Kirish mavzuning asoslanishi va dolzarbligi


Download 244.17 Kb.
bet5/30
Sana22.06.2023
Hajmi244.17 Kb.
#1650105
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
SHOIRA DISSERTATION FINAL

1-jadval

Yulduz” leksemasi










Gipronimlari

Sinonimlari

Onomastik qurshov soʻzlari

Sobit

Kavkab

Zuhra

Sayyora

Axtar

Choʻlpon

Shihob

Kavokib

Surayyo

Zuzanob

Najm

Sekantir

Zuzanoba (quyruqli yulduz)

Nujum

Zuhal




Anjum

Saturn




Sitora

Mushtariy







Kurud







Mirrix







Arzu







Atorud

1-jadval. Yulduz leksemasining onomastik qurshovi

Xuddi shunday, “quyoshleksemasining kun, xurshid, xur, oftob, shams, mehir kabi giponimlari, mehri xovar, shahi xovar, olamsoʻz, jahontob kabi birikmali sinonimlari badiiy matnlarda faol qoʻllanadi. “Oy” leksemasining hilol,badr kabi graduonimlari, qamar, moh, mohtob kabi sinonimik qurshov soʻzlari oʻzbek tili lug‘aviy tizimida alohida leksik semantik guruh (LSG)ni tashkil etadi (2-jadval).


2-jadval

Quyosh”

leksemasi

Oy” leksemasi




Giponimlari

Birikmali sinonimlari

Graduonimlari

Sinonimik qurshov soʻzlari

Kun

mehri xovar

Hilol

Qamar

Xurshid

shahi xovar

Badr

Moh

Xur

olamsoʻz




mohtob

Oftob

Jahontob







Shams












2-jadval. Quyosh, oy leksemalarining onomastik qurshovi

Xalq kosmonimlari, burjlar nomlari (Saturn, Mezon, Jady, Dalv kabi), turkum va yulduzlar (Hulkar, Qutb yulduzi, Temir ustun kabi), sayyora nomlari (Venera, Merkuriy, Yupiter, Mars) obyekt turlari boʻyicha va Somon yoʻli nomlari (Somon yoʻli, Rohi Qahkashon kabi). Bu boʻlimda sayyora nomlari (Uran, Neptun, Pluton kabi), asteroid nomlari (Serera asteroidi, Ulug‘bek asteroidi kabi), kometa nomlari (Galley kometasi, Neuymin kometasi kabi) va selenonimlar (Oy, Badr, Moh, Moht) shu kabilar onomastik birliklardir.



I bob yuzasidan xulosalar




Sharq va g‘arb xalqlari qadim zamonlardanoq har bir osmon jismlari va yulduzlarni muayyan nomlar bilan atab, ular toʻg‘risida xilma-xil asotiriy tasavvurlar va ishonch-e’tiqodlarni yaratganlar va shu bilan birga kosmonomikani rivojlantirishga ham katta hissa qoʻshganlar.
Kishilar oʻzlarining hayot kechirish jarayonida uchraydigan, duch keladigan predmet va obyektlarni bir-biridan farqlashga majbur boʻlgan. Chunki, kishilarning bir-biri bilan aloqasi jarayonida osmon jismlarining nomlari ham huddi ish qurollari va boshqa predmet nomlari singari zarur boʻlgan. Yozuvchi va shoirlarning kosmonimiyada xizmati, ular olimlar yaratgan va ma’lum tizimga solgan nomlarni oʻz asarlarida qoʻllash bilan bu kosmonimlarni xalqqa yanada yaqinlashtirdilar, ularning ilmiy tasavvurini kengaytirishga hissa qoʻshdilar. Koʻrinadiki, oʻzbek kosmonimiyasi tizimining tarixiy-tadrijiy taraqqiyoti davomida tilning egasi boʻlmish xalq astronomiyaga oid ilmiy manbalar orqali, noastronomik asarlar vositasida juda qadimiy boʻlgan kosmonimlarni oʻz nutqida saqlab keldi va uni hozirgi avlodimizga avaylab yetkazib berdi.







II BOB. OʻZBEK VA INGLIZ TILLARIDA KOSMONIMLARNING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI

2.1. Ingliz tilida kosmonimlarning yasalishi va hosil boʻlish xususiyatlari




O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 noyabr sanasida 2020-2030 yillar davri uchun kosmik tarmog‘ini rivojlantirish konseptsiyasining loyihasi muhokama uchun e’lon qilinishi ota-bobolarimiz, xususan, buyuk o‘zbek astronomi Mirzo Ulug‘bek bobomiz qilgan ishlarining uzviy davomi deb atasak aslo adashmaymiz. O‘zbekiston Respublikasi 2020-2030 yillar davri uchun kosmik tarmog‘ini rivojlantirish konseptsiyasini amalgam oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanishi45 ushbu ilmiy izlanishning asosli va maqsadli ekanini anglatib, shu bilan birga, fazoviy obyektlar nomlarining leksik va semantik xususiyatlarini ingliz, rus va o‘zbek tillari tarkibida o‘rganishga, yulduzlar nomining leksik-semantik xususiyatlariga oid yangiliklar, tahlil natijalari, shuningdek kosmik obyektlarning lingvistik holati, fazoda joylashgan kosmonimlarning onomastik muammosi to‘g‘risida turli xil fikrlarni ilgari surish va muhokamaga qo‘yish davr talabi ekani o’z isbotini topdi.
Amaliy Onomastika xorijiy tillarga oid nomlarning transkripsiyasi va transliteratsiyasi, tarjima qilinadigan va qilinmaydigan nomlarni aniqlash, xorijiy tillardan oʻzlashgan nomlardan yangi soʻzlar hosil qilish bilan, nom berish va nomlarni oʻzgartirish masalalari bilan shug‘ullanadi. Ingliz va oʻzbek tillarida kosmonimlarning kelib chiqishida turli xil qiyosiy oʻzgarishlar va bir biri bilan bog‘liq boʻlgan jihatlari ham bor. Quyida ularga misollar keltirib oʻtaman. Ingliz va oʻzbek kosmonimlari misolida koʻrib chiqamiz.

Download 244.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling