Kirish Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi va vazifalari


Download 71.83 Kb.
bet7/10
Sana08.03.2023
Hajmi71.83 Kb.
#1248510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
695-19 Umarqulov Niyozqul Qurilishda marketing kurs ishi

Maqsadli bozorni tanlash
Maqsadli bozorlarni tanlash - bu korxona oʻzining marketing xattiharakatlarini yoʻnaltirmoqchi boʻlgan jozibali bozorni aniqlashdir. Bu erdagi qabul qilingan qarorlar yoʻnalishlarni, segmentatsiyaning mezonlarini va koʻrsatkichlarini tanlash, shuningdek, segmentatsiyalash usullari va bozorning maqsadli segmentlarini tanlash kabi jarayonlar bilan bogʻliq.
Qurilish mahsulotlari bozorida marketing tadqiqotlarining maxsus
hususiyatlari shundaki, mazkur bozordagi mahsulotlarning turli namenklaturasi, sub’ektlar tarkibi hamda iste’molchilarning maxsus talabidan iborat. Bunda marketing tadqiqotlari marketing ehtiyojlarini ta’minlashga yoʻnaltirilgan ixtiyoriy marketing faoliyatidan boshqa narsa emas, ya’ni muayyan marketing faoliyati
uchun ma’lumotlarni toʻplash, tahlil qilish va prognozlash tizimidir. Demak, marketing tadqiqoti bu erda korxonaning marketing faoliyati har qanday tsiklining boshlanishi va mantiqiy yakuni sifatida namoyon boʻladi. Savol kelib chiqadi:
bunday tadqiqotning maqsadi nima? Tabiiyki, marketing qarorlarini qabul qilishda duch keladigan noaniqliklarni kamaytirish. Qayd etish kerakki, adabiyotda har qanday marketing tadqiqoti oʻzaro bogʻliq boʻlgan ikki qism: muayyan bozorlarni va firmalarning bozorga chiqishi va oʻz oʻrnini mustahkamlab olishi uchun oʻzining imkoniyatlarini oʻrganishdan iborat, degan tasavvur paydo boʻlgan.
Bundan kelib chiqadiki, bozorni oʻrganish - kompleksli marketing tadqiqotining bir qismi.
Marketing tadqiqotining majburiy shartlari quyidagilar:
- tadqiqotlar tizimli xarakterda boʻlishi kerak;
- marketing tadqiqotlarini olib borishda ob’ektivlik va aniqlikka asoslangan ilmiy yondashishga rioya etilishi kerak;
- marketing tadqiqotlari qaror qabul qilish uchun axborot talab etadigan marketingning har qanday tomoniga nisbatan qoʻllanilishi mumkin;
- tadqiqot ma’lumotlarni toʻplash, materiallarni qayd qilish va tahlil qilishni oʻz ichiga oladigan koʻp bosqichli jarayon;
- ma’lumotlar korxonaning oʻzidan, betaraf tashkilot yoki mutaxassis tadqiqotchilardan kelib tushishi mumkin.

Download 71.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling