Kirish Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi va vazifalari


QURILISHDA MARKETINGNI REJALASHTIRISH


Download 71.83 Kb.
bet2/10
Sana08.03.2023
Hajmi71.83 Kb.
#1248510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
695-19 Umarqulov Niyozqul Qurilishda marketing kurs ishi

QURILISHDA MARKETINGNI REJALASHTIRISH
Tayanch iboralar: rejalashtirish, strategik rejalashtirish, korxona dasturi, korxona maqsadi, oʻsish strategiyasi, bozor chegarasi, stretegiya, taktik rejalashtirish, bozor talabi, marketing nazorati, strategik nazorat, marketing taktikasi.
Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi va vazifalari
Rejalashtirish korxonalar faoliyatining yuqori darajasini ifodalab, sotish va foyda olish koʻrsatkichlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Rejalashtirishning asosiy qismi strategik rejalashtirishdan iboratdir.
Strategik rejalashtirish - bu korxonani istiqbolda koʻrish, korxonaning iqtisodiyotda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi oʻrni, rolini bilish va yangi darajaga erishish yoʻllari, vositalarini ishlab chiqishdir. Strategik rejalashtirishda aniq hisoblangan koʻrsatkichlar boʻlmaydi, balki turli bashoratlar asosida moʻljallar, kelgusiga nazar tashlashdan iboratdir.
F.Kotler firmaning strategik rejalashtirishi haqida bunday deb yozadi:
“Firmaning maqsadlari, uning marketing sohasidagi imkoniyatlari orasidagi strategik muvofiqlikni qoʻllashni boshqaruv jarayonidir. Strategik rejalashtirish firmaning aniq ifodalangan dasturiy bayonotiga, yordamchi maqsadlar va vazifalarni moʻljallashiga, sogʻlom xoʻjalik portfeli va oʻsish strategiyasiga tayanadi”.
Korxona dasturi oʻz ichiga korxonaning bugungi holati haqida, uning mijozlari, mijozlar uchun qadrli boʻlgan tomonlari, korxona istiqboli haqida ma’lumotlarni oladi.
Savdo korxonasi bunday dasturni doimo diqqat markazida saqlashi, muntazam ravishda unga tuzatishlar kiritib turishi kerak.
Korxona dasturi maqsad qoʻyishga, uning ahamiyatini oshirishga koʻmaklashadi va maqsadga erishishga yoʻllaydi.
Korxona dasturida korxonaning faoliyat doirasi koʻrsatiladi. Bu doiraning chegarasi boʻlib, mahsulotlar, texnologiyalar, mijozlar guruhi, ular ehtiyoji yoki bir necha omilning aralashmasi xizmat qilishi mumkin. Masalan, korxonada avtomashinalar, tele-radioapparatlari, boshqa tovarlar sotilishini ifodalash tovarlar doirasi chegarasini bildiradi. Savdo korxonasining imkoni boricha Tovar assortimenti kengroq boʻlishi kerak.
Korxonaning maqsadi har bir boshqaruvchi, rahbariyat xodimi oldiga maqsadga erishishga qaratilgan vazifalar qoʻyadi. Oʻz vazifalarining bajarilishiga har bir xodim javobgardir.
Korxonaning asosiy maqsadi foyda olish boʻlsa, unga erishish uchun foyda keltiradigan tovarlarni sotishni koʻpaytirish, ular xissasini oshirish lozim. Bunday tovarlar sotilishini koʻpaytirish esa, tovar manbalarini topishni, ular ichidagi eng samaralisini tanlashni talab etadi. Bulardan oʻz navbatida qator vazifalar kelib chiqadi.
Bu vazifalar marketing vazifalari boʻlib, marketing strategiyasini ishlab chiqishni talab etadi.
Bunda bozorni oʻrganish, taklif manbalarini oʻrganish, korxonaga tegishli har bir mol boʻyicha kon’yunkturani oʻrganish va xulosa chiqarish jarayoni bajariladi.
Korxona xoʻjaligini rivojlantirish rejasi strategik rejalashtirishning muhim bosqichi hisoblanadi. Bunda xoʻjalik faoliyatining bosh yoʻnalishlari tahlili amalga oshiriladi va ayrim tovarlarning rentabellik darajasi aniqlanadi.
Rentabellik darajasiga koʻra uni savdoda qoldirish yoki qoldirmaslik, jalb etish yoki jalb etmaslik qarorini qabul qilish kerak boʻladi.
Yuqori rentabelli tovarlarga koʻproq moliyaviy resurslarni safarbar etish, kam foydalilaridan chetlasha borishga qaratilgan ishlar rejalashtiriladi.
Korxonani oʻsish strategiyasi oʻz ichiga korxonaning kelgusida yana qanday tovarlarni sotishni oʻzlashtirishi, qaysi mahsulotlar bozoriga e’tiborni kuchaytirishi, qancha kuch sarflashini oladi.
Korxonani oʻsish strategiyasini 3 bosqichdagi tahlil asosida ishlab chiqish mumkin.
Birinchi bosqichda hozirgi faoliyat doirasidagi foydalanishi mumkin boʻlgan imkoniyatlari aniqlanadi. Bunda oʻsishga jadallashtirish omili orqali erishiladi, tovar yoki bozorning mavjud holatida imkoniyatlarni topish va oʻsishga intilish oʻrin egallaydi.Imkoniyatlar turlicha boʻlishi mumkin.
Jumladan, tovarni bozorga chuqurroq singdirish (xaridorning e’tiborini koʻproq qozonish maqsadida raqobatchisisiga nisbatan tovarni arzonroq sotish, sotilgan tovarlar ma’lum songa etganida xaridorga mukofot berish bilan ragʻbatlantirish, shu tovarning yangi iste’molchilarini topish) yoʻli bilan sotishni koʻpaytirish mumkin.
Boshqa imkoniyati bozor chegarasini kengaytirish, ya’ni yangi bozorlar topish va mavjud tovari bilan ularda savdo-sotiq yuritishdan iboratdir.
Navbatdagi imkoniyati tovarni takomillashtirish, ya’ni mavjud moldan keskin farq qiladigan, sifati, iste’mol qiymati yuqori boʻlgan molning yaratilishi bilan bogʻliqdir.
2-bosqichida korxona tarmoq doirasida boshqa korxonalar bilan hamkorlikda (integratsiya) ishlashi mumkin. Bunda shu tarmoq doirasida taqsimot tizimi qattiq nazorat qilinadi. Bunda raqobatchi firmalari ustidan doimiy nazorat olib boriladi.
Korxonaning oʻsish strategiyasining 3-bosqichida tarmoq doirasida oʻsish imkoniyatlari qolmagan boʻlsa, korxonaning mavjud turiga yaqinroq yangi yoʻnalishni tanlash va unga kirib borishdan iborat jarayon amalga oshiriladi.
Strategik rejalashtirish korxona faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, mahsulot ishlab chiqarish va sotish sohasidagi barcha harakatlarning maqsadga muvofiq yoʻnalishini aks ettiradi. Soʻngra har bir yoʻnalish boʻyicha batafsil rejalar tuziladi, chunki marketing konsepsiyasini qoʻllaydigan korxonalar faoliyat natijalari koʻproq savdo sohasi bilan belgilanadi, rejalar orasida Tovar nusxasini yaratishdan boshlab to pirovard sotishga qadar tovar harakati jarayonlarini qamraydigan marketingni rejalashtirish alohida oʻrinni egallaydi.
Asosiy koʻrsatkich ma’lumotlar yigʻindisi, joriy marketingga oid vaziyat bayoni, xatarlar va imkoniyatlar tahlili, vazifa va muammolar tahlili, marketing strategiyasi, harakat dasturi, byudjet va nazorat.
Strategik rejalashtirishning asosiy xususiyati-doimiy ravishda operativ va strategik nazoratga tayanishdir. Bu esa strategiyaga tayinli davr mobaynida turli oʻzgarishlarni kiritish va tashqi muhit sharoitlariga moslashish imkonini beradi.
Strategik rejalashtirish jarayonida bevosita stretegiyani ishlab chiqish bosqichi quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirilishi lozim.
Dastlabki harakat bosqichi boʻlib, firmaning istiqbolini tahlil qilish hisoblanadi.
Ushbu bosqichda:
asosiy tashqi xavf-xatarlar, imkoniyatlar, “favqulodda” holatlarni vujudga kelish tendentsiyalari va ularni bartaraf etish imkoniyatlari tahlil qilinadi.
Ikkinchi harakat bosqichida raqobatchilik kurashidagi mavqei tahlil qilinadi.
Ushbu bosqichning asosiy vositasi boʻlib-firma faoliyatining qaysi yoʻnalishida “raqobatchilik strategiyasini takomillashtirib, firmaning yalpi ish faoliyatining yaxshilash mumkin?” degan savolga javob topiladi.
Uchinchi, eng muhim harakat bosqichi - strategiyani tanlash hisoblanadi. Bunda firmaning turli faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha istiqbolini qiyoslash, tanlangan strategiyani amalga oshirishda faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha resurslarni taqsimlash asosiy oʻrin egallaydi.
Lekin koʻpgina hollarda firmaning mavjud imkoniyatlari kelgusi istiqbol uchun ma’qul boʻlmaydi. Buning sabablari boʻlib, firmaning ichki faoliyati doirasida yalpi strategiyani ishlab boʻlmaslik, uzoq va qisqa istiqbolda ularning mos kelmasligi yoki boshqaruvchilarining rejalashtirish ishlarida tashqi muhit oʻzgarishlariga moslashuvchanlik sharoitlarini ishlab chiqish zarurati hisoblanadi.
Keyingi harakat bosqichi - diversifikatsiya qilish yoʻllarini tahlil qilish jarayonidir.
Ushbu bosqichning asosiy maqsadi boʻlib, amaldagi faoliyat koʻlami tanlovidagi kamchiliklarni va kelgusida firma uchun samarali boʻlgan yoʻnalishlarni aniqlash hisoblanadi.

Download 71.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling