Kirish Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi va vazifalari
Download 71.83 Kb.
|
695-19 Umarqulov Niyozqul Qurilishda marketing kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Qurilishda marketingni boshqarish 6. Xulosa 7. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati KIRISH
Маvzu:QURILISHDA MARKETINGNI REJALASHTIRISH REJA: Kirish 2. Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi va vazifalari. 3. Qurilish korxonalarida taktik rejalashtirishning roli va oʻrni. 4. Marketing nazorati va uning turlari 5. Qurilishda marketingni boshqarish 6. Xulosa 7. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati KIRISH Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 apreldagi “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5392-sonli farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3646-sonli qarorlarida qurilish sohasida mehnat unumdorligini oshirish, qurilish-montaj ishlari qiymatini kamaytirish,resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan innovatsion loyihalarni joriy etish, raqobatbardosh va eksportga yoʻnaltirilgan qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish, aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarga muvofiq ravishda qurilishi va boshqa shu kabi muhim vazifalar belgilangan boʻlib,mazkur ishlarning amalga oshirilishini qurilish sohasidagi malakali kadrlarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Shu boisdan taqdim etilgan “Qurilishda marketing va yagona buyurtmachi xizmatini tashkil etish” kurs ishida qurilish sohasida zamonaviy marketingni rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish, xususan qurilish korxonasining marketingi rejasini ishlab chiqish, qurilish marketingida axborotlar ta’minoti, tovar va reklama siyosati, qurilish korxonalarida bozor tadqiqotlarini kompleks tashkil etish, qurilish mahsulotlarini sotish, investitsiyalar marketingi, davlat byudjeti vadavlat maqsadli jamgʻarmalarning mablagʻlari asosidagi qurilish ishlarida yagonabuyurtmachi xizmatining tashkil etilishi, shuningdek “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari vazifalari, qurilishda tanlov(tender) savdolarini tashkil etish kabi mavzular keltirilgan boʻlib, ular fanning mazmun-mohiyatini aks ettiradi. Ma’lumki bozor munosabatlari shakllangan bir davrda mahsulotning xaridorgir boʻlishi va oʻz vaqtida egasini topishi ishlab chiqaruvchining nafaqat bugungi, balki ertangi kuni (kelajagi)ni ham belgilab beradi. Shuning uchun ishlab chiqaruvchi oldida bozorni oʻrganish, undagi talab va ehtiyojni toʻgʻri aniqlay bilish, yaratilgan mahsulotni ayirboshlash yoki sotish va shu bilan birgalikda oʻz raqobatchilarining ish faoliyatini ham nazardan chetda qoldirmaslik zaruriyati tugʻiladi. Bu masalalar bilan shugʻullanish marketingning vazifasi hisoblanadi. Har qanday qurilish tashkilotining toʻla-toʻkis faoliyat koʻrsatishi, raqobatbardosh mahsulot yaratishi uchun unda marketing xizmatini tashkil qilish zarur. Aks holda, u bozor munosabatlari davrida oʻz oʻrnini topa olmaydi,raqobatlarga dosh berolmay tez fursatda sinadi. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish davrida qurilish sohasini marketingsiz tasavvur ham qilib boʻlmaydi. Chunki, faqat oʻz kasbining ustasi boʻlgan marketologlargina oʻzi ishlaydigan qurilish tashkilotini yuqori choʻqqilarga olib chiqishi mumkin. Har qanday qurilish tashkiloti ham mahsulot yaratar va uni bozorga solar ekan, demak bozorni uzluksiz oʻrganib borishi, undagi talab va takliflarni, ehtiyojni hisobga olgan holda oʻz faoliyatini tashkil qilishi zarurdir. Mazkur kurs ishi 5341100-Qiymat injiniringi ta’lim yoʻnalishi umumkasbiy fanlari tarkibiga kiruvchi “Qurilishda marketing va yagona buyurtmachi xizmatini tashkil etish” (3.14) fanidan oʻquv dasturiga asosan tayyorlangan hamda u “Qiymat injiniringi” ta’lim yoʻnalishi boʻyicha ta’lim olayotgan talabalarga Oʻzbekiston Respublikasida qurilish sohasida marketing va yagona buyurtmachi xizmati faoliyatini tashkil etishning nazariy va uslubiy asoslarini oʻrganishlariga yordam beradi. kurs ishidan qurilish sohasidagi barcha ta’lim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha ta’lim olayotgan talabalar, magistranlar, oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar va tadqiqotchilar, hamda qurilishda marketing bilan qiziquvchilar foydalanishlari mumkin. Download 71.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling