Kirish magistrlik dissertatsiyai mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Спорт магистр диссертация Восстановлен
4.
«Biz quvnoq bolalar» o’yin. O’ynovchilarning hammasi maydonchaning bir tomonidagi chiziqning orqasida turib quyidagi so’zlarni gapiradilar: «Biz quvnoq bolalar yugurish va o’ynashni sevamiz, qani bizga yetib ko’ringchi». Bu so’zlarni aytib bo’lganlaridan keyin hamma bolalar qarama-qarshi tomondagi xonaga yugurib o’tadilar, onaboshi esa maydonchaning o’rtasida turib ularni «tutishga» harakat qiladi. «Tutilganlar» onaboshiga yordamchi bo’lib qoladilar. Hamma o’yinchilar tutib bo’lingandan so’ng, o’yin tugaydi. Chiziqdan tashqarida ushlash mumkin emas. O’yinchilarning maydonchadan tashqariga yugurib chiqishlari man etiladi. 5. «Qopqon» oʻyini. Oʻquvchilar bir-birining ichiga joylashgan ikki aylana hosil qilib turadilar, 6-8 oʻyinchilar ichki aylanada turadilar. Bular sichqonlar vazifasini o’taydilar. 13-15 ta o’yinchi qopqon rolida bo’lib, tashqi aylanaga saflanadilar. Ikkala aylanadagilar ham qoʻl belda turgan holda ichki aylanadagilar ham qoʻl ushlashib turadilar. Oʻqituvchining birinchi signalida qo’llar belda turgan holda ichki aylanadagilar oʻng tomonga yon bilan yurada tashqi doira yurishdan toʻxtaydi va oʻyinchilar qoʻllarini yuqoriga koʻtaradilar. Bu-qopqon ochilganini ifodalaydi. Bundan foydalangan «sichqonlar» aylanadan tashqariga chiqib va ichkariga 2 marta chapak chalinganda qopqon bekiladi, tashqi aylanadagi o’yinchilarga qo’shilib aylanani kengaytidilar. O’yin 2-3 ta o’yinchi tutilmay qolguncha davom ettiriladi. Qo’lga tushmagan o’quvchilar rag’batlantiriladi. Hamma o’yinchilar sichqonlar rolini bir-bir o’ynashlari lozim. 96 6. «Boyqushcha» o’yini. Maydonchadan boyqushcha yashaydigan «uya» ajratiladi. Qolgan o’yinchilar esa kapalak, uchayotgandek harakat qiladilar, erkin yugurib yuradilar. O’qituvchi «tun» deganida hammalari taqqa to’xtab, kapalakning qanot qoqishi, chigiritkaning qo’llariga tayanib turishi va hokazo holatlarni ifodalangan holda qimirlamasdan turadilar. Xudi shu komandadan so’ng boyqushcha uyasidan chiqib, kim uxlamayotganini tekshirib chiqadi. Kimda-kim qimirlab qolsa, «boyqushcha» uni qo’lidan ushlab o’z «uya»siga olib ketadi. 15 sekunddan so’ng o’qituvchi «kip» deydi. SHunda «boyqushcha» uchib ketadi, hamma o’yinchilar bemalol yugurib yuraveradilar. «Boyqushcha» kimni o’z «uya»siga olgan bo’lsa, o’sha o’yinchiga jarima ochko beriladi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling