Kirish mavzuning asoslanishi va dolzarbligi
Onomastik sathda kosmonimlar va ularga yondosh birliklar
Download 244.17 Kb.
|
SHOIRA DISSERTATION FINAL
Onomastik sathda kosmonimlar va ularga yondosh birliklarKoinot jismlari qanday shaklda va koʻrinishda boʻlmasin, ularning nomlari baribir soʻz shaklida boʻlganligi uchun til materiali boʻlib, ularni lingvistik jihatdan oʻrganish lozim. Samoviy jism nomlari tilshunoslikning atoqli otlar haqidagi fani – onomastika boʻlimida oʻrganiladi. Onomastikaning bu qismi astronomika yoki kosmonimika deb nomlanadi. Onomastika (yun. onomastike — nomlash, nom qoʻyish sanʼati) – tilshunoslikning har qanday atoqli nomlarni, ularning paydo boʻlish va oʻzgarish tarixini oʻrganuvchi boʻlimi, shuningdek, barcha atoqli nomlar yigʻindisi hisoblanadi.Ayrim tadqiqotlarda “Onomastika” termini antroponimika maʼnosida ham qoʻllanib kelingan. Mavjud onomastik tizimlarni aniqlash va oʻrganishni maqsad qilib qoʻyadi. Onomastika atoqli nomlarni olgan obyektlarning toifalariga muvofiq quyidagi boʻlimlardan iborat: - antroponimika — kishilarning atoqli nomlarini; toponimika — geografik obyektlarning atoqli nomlarini; teonimika — turli diniy tasavvurlar boʻyicha xudolar, maʼbudlar, diniy-afsonaviy shaxs va mavjudotlarning nomlarini; zoonimika — hayvonlarga qoʻyilgan (shartli) atoqli nomlarni; kosmonimika — fazoviy boʻshliq hududlari, galaktikalar, burjlar va boshqalarlarning ilmiy muomalada va xalq orasida tarqalgan nomlarini; - astronimika — ayrim osmon jismlari (planeta va yulduzlar)ning nomlarini oʻrganadi. Onomastikaning yuqorida keltirib oʻtilganlardan tashqari yana bir qancha boʻlimlari bor. Onomastika atoqli nomlarni realionimlar (avval yoki hozir mavjud boʻlgan obyektlarning nomlari) va mifonimlar (xayoliy-toʻqima obyektlarning nomlari)ga boʻladi. Atoqli nomlarning lisoniy xususiyatlariga qarab, bu soha adabiy va dialektal, odatdagi (amaliy) va poetik, zamonaviy va tarixiy, nazariy va amaliy turlarga boʻlinadi. Nazariy onomastika til va nutqdagi, adabiy va dialektal sohalardagi atoqli nomlarning paydo boʻlishi, nominatsiya (nomlash) asoslari, rivojlanishi, shu jarayondagi turli xil oʻzgarishlari, nutqda qoʻllanishi, muayyan hudud va tillarda tarqalishi hamda tarkibiy tuzilishini oʻrganadi. Badiiy matnlardagi atoqli nomlarni tadqiq etish alohida muammo hisoblanadi. Onomastika, shu bilan bir qatorda, tilshunoslikning qiyosiy-tarixiy, struktur, genetik, areal, onomastik xaritalashtirish va boshqa usullarini qoʻllagan holda, atoqli nomlarning fonetik, morfologik, soʻz yasalishi, semantik, etimologik va boshqa jihatlarini oʻrganadi. Onomastika tarix, arxeologiya, geneologiya, geraldika, matnshunoslik, adabiyotshunoslik, geografiya, astronomiya, geologiya, demografiya kabi fanlar bilan oʻzaro aloqador hisoblanadi.Tabiatshunoslik va filologik bilimlar oʻrtasida lingvistik turkumlash orqali namoyon boʻladigan bog‘liqlik mavjud boʻlib, tabiatshunoslik bilimlari ona tilida soʻzlashuvchilar ongida muayyan fanning terminologik tizimining elementlari boʻlgan lingvistik birliklar orqali tasniflanadi. Ayrim atamalarning yaratilishi J.Lakoff nazariyasiga muvofiq bilishning metaforik modeliga asoslanadi. Ishlab chiqilgan terminologik tizimda keng qamrovli tabiatshunoslik bilimlari turkumlanganligi, bu “quyosh”/”oy” leksik birliklariga berilgan tushunchalar doirasini kengaytirganligidir. Shunday qilib, tabiatshunoslik va filologik bilimlar oʻrtasida lingvistik turkumlash orqali namoyon boʻladigan bog‘liqlik mavjudligini koʻrsatdik. Tabiatshunoslik bilimlari ona tilida soʻzlashuvchilar ongida muayyan fanning terminologik tizimining elementlari boʻlgan lingvistik birliklar orqali tasniflanadi. Oʻzbek tilining onomastik tizimi mazmunga boy,serqirra va biri bilan uzviy aloqada boʻlgan lisoniy hodisa hisoblanadi. “Tilning leksik boyligi konkret lug‘aviy biriklar (leksemalar)”dan iborat boʻlganidan,tilning onomastik fondini onomastik leksika doirasida mujassamlashuvchi konkret atoqliotlar tashkil qiladi. Ushbu konkret nomlar onomastikadatil birliklar”, “leksik biriklar”, “nutq birliklari” deb yuritiluvchi terminlarga oʻxshatma tarzida “onomastik birliklar” deb yuritilmoqda. Onomastik birlik deyilganda, aslida konkret atoqli ot nazarda tutiladi. Ozarbayjon tilshunosi Gurbanov ham shu fikrni yozadi:“onomastik birlik onomastika doirasida umuman atoqli ot tushunchasini anglatadi”. Onomastik birliklarni belgilash, ularni tadqiq qilish darajasi turli tillar tilshunosligida turlichadir. Atoqli otlar bir tur, bir guruhga mansub narsalardan bittasini ajratib olgan holda nomlanadi. Bunda ajratib olinayotgan narsa yoki obyektning unga nom berayotgan kishilar hayotiy ehtiyojlar uchun muhimligi, oʻsha obyektlarni boshqalarga nisbatan qandaydir farqli xususiyatlar-ga egaligi muhim rol oʻynaydi. Atoqli otlar narsa va hodisalarni, obyektlarni yangilab, donalab atash zaruriyati tufayli yuzaga keladi. Demak, narsa va hodisalarni yangilab, donalab atoqli ot berib nomlash oʻziga xos ehtiyojlar, qonuniyat natijasidir. Atoqli otlar til lug‘at sistemasida oʻz oʻrniga ega boʻlib, katta bir guruh soʻzlarni oʻz ichiga oladi. Atoqli otlar fanda onomastik birliklar tizimida oʻrganiladi. Onomostika – grekcha soʻz boʻlib, nom qoʻyish san’ati demakdir. Bu atama tilshunoslikda ikki ma’noda ishlatiladi: 1.Tilshunoslikning atoqli otlarni oʻrganuvchi boʻlimi. 2.Atoqli otlar majmuasi. Atoqli otlarga nimalar kiradi, ularning yaratilishi va tarixi qanday? Inson uchun, umuman koʻllardan alohida koʻllarni, dengizlardan alohida dengizlarni, shaharlardan alohida shaharlarni,odamlardan alohida odamlarni farqlash hayotiy ehtiyoj tufayli paydo boʻlgan.Bunday ehtiyojlarni qondirish uchun kishilar bir turkumga kiruvchi predmet va hodisalarni ayrimlarini alohida, yakka yakka ajratib olganlar va uni maxsus nom berish orqali ataganlar. Jumladan, koʻllarni yakkama yakka holatda Baykal, Ladoga, Balxash; dengizlarni Oʻrtayer,Orol, Kaspiy, Qora dengiz, Filippin; shaharlarni Buxoro, Surxandaryo, Toshkent va boshqa toponimlarning nomlanishi ham yakka shaxslarning ismi ham shunday yuzaga kelgan. Tilda atoqli otlarning yig‘indisi mazkur tilning nomlar boyligini tashkil qiladi. Tilning onomastik fondidagi atoqli otlar oʻzi atayotgan predmet yoki obyektning xususiyatiga koʻra farqlanadi. Ular turli tuman jonsiz predmetlarning yoki insonlarning atoqli otlari boʻlishi mumkin. Boshqacha aytganda, atoqli otlar ham “sistemalarning sistemasi”dir. Ya’ni uning oʻzi alohida bir butun sistemani tashkil qilib, ayni zamonda bir necha sistemalarga boʻlinadi: 1. Antroponimlar (kishi nomlari) 2. Toponimlar (joy nomlari) 3. Zoonimlar (hayvon nomlari) 4. Fitonimlar (oʻsimlik nomlari) 5. Teonimlar (diniy nomlar) 6. Astroponimlar (koinot nomlari) 7. Dokumentonimlar (hujjat nomlari) 8. Xronimlar (tarixiy hodisa nomlari). Qayd qilingan atoqli otlarning har biri oʻziga xos tizimiy munosabatlarga ega boʻlib, bu munosabat ularning ichki boʻlinishlarida namoyon boʻladi. Ma’lumki, har bir onimik leksema ma’lum bir ma’noni beradi, ya’ni leksema joy yoki shaxs haqida xabar yetkazishi mumkin. Bu xabar esa, maxsus onomastik vazifani bajaradi va uslubiy hamda estetik ahamiyatga ega boʻladi. Boshqacha aytganda, bir onomastik leksema bir sohada emas, balki bir necha sohada ham ma’lum bir xabarni tashishi mumkin. Shaklan bir xil, mazmuni har xil boʻlgan onimlar, onomastikada omonimiyani vujudga keltiradi: Onomasionimlarda sinonimiya hodisasi mavjud emas. Ularda koʻp nomlilik (polinomiya) mavjud: Jayxun-Amudaryo, Avitsena-Ibn Sino kabi. Yuqorida qayd qilinganidek, tilimizda atoqli otlarning koʻrinishlari xilma-xil va salmog‘i katta. Kosmonimlarga mansub birgina “yulduz” leksemasining sobit, sayyora, shihob, zuzanob, zuzanoba (quyruqli yulduz) kabi giponimlari, kavkab, axtar, kavokib, najm, nujum, anjum, sitora kabi sinonimlari, Zuhra, Choʻlpon, Surayyo, Sekantir, Zuhal, Saturn, Mushtariy, Kurud, Mirrix, Arzu, Atorud kabi onomastik qurshov soʻzlari mavjud boʻlib bu quyidagi jadvalda ham keltirilgan (1-jadval). Download 244.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling