lida voleybol yoki basketbol to’plari bo’ladi. Hamma o’yichilar qo’llarini yuqoriga ko’tarib turadi. O’qituvchini signal bergandan keyin o’yinchilar to’plarini boshlaridan oshirib orqalarida turgan o’yinchilarga uzatadi. Kolonna oxirida turgan o’yinchilar to’pni olgach, o’z komandalarining o’ng tomonidan yugurib kelib, kolonna oldida birinchi bo’lib turib oladi va to’pni boshlaridan oshirib uzatadi. O’yinni boshlagan o’yinchi kolonna oxiriga yetkandan so’ng to’pni oladi va o’ng tomondan yugurib kelib yana birinchi bo’lib turadi va to’pni yuqoriga ko’taradi. To’p uzatishni tez bajargan komanda g’olib hisoblanadi. 11.«To’p qo’shniga» o’yini. O’yichilar bir-birlaridan 3 qadam narida turib aylana hosil qiladi. Onaboshi esa aylanining tashqarisida yuradi. O’yichilardan biri basketbol to’pini ushlab turadi. O’qituvchining signali bo’yicha to’pni ushlab turgan o’yinchi uni yonidagi sherengacha uzatadi, u esa keyingi o’yinchiga uzatadi. Onaboshi aylanaga kirmagan holda to’pga yetib olishga va unga qo’l tegizishga harakat qiladi. Agar to’pga yetib olib, unga qo’l tengizsa, 99 o’yinchi bilan o’z o’mini almashadi. O’yin davom etadi. To’p olgan o’yinchi yondagisi qolib, undan naridagi o’yinchiga to’pni uzatib yuborishi mumkin emas. 12. «O’ysiz quyon» o’yini. Ikki boshqaruvchidan tashqari barcha o’yinchilar 3-5 kishi bo’lib gruppalarga bo’linadilar. Har qaysi gruppa qo’l ushlashib aylana hosil qiladi. Aylanalar maydonchaning har yer-har yerida bir- biridan 3-6 qadam narida turadi. Har qaysi aylana uya hisoblanadi va o’rtasiga birinchi raqamli o’yinchilar turib quyon nomini oladi. Boshqaruvchidan biri ovchi, ikkinchisi esa uysiz quyon bo’ladi. O’qituvchining ishorasi bilan uysiz quyon ovchidan qochib ketadi va o’zi istagan uyaga kirib olishi mumkin, ammo u yerdan quyon tez qochib chiqishi lozim, ovchi bo’Isa uyadan chiqqan quyonni ta’qib qilishda davom etadi. Ovchi quyonni tutib olsa, u holda ular o’rin almashadilar. Uyaga kirmasdan qochib yurishiga ruxsat etilmaydi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling