Kirish mavzuning asoslanishi va dolzarbligi
Isteʼmoldagi umumturkiy kosmonimlar
Download 244.17 Kb.
|
SHOIRA DISSERTATION FINAL
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-jadval 3-jadval. Isteʼmoldagi umumturkiy va аrxaik kosmonimlar II . Fors-tojik tilidan o‘zlashgan komonimlar
- Fors-tojik tilidan o‘zlashgan komonimlar
- IV. Аrab tilidan o‘zlashgan kosmonimlar
- O‘zgarishsiz o‘zicha qabul qilingan nomlar
3-jadval 3-jadval. Isteʼmoldagi umumturkiy va аrxaik kosmonimlar II. Fors-tojik tilidan o‘zlashgan komonimlar: Kayvon (Yupiter), Xurmuz(Merkuriy), Bahrom (Mars), Xurshid // Oftob (Quyosh) kabi (4-jadval). 4-jadval
III.Qadimgi Xorazmiy tiliga oid kosmonimlar: Mehr//Xur (Quyosh), Nohid(Venera), Gov (Savr burji), Tarozi (Mezon burji) kabilar. Bu qatlamga oid kosmonimlar “Аvesto” mifologiyasi asosida shakllangan bo‘lib, baʼzilari hozirgi tilimizda faol qo‘llanilsa, ayrimlari arxaizmlarga aylanib qolgan50. IV. Аrab tilidan o‘zlashgan kosmonimlar. O‘zbek tilidagi samoviy jism nomlarining ko‘pchiligini arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar tashkil etadi. Buni vatanimiz bir qancha vaqt arablar tasarrufida bo‘lganligi, shuning taʼsirida o‘rta asrlarda ilmiy til arab tili bo‘lganligi kabi omillar bilan izohlash mumkin. Tilimizdagi Hulkar, Surayyo, Zuhal, Mushtariy, Mirrix, Shams, Zuhra, Qamar, Hilol, Hamal, Savr, Javzo, Saraton, Аsad, Sunbula, Mezon, Аqrab, Qavs, Jady, Dalv, Hut kabi kosmonimlar arab tilidan o‘zlashgan. V.Rus tili va u orqali o‘zlashgan kosmonimlar. XXI asrda astronomiya fanining yuksak taraqqiy etishi jahon xalqlarida yulduzlarning fanga oid, yaʼni lotincha nomlarini qabul qilish anʼanasiga olib keladi. Shunday qilib, tilimizda rus tili va u orqali boshqa Yevropa tillaridan o‘zlashgan kosmonimlar asta sekin paydo bo‘la boshlagan. Ularni ikkiga ajratish mumkin: 1.O‘zgarishsiz o‘zicha qabul qilingan nomlar: Yupiter, Merkuriy, Saturn, Sekstant, Mars, Lira va boshqalar. 2. Kalkalashtirilgan nomlar: Ho‘kizboqar (Телец). Katta Аyiq (большой медведь). Oltin baliq (золотая рыбка), Oqqush (лебедь), Yelkan (парусь), Kichik Аyiq (Малая медведица), Veronika sochlari (волосы вероники) kabilar kiradi51. O‘zbek tili kosmonimlarining tarixiy-etimologik jihatdan o‘rganib, bu haqida quyidagicha xulosalar qilish mumkin: 1.Insoniyat sivilizatsiyasining dastlabki bosqichlarida jahondagi barcha xalqlarning koinot haqidagi tasavvurlari bir xil yoki o‘xshash bo‘lganligidan, kal’kalashtirilganda bir xil maʼno beruvchi kosmonimlar kelib chiqqanini koʻrishimiz mumkin. 2. Tilimizdagi ruscha-baynalmilal kosmonimlarning rus tiliga qarashli bo‘lmasdan, bu tilga ular arab, lotin yunon kabi tillardan kalьkalashtirilib olinganligini koʻrsatadi. Lekin rus tili bunday kosmonimlarni tilimizga kirib kelishiga sezilarli taʼsir ko‘rsatgan. 3. Hozir o‘zbek adabiy tilida o‘z qatlamga oid kosmonimlar bilan birga o‘zlashma qatlamga oid kosmonimlar ham faol qo‘llanilib, o‘zining leksik-semantik va stilistik jihatlari farqlanib turadi. Kosmonimlarning lug‘aviy qatlamlari tadqiqi ularning etimologiyasini aniqlashga, tillar orasidagi o‘zaro munosabatlarni, jahon xalqlari dunyoqarashidagi mushtarakliklarni belgilash uchun hissa qoʻshadi. Hozirgi paytda koinot jismlari nomlari oʻz xarakterini oʻzgartirib, memorial, xotira koʻrinishini aks ettira boshladi. Kosmonimlar tizimi taraqqiyotining ilk bosqichlarida insonlar osmon jismining biror xarakterli belgilariga qarab nom bilan ataganlar. Samo jismlarini nomlashda metafora va metonimiya usullaridan keng foydalanishgan. Insoniyat taraqqiyotining keyingi davrlarida osmon jismlarini nomlash ularning belgi-xususiyatlari orqali emas, ya’ni kishilarning g‘oyaviy qarashlari, orzu-istaklari asosida amalga oshirilganligiga asos Neokosmonimlardir. Neokosmonimlarning hosil boʻlishi metafora yoki metonimiyaga asoslangan boʻlishi ham, boʻlmasligi ham mumkinligini Aristotel, Platon, Kopernik deb nomlangan Oy krateri nomlari misolida koʻrishimiz mumkin.Bu oy kraterlariga shu ismli mashhur olimlar ism sharifi bilan nomlangan. Ammo bu kraterlarning biron belgi-xususiyati unga nomi qoʻyilgan insonlarga oʻxshamaydi.Bu nom XX asrda paydo boʻlganligi tufayli kraterning borligini sharafiga qoʻyilgan olimlar bilishmaydi, Katta Ayiq, Tulki, Kaltakesak, Qalqon, Sekstant kabi yulduz turkumlarining nomlari ham shunday jihatga ega. Biz bilamizki, metafora usulida bir predmetning nomini ikkinchi predmet olsa, metonimiyada aloqadorlik orqali shunday jarayon yuz beradi. Yuqorida koʻrsatib oʻtgan misollardan ma’lum boladiki, kosmonim hosil boʻlishiga asos boʻlgan soʻz anglatgan narsa-hodisa, tushuncha bilan kosmonimni qabul qilgan obyekt oʻrtasida oʻxshashlik ham, bog‘liqlik ham yoʻq. Bu jarayonda nom beruvchi shaxsning subyektiv qarashi asosiy rol oʻynagan52. Oʻzbek tili kosmonimlarining nomlanish qonuniyatlarini tadqiq qilish jarayonida ayrim kosmonimlarning vujudga kelishida transpozitsiyaning ikki xil koʻrinishini koʻrishimiz mumkin53. 1.Kosmonimlarni hosil boʻlishida kosmonim boʻlmagan soʻzlarning kosmonimlarga aylanish transpozitsiyasi boʻlib, u quyidagi guruhlarga bolinadi. Download 244.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling