Kirish mavzuning asoslanishi va dolzarbligi


Oʻzbek tilida kosmonimlarning yasalishi va hosil boʻlish xususiyatlari


Download 244.17 Kb.
bet9/30
Sana22.06.2023
Hajmi244.17 Kb.
#1650105
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Bog'liq
SHOIRA DISSERTATION FINAL

2.2. Oʻzbek tilida kosmonimlarning yasalishi va hosil boʻlish xususiyatlari



O‘zbek tili lug‘at tarkibining tez fursatlarda yangi-yangi lug‘aviy birikmalar bilan boyib borayotganligi tilshunoslikning leksikologiya sathida chuqur ilmiy izlanishlar olib borishni taqozo etadi.
Onomastikaning kosmonimiya yo‘nalishi tilshunoslikning osmon jismlari nomlarini o‘rganuvchi sohasidir. Bu soha hali tilshunoslik ilmida yetarli tadqiq etilmagan. Osmon jismlari nomlarining lisoniy xususiyatlarini o‘rganish nafaqat tilshunoslik, balki tarix astronomiya, etnografiya kabi fanlar uchun ham muhim ilmiy maʼlumotlarni olishda katta imkoniyat boʻlishi mumkin.O‘zbek tili kosmonimlarining lisoniy xususiyatini tadqiq etishda ularning leksik qatlamlarini aniqlash ko‘pgina masalalarni aniqlashtirishga yordam beradi.
V.D.Bondaletovning ta’kidlashicha, tarixiy-etimologik nuqtai nazardan tilning lug‘at tarkibi tekshirilganda, eng birinchi tarixan, genetik jihatdan o‘zbek tilining o‘ziniki bo‘lgan kosmonimlar belgilab olinadi. Bunday so‘zlar o‘zbek tilida qadimdan mavjud bo‘lgan turkiy nomlar hisoblanadi. Mazkur so‘zlar o‘zbek tili leksikasining asosiy negizini tashkil etuvchi qadimiy qatlamdir. Keyin o‘zbek tili tarixan qaysi tillar bilan aloqada bo‘lganligiga qarab lug‘at tarkibidan o‘zga, yaʼni chet tillarining elementlari oʻrganib chiqiladi. Shunga koʻra masalan, o‘zbek tilining lug‘at tarkibidan qadimiy uyg‘ur, so‘g‘d, xitoy, arab, mo‘g‘ul, fors tillari va boshqa til elementlarini topish qonuniydir. Bu tillar o‘zbek tili lug‘at tarkibiga turli davrlarda, turli darajada, turli yo‘llar bilan taʼsir etadi. Shunga ko‘ra, o‘zbek tiliga o‘tgan so‘zlarning soni ham turli darajadadir48.
O‘zbek tili kosmonimlarini quyidagi leksik qatlamlarga ajratish mumkin:
I.Umumturkiy qatlamga oid kosmonimlar. Bunday kosmonimlarga ko‘pchilik turkiy tillar uchun umumiy bo‘lishi bilan birga, o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan nomlar ham kiritiladi. Umumturkiy kosmonimlar kelib chiqishiga ko‘ra uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bunday kosmonimlarni O‘rxun-Enasoy bitiklari, “Devonu lug‘otit turk”, “Qutadg‘u bilig”, “Qissai Rabg‘uziy” kabi qadimgi manbalardan tortib hozirgi adabiy tilga oid asarlargacha qo‘llanilganligini kuzatish mumkin.
Isteʼmol doirasini hisobga olgan holda umumturkiy kosmonimlarni tarixiylik jihatdan ikki guruhga bo‘lish mumkin49.
1. Isteʼmoldagi umumturkiy kosmonimlar (faol leksika): Quyosh, Oy, Kun,Yetti qaroqchi, Cho‘lpon, Tong yulduzi, Yer, Baliq, Chayon, Egizaklar, Yoy kabi.
2. Аrxaik kosmonimlar: O‘ngay (Merkuriy), Orzu (Saturn), Yalchiq (Oy), Qo‘zi(Hamal), Bug‘doyboshi (Sunbula, Boshoq), Аyg‘ir (Kichik ot yulduzi), Yildiriq (Sirius yulduzi) kabi. (3-jadval).


Download 244.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling