Kirish mavzuning asoslanishi va dolzarbligi


Taqdiqotning maqsadi va vazifalari


Download 244.17 Kb.
bet2/30
Sana22.06.2023
Hajmi244.17 Kb.
#1650105
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
SHOIRA DISSERTATION FINAL

Taqdiqotning maqsadi va vazifalari: Ingliz va oʻzbek tillarida kosmonimlar hosil boʻlishining lingvokulturologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
Tadqiqotning kutilayotgan ilmiy yangiligi:
1.O’zbek va ingliz tillaridagi kosmonimlar hosil boʻlishining lingvokulturologik xususiyatlari magistrlik dissertatsiyasi darajasida oʻrganiladi.
2.O’zbek va ingliz tillarida kosmonimlar hosil boʻlishining lingvokulturologik xususiyatlari lingvokulturologik muammo ekanligi asoslanadi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari:
Oʻzbek va ingliz tillaridagi kosmonimlar hosil boʻlishining chog‘ishtirma tadqiqini amalga oshirishdan iborat.
Tadqiqot mavzusi boʻyicha adabiyotlar sharhi (tahlili):
Ushbu tadqiqot ishida A.Primov2, A.Xojiyev3, Rut.M.E4, Superanskaya A.V5, E.Begmatov, N.Uluqov6 kabi tilshunos olimlarning mavzu doirasida bildirgan fikrlariga tayanildi.
Tadqiqot metodlari: nazariy metodlar – muammoni nazariy manbalardagi tahlili, chog‘ishtirish, lingvokulturologik xususiyatlarini aniqlash, statistik ma’lumotlarni tahlil qilish.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati:
Tadqiqot natijalari sohaga doir muhim boʻlgan ilmiy-nazariy koʻnikmalar berish bilan birga tilshunoslikning bir qator boʻlimlari: leksikologiya, toponimika, lingvokulturologiya fanlarida oʻquv fanlari uchun oʻquv qoʻllanma, darsliklar yaratilishiga xizmat qilishi dalillangan.
Ishning tuzilishi: magistrlik disseratsiyasi kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.


I BOB. TIL ONOMASTIK SATHIDA KOSMONIMLAR

    1. Tilshunoslikda kosmonimlarning oʻrganilishi



Markaziy Osiyo va Yevropa xalqlarining qadim ajdodlari juda olis zamonlardayoq osmondagi sayyoralar hamda yulduzlarning joylashuvi, samo gumbazidagi harakat yoʻnalishini kuzatishga asoslangan astrologik tajribalarga ega boʻlishgan. Koʻpgina manbalarda ajdodlarimiz qadim zamonlardan buyon yulduzlar holatiga qarab ob-havo oʻzgarishlari, yil fasllarining almashinishini aniqlaganliklarini isbotlaydigan koʻplab ma’lumotlar uchraydi. Oʻzbеk tili yozma yodgorliklarga boy til boʻlib, tarixiy taraqqiyotining turli davrlarida yaratilgan yozma manbalarda kosmonimlarga doir matеriallar ham juda koʻp. Bir guruh oʻzbеk nomshunoslari ta’kidlaganlaridеk: “…oʻzbеk tili tarixida mavjud boʻlgan va koʻplab tarixiy yozma yodgorliklar hamda tarixiy asarlar tilida saqlanib turgan son-sanoqsiz atoqli otlar, ularning paydo boʻlishi, yasalishi va shakllanishi, ma’no va vazifaviy xususiyatlari, boshqa xil lisoniy hamda tarixiy-madaniy, ma’rifiy tomonlari fan uchun qorong‘uligicha qolmoqda”7. Bu fikr oʻzbеk tili kosmonimlari uchun ham ta’lluqlidir. Kosmik tadqiqotlarning rivojlanishi natijasida yuzlab kosmik obyеktlar nomi paydo boʻldi. Bu nomlar qaysi tilga mansub boʻlishiga qaramay, oʻzbеk tili lеksikasidan mustahkam joy olib, hozirgi oʻzbеk adabiy tilida qoʻllanilib kelinmoqda. Bizga ma’lumki, kosmonim (yunoncha xocmos – kosmos, olam, koinot + onoma – atoqli ot) – kosmik fazoda joylashgan samoviy obyektlarning atoqli oti, onomastik koʻlam tiplaridan biridir8.
Kosmonimlar – olam, koinot obyektlari, oy, quyosh va boshqa fazoviy jismlar nomlari boʻlib, ularning jamul jami kosmonimiya, tadqiq etuvchi soha nomi esa kosmonimika deb ataladi. Masalan: Qalqon, Katta Ayiq, Quyosh, Sekstant, Janubiy baliq, Shimoliy toj, Oq yulduz, Qizil yulduz (Mirrix) kabilardir.
Kosmonimlar haqida birinchi ma’lumotlarni “Avesto”da uchratishimiz mumkin. “Avesto” kosmonomiyasi Oʻrta sharq mintaqasi xalqlari, shu jumladan oʻzbek xalqining koinot, osmon jismlari nomlari tizimida hanuz amal qilib kelmoqda. Lekin ularning koʻpi jiddiy fonetik oʻzgarishlarga uchragan9. “Avesto” kosmonomiyasida osmon jismlariga nisbatan alohida ishonch, e’tiqod, ularni ilohiylashtirish g‘oyalari aks etgan. Kitobda jami 21 yasht boʻlib, bu yashtlardan bir nechtasi osmon jismlariga alqovlangan. Bu holatni “Avesto”ning “Yasht’’ (alqov)laridan bir nechasi osmon jismlari sha’niga, ularni ma’budlashtirish shaklida aytilgani isbotlaydi: Xurshid alqovi, tiyr (Tishtriya) alqovi, Vanant (Antares yulduzi) sha’niga alqov va boshqalar. “Avesto”da Tishtriya, Vanant yulduzlarini namlik, suvlar, yog‘ingarchilik kabi hayot omillari deb qarashgan.

Download 244.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling