Kirish Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi va vazifalari


Marketing nazorati va uning turlari


Download 71.83 Kb.
bet4/10
Sana08.03.2023
Hajmi71.83 Kb.
#1248510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
695-19 Umarqulov Niyozqul Qurilishda marketing kurs ishi

Marketing nazorati va uning turlari
Marketing nazoratining maqsadlari quyidagilardan iborat:
- maqsadga erishish darajasini belgilash;
- yaxshilanish imkoniyatini aniqlash;
- korxona moslashuvchanligini talab qilingan atrof-muhit oʻzgarishlariga qanchalik mos kelishini aniqlash va hokazolar.
Marketing faoliyatini nazorati mahsulotlarni sotish ustidan nazorat qilish, sotish imkoniyatlarini tahlil qilish, tadbirkorlik faoliyatini nazorat qilish, marketing xarajatlarini tahlil qilish, texnik va strategik nazorat va marketing taftishini nazarda tutadi.
Rentabellikni nazorat qilish haqiqiy sotish va ularning oʻzgarish tendentsiyalarini rejalashtirilgan koʻrsatkichlar bilan taqqoslashda hisobga olish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Foydalilikni nazorat qilish va marketing xarajatlarini tahlil qilish alohida tovarlar, ularning assortiment guruhlari, bozor segmentlari, hududlari, savdo kanallari, reklama vositalari, savdo xodimlari va boshqalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Marketingni strategik nazorati va tahlili korxona ishlab chiqarish-sotish va ilmiy-texnik faoliyati rivojlanishning asosiy qiyinchiliklari va istiqlolini aniqlash maqsadida asosiy vazifalar, strategiyalarini chamalaydi.
Marketing taftishi oʻz ichiga marketing makro va mikro marketing muhiti, marketing xizmatlarini faoliyat yuritish samaradorligini tahlilini hamda marketing siyosati, tovar, narx reklama xodimlarini oladi.
Marketingda nazoratni uch turi farqlanadi:
- yillik rejani bajarilishini nazorat qilish;
- samaradorlikni nazorat qilish;
- strategik nazorat.
Yillik rejani nazorat qilishdan maqsad moʻljallangan natijalarga erishishga ishonishdir.
Bunda sotish imkoniyatlari tahlili, bozordagi hissa tahlili, marketing xarajatlari bilan mahsulot sotish oʻrtasidagi nisbiy tahlillar, mijozlarning munosabatini kuzatish kabi nazorat usullaridan keng foydalaniladi.
Foydani nazorat qilishni maqsadi firma nima hisobiga daromad topayotganligini va qaysi oʻrinlarda uni yoʻqotayotganligini aniqlashdan iborat.
Strategik nazoratning maqsadi esa haqiqatdan ham firma oʻzidagi marketing imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalana olayotganligini aniqlash hisoblanadi.

Download 71.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling