Kirish mavzuning asoslanishi va dolzarbligi


Turdosh otlar kosmonimlarga aylanadi


Download 244.17 Kb.
bet11/30
Sana22.06.2023
Hajmi244.17 Kb.
#1650105
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Bog'liq
SHOIRA DISSERTATION FINAL

1. Turdosh otlar kosmonimlarga aylanadi. Osmon jismlari shaklini biror narsa – buyumga yoki jonivorga oʻxshatilishi tufayli nomlar kelib chiqadi. Ularga Boʻri, Choʻmich yulduz, Ajdar, Yelkan,Toj, Uchburchak, Ilon, Kabutar, Kosa, Kursi, Qarg‘a, Quyon, Mirrih kabilarni misol boʻla oladi.
2. Kosmonim boʻlmagan atoqli otlar kosmonimlarga aylanadi. Bularga teonim, antroponim, avtonim, geonim, gidronim, zoonim, ixtionim kabi turli soha nomlari osmon jismlariga beriladi yoki olimlar tomonidan shartli ravishda Mars, Venera, Yupiter, Uran, Neptun, Bahrom, Osiyo, Nobel(krater nomi), Umar Xayyom(krater nomi), Oʻzbekiston (asteroid nomi) va shu kabi nom berilgan.
3. Soʻz birikmalari kosmonimlarga aylanadi. Yetti qaroqchi, Katta ayiq, Kichik ayiq, Geymar quyrug‘i, Kichik it, Katta it, Katta ot, Hoʻkizboqar, G‘oz ushlagan tulki, ilon elituvchi kabilar misol boʻladi. Bu holat leksikalizatsiya hodisasi deb ataladi. Leksikalizatsiya sintaktik birlikning soʻz birikmasi yoki gapning, ma’noviy birlikga – soʻzga yoki turg‘un iboraga aylanishi boʻlib, avval osmon jismlarining turli hususiyatini ifodalovchi soʻz birikmalari atoqli otga aylanishi ham aynan shu hodisadir.
2.Kosmonimlarning kosmonim boʻlmagan soʻzlarga aylanishi - ya’ni teskari transpozitsiya hodisasi.
Teskari transpozitsiya quydagicha boladi;
1. Kosmonimlarning kosmonim boʻlmagan atoqli otlarga aylanishi. Kosmonimlar antroponim, toponim, psevdonim kabi atoqli otlarga koʻchadi; Xurshida, Shamsiddin, Mehribon, Asadbek, Hulkar, Surrayo, Choʻlpon, Sunbula (antroponimlar)Sitorai Mohi xos’(saroy nomi), Istara(qishloq nomi), Oybek(taxallus) kabilar.
2. Kosmonimlarning turdosh otlarga aylanishi, koʻp uchraydigan hodisalardan boʻlib, narsa buyumlar biror bir osmon jismiga oʻxshatiladi va shunga monand nom oladi. Ayniqsa bu holat xalq amaliy sanatida nomoyon boladi54.
Oygul (mis idishlarga oʻyiladigan naqsh turi), oyqaychi (chilangarlikda sham kesadigan qaychining nomi,dastasinig shakli yarim oy shaklida), Zuhrogul (mis idishlarga solinadigan badiiy naqsh elementi). Oʻzbek tili kosmonimlarining transpozitsiya orqali hosil boʻlishi keng tarqalgan usul hisoblanadi.
Oʻzbek kosmonimiyasi tizimini lisoniy tadqiq etishda, ularning hosil boʻlish yoʻllarini oʻrganish muhim ahamiyatga ega boʻlib, oʻzbek tili kosmonimlarining hosil boʻlish yoʻllarini aniqlashimiz kerakligini koʻrsatadi. Onomastikaning turli sathlari boʻyicha olib borilayotgan tadqiqotlarda nomning hosil boʻlishi tushunchasi turlicha tahlil qilinmoqda, derivasiya va nomlanish hodisalari ayrim hollarda bir-biridan farqlanmayapti. Kosmonimlar oʻrganish jarayonida bunday xatolarga yoʻl qoʻymaslik uchun, yasalish va nomlanish bilan bog‘liq qarashlar tarixiga e’tibor qaratdik. Bu haqda A. Hojiyev: “...Soʻz yasalishiga oid juda koʻp hodisalarning mohiyati toʻg‘ri yoritilmayotganligidan tashqari, “soʻz yasalishi” bahsida bu tizimga aloqasi boʻlmagan narsalar oʻrin olib kelyapti. Bu ham yasama soʻz bilan bog‘liq masalalarni toʻg‘ri hal etishga oʻz salbiy ta’sirini koʻrsatib kelmoqda. Demak, soʻz yasash usuli masalasida toʻg‘ri va aniq bir xulosaga kelish soʻz yasalishiga oid hodisalarni aniq belgilab olishga, ularning mohiyatini toʻg‘ri yoritishga yoʻl ochadi. Bunda oʻzga tillarga oid qoidalar, ta'riflar asosida emas, bevosita oʻzbek tilining oʻz materiallari asosida ish koʻrish talab etiladi”, degan fikrni ilgari suradi55.
V.D.Bondaletov kosmonimlarni koʻproq toponimlarga va qisman antroponimlarga oʻxshashini, toponimlar yerdagi obyektlarni ifodalagani kabi kosmonimlar fazodagi jismlar nomini ifodalashi nuqtai nazaridan oʻziga xos “osmon toponimiyasi” turini tashkil qilishini ta’kidlagan56.
V.D.Bondaletov fikriga tayanadigan boʻlsak, oʻzbek onomastikasida toponim va antroponimlar boʻyicha koʻplab monografik tadqiqotlar amalga oshirilganligini, oʻzbek kosmonimiyasi tizimidagi yasalish va hosil boʻlish – nomlanish hodisalarini bir-biridan farqlash va bu toʻg‘rida muayyan xulosalarga kelish maqsadida oʻrganilayotgan hodisalarni aynan, oʻzbek toponimikasi va antroponimikasi boʻyicha yaratilgan ilmiy tadqiqotlardagi nazariy fikrlarga qiyoslagan holda tahlil qilishimiz kerak degan qarorga keldik. Boshqa yo’limiz ham yoʻq, chunki oʻzbek tili kosmonimlarining yasalish usullari, hosil boʻlish yoʻllari, atalish motivlari boʻyicha hozirgacha bironta monografik tadqiqot amalga oshirilmagan.
Oʻzbek va rus tilshunosligiga oid ilmiy adabiyotlarda soʻz yasalish usullari va ularning miqdori turlicha ta'riflanganligini koʻrishimiz mumkin57.
“Oʻzbek onomastikasi terminlarining izohli lug‘ati” da onomastik soʻz yasash tushunchasi “yasash yoʻli bilan yangi atoqli otlarni hosil qilishning onomastikaga xoslangan usullari (affiksasiya, kompozisiya, onomastik konversiya va b.)” tarzida izohlanadi58.
Onomastikada ham soʻz yasalishining diaxron va sinxron turlari borligi qayd etilgan59. N.V.Podolskaya nomshunoslikdagi soʻz yasalishi topoonomastik grammatika deb aytilayotganligini ta’kidlaydi60.
Tadqiqotlarda nomlarning yasalishini apellyativlarning yasalishi bilan teng lisoniy qonuniyat deb qarash, shu tariqa apellyativlarga xos soʻz yasash usullari va yoʻriqlarini nomlar tizimiga tatbiq qilish mumkin emasligi ta’kidlansa ham61, onomastikaga doir koʻpgina ishlarda, asosan, onomastik birliklar apellyativ leksikaga xos yasalish qonuniyatlari asosida tahlil qilinganligini va turli kuzatuvlar olib borilganligini koʻrishimiz mumkin. Oʻzbek onomastikasi sohalari boʻyicha olib borilayotgan tadqiqotlarda onomastik birliklar affiksasiya usuli orqali yasalishi aks ettiriladi62. Olib borilgan tadqiqot ishlarining ayrimlarida atoqli ot yasaydigan qoʻshimchalar juda kamligi ta’kidlab oʻtiladi va bu esa yana o’rganishlar, tahlillarni talab etadi.



Download 244.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling