Kirish Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi va vazifalari
Download 71.83 Kb.
|
695-19 Umarqulov Niyozqul Qurilishda marketing kurs ishi
Bozor sigʻimi. Bozor nishasi
Talabning namoyon boʻlishi aniq shakllarga ega: joy, vaqt, tovarlar, aholi guruhlari, oʻzgaruvchi narxlar, daromadlar va hokazo. U yoki bu tovarlarga boʻlgan talabni oʻrganish u yoki bu firma yoki mamlakat tomonidan tovarlarni sotish hajmini bilish mazkur tovarning bozor sigʻimini aniqlash bilan bogʻliq. Bozor segmentatsiyasi bozor sigʻimini aniqlash uchun asos boʻlishi mumkin. Bunda tovarlarni sotish hajmi, bozor oboroti, bozor salohiyatining harakatchanligi nazarda tutiladi. Bozor sigʻimini aniqlashning uslubiyati umumiy tendentsiyalar va sotilishlarning tahliliga asoslanadi. Yana bir usul - tovar taqchilligi darajasining tahlili. Biroq talab istiqbolini aniqlashning iqtisodiy-matematik usullari ancha samaraliroq hisoblanadi. Bozor sigʻimini oʻlchash miqdor va qiymat oʻlchov birliklarida amalga oshiriladi. Har qanday holda ham bozor sigʻimining aniqroq baholanishi faqatgina uning tafsilotiy segmentatsiyasiga asoslanishi mumkin. Bozor nishasi (lotin tilidan tarjima qilinganda - «uya») — bozorning tor,koʻzga koʻrinmas sohasidir. Unga tushib qolganda yangi korxona, yangi mahsulot yoki faoliyat turi daromad keltiradigan va tez oʻsuvchi biznesga aylanishi mumkin. Bozor uyasining shakllanishida ikkita yondashuv mavjud: vertikal va gorizontal. Vertikal uyaga moʻljallangan marketing mazkur mahsulotni yoki funktsional jihatdan bir-biriga yaqin boʻlgan mahsulotlar guruhlarini iste’molchilarning har xil guruhlariga sotish yoʻllarini izlashdan iborat. Bozorning gorizontal uyasiga yoʻnaltirilgan marketing iste’molchilarning funktsional jihatdan bir-biriga bogʻliq boʻlmagan tovarlar va xizmatlarga boʻlgan har xil ehtiyojlarni qondirishga moʻljallangan. Vaqt oʻtishi bilan uyalar ancha kata bozor segmentlariga aylanishi mumkin. Har qanday holda ham bozor uyalarini topishga moʻljallangan marketing -bu har doim ham bozorga chuqur kirib borish, alohida iste’molchilarning oʻziga xos ehtiyojlarini qondirish, raqobatdagi ustunliklarning shakllanish yoʻlidir. Quyidagi amaliy maslahatlarni oʻzlashtirish maqsadga muvofiqdir: 1. Siz bozor nishasini topganingizda bu nishaga suqilib kirmoqchi boʻlgan yana biror kimsa topiladi va nishani quritgunicha siz bilan raqobatlashadi. Shuning uchun siz har doim oʻz ishlab chiqarishingizni qayta yoʻnaltirishingiz mumkin boʻlgan keyingi bozor nishasini izlashni asosiy maqsad qilib qoʻyishingiz kerak. 2. Vaqt oʻtishi bilan nisha ommaviy ishlab chiqarish uchun yangi bozorga aylanishi mumkin. Bu sodir boʻlganda, firma nima qilishi mumkinligining har xil variantlari mavjud. Eng yaxshisi - oʻz biznesini yoʻnaltirishni davom ettirish va kompaniyani kengaytirish. Agar siz oʻzingizni kichik tadbirkor kabi tutsangiz, bu nishani qoʻyib, oʻz biznesingizni qandaydir boshqa sohaga olib oʻtish haqida doim oʻylab turishingiz kerak. Agar bozor nishangiz yaxshi holatda boʻla turib, siz oʻz biznesingizni boshqa uyaga yoʻnaltirmoqchi boʻlsangiz, har doim biznesingizni sotib olmoqchi boʻlgan qandaydir yirik firma topiladi. Bozor sigʻimini bilish mazkur bozorga tovarni ta’minlab beradigan firmaga tegishli bozor ulushini aniqlash bilan bogʻliq. Bozor ulushining oshishi tarmoqda etakchi oʻringa erishishning asosiy omili hisoblanadi. Yuqori bozor ulushi ishlab chiqarishning yuqori hajmiga erishish, bu esa oʻz navbatida firmaning ish faolligini kengaytirish, shuningdek, dividendlarni hissadorlarga toʻlash va kutiladigan foydani oshirish imkonini beradi. Bozor ulushi korxonaning raqobatchilarga nisbatan ahvolini tavsiflaydi. Miqdoriy jihatdan bozor ulushi bozordagi bir kategoriyadagi tovarlarning sotilishlar hajmining nisbati sifatida, foizlarda ifodalanadi. Bozor ulushi turli xil usullar bilan hisoblanishi mumkin: - natural ifodadagi tovarlar sotilishining hajmiga koʻra; - qiymat ifodasida; - xizmat koʻrsatiluvchi segmentlarda; - yaqin turgan raqobatchilarning sotilishlariga nisbatan; - bozor etakchisi, asosiy raqobatchiga nisbatan. Marketing faoliyatining amaliyoti guvohlik beradiki, chuqurroq segmentatsiya bitta belgiga emas, odatda har xil belgilarning bogʻliqligiga asoslanadi. Hozirgi vaqtda amal qilayotgan bozor segmentatsiyasining quyidagi usullarni qayd qilish mumkin: - manfaatlar boʻyicha segmentatsiya; - segmentatsiya setkasini qurish; - koʻp oʻlchamli tasniflash boʻyicha; - guruhlash boʻyicha; - funktsiyaviy xaritalar asosida. Manfaatlar boʻyicha segmentatsiya iste’molchilarning xatti-harakatlari modeliga asoslanadi va uchta bosqichni ketma-ket bosib oʻtishni koʻzda tutadi: - istemolchilarni qiziqtiradigan manfaatlarni aniqlash va ularning bir-biriga boʻlgan munosabatini baholash; - manfaatlar boʻyicha segmentatsiyani oldindan belgilaydigan hayot tarzidagi farqlarni aniqlash va iste’molchilarni shu koʻrsatkichlar boʻyicha guruhlash; - manfaatlar boʻyicha segmentlar tovar va raqobatchi markalar haqida har xil tasavvurlarni oʻz ichiga olishini aniqlash. Segmentatsiya setkasini qurish usuli asosiy tayanch bozorlarni koʻrsatish uchun qoʻllanadi. Iste’molchilar va texnologiyaning funktsiyalarini tavsiflaydigan oʻzgaruvchilarning kombinatsiyalari tahlil qilinadi. Natijada afzalliklarning eng katta foizini beradigan asosiy segmentlari aniqlanadi. Koʻp oʻlchamli tasniflash usuli iste’molchilar xatti-harakatlarini belgilash,bir vaqtning oʻzida koʻp oʻlchamli tasniflashdan iborat. Bunda bir qator belgilar (demografik, ijtimoiy-iqtisodiy, psixografik va hokazo) boʻyicha oʻzaro oʻxshashliklarga ega boʻlgan odamlar bitta turga birlashtiriladi. Bunday yondashuv yordamida eng muhim komponent belgi boʻyicha iste’molchilarni turlashtirish vazifasi hal etiladi. Guruhlash usuli ob’ektlar yigʻindisini ketma-ketlik bilan eng muhim belgilar boʻyicha guruhlarga boʻlishga asoslanadi. Vaholanki, belgilardan bittasi tizim hosil qiluvchi sifatida ajratib koʻrsatiladi. Soʻngra guruhchalar shakllantiriladi, ularda bu belgining muhimligi, mazkur tovarni iste’mol qiluvchilarning barcha yigʻindisiga qaraganda yuqoriroq boʻladi. Funktsiyaviy xaritalar usuli «qoʻsh» segmentatsiyani oʻtkazishga asoslanadi: mahsulot boʻyicha va iste’molchilar boʻyicha. Uning asosida berilgan mahsulot bozorning qanday segmentiga moʻljallangan va uning qanday funktsional koʻrsatkichlari iste’molchilarning u yoki bu talablariga mos kelishini aniqlash mumkin. XULOSA Mazkur kurs ishida qurilishda marketingning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari, bozor tadqiqotlari, bozorni segmentlash, reklamani tashkil qilish, Tovar siyosati, narx siyosati, qurilish mahsulotini sotish, qurilishda marketingni rejalashtirish, qurilishda marketingni boshqarish, investitsiyalar marketingi, qurilishda yagona buyurtmachi xizmatini tashkil etish kabi mavzu va tushunchalar chuqur yoritilgan boʻlib, unda dunyoga mashhur marketologlar Filip Kotler, Gari Armstrong, Raisa Nozdreva, Jan-Jak Lamben, Teodor Levitt, Georg Lettau, Dmitriy Susanovlar muallifligidagi zamonaviy xorijiy adabiyotlardan foydalanilgan. Kurs ishi muassasalarining 5341100–“Qiymat injiniringi” ta’lim yoʻnalishining umumkasbiy fanlari turkumiga kiruvchi “Qurilishda marketing va yagona buyurtmachi xizmatini tashkil etish” (3.14) fani oʻquv dasturiga asosan tayyorlangan boʻlib, magistrantlar hamda malaka oshirish kurslari tinglovchilari va ilmiy tadqiqotchilari ham foydalanishlari mumkin. Download 71.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling