Kirish mavzuning asoslanishi va dolzarbligi


Download 244.17 Kb.
bet18/30
Sana22.06.2023
Hajmi244.17 Kb.
#1650105
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
Bog'liq
SHOIRA DISSERTATION FINAL









II bob yuzasidan xulosalar



1.Xorijiy tillarga mansub nomlarning transkripsiyasi va transliteratsiyasi, anʼanaviy (talaffuz va yozilishiga koʻra), tarjima qilinadigan va qilinmaydigan nomlarni aniqlash, «begona» nomlarni oʻz tilida qanday yozish boʻyicha yoʻriqnomalar tayyorlash, xorijiy tillardan oʻzlashgan nomlardan yangi soʻzlar hosil qilish bilan, nom berish va nomlarni oʻzgartirish masalalari bilan shug‘ullanadi. Ingliz va oʻzbek tillarida kosmonimlarning kelib chiqishida turli xil qiyosiy oʻzgarishlar va bir biri bilan bog‘liq boʻlgan jihatlari ham bor.
2.Oʻzbek tilida kosmonimlarning yasalishi va hosil boʻlishida ularning leksik qatlamlarini aniqlash ko‘pgina masalalarni aniqlashtirishga yordam beradi. Odamlar tomonidan berilgan nomlar nafaqat jahon madaniyati, balki oʻz xalqi madaniyatining izlarini ham oʻz ichiga oladi.
3.Zamonaviy ingliz va oʻzbek tillarida kosmonimlarning (samoviy jismlarning nomlari) tarkibiy va semantik xususiyatlarini oʻrganishda kosmonimlarning nominativ, leksik-semantik, struktura-grammatik xususiyatlarini tahlil qilish natijalari, shuningdek, kosmik obyektlarni nomlash jarayoniga ekstralingvistik omillarning ta’siri yoritilgan.

III BOB. OʻZBEK VA INGLIZ TILLARIDA KOSMONIMLAR HOSIL BOʻLISHINING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI

3.1. O’zbek tili va ingliz tillarida kosmonimlar hosil boʻlishining motivlangan va motivlanmagan asoslari




Motiv lotincha motivus so‘zidan olingan bo‘lib, tilshunoslikda, xususan, onomastikada biror narsa, hodisa yoki obyektni nomlash uchun sabab, asos bo‘lgan belgi-xususiyatni anglatadi82. Kosmonimlarning atalish motivlariga ko‘ra guruhlanishi eng zarur tasniflardan hisoblanadi. Chunki bunda kosmonimlarni lug‘aviy- maʼnoviy jihatdan tasniflash bo‘yicha aytilgan fikrlar eʼtiborga olingan holda to‘plangan materiallar ilmiy tahlil qilinadi. Hozirda shaxslar turmushida osmon jismiga qarab mo‘ljal olish, ob-havoni bilish zaruriyati ancha kamaygan. Bu esa bizning davrimizga kelib ko‘plab qadimgi kosmonimlarning unutilishiga sabab boʻldi.
O‘tmishda osmon jismlari inson hayotining ajralmas qismiga aylangan va kishilar har bir kosmik obyektning xususiyatlari haqida yaxshi ma’lumotga ega boʻlgan va bu haqdagi bilimlarni keyingi avlodlarga qoldirganlar. Yangi optik qurilmalar yordamida turli xil yangi kosmik obyektlarning kashf qilinishi bilan osmon jismlarining ko‘plab yangi nomlari yuzaga keltira boshladi. Kishilar o‘zlarining hayot kechirish jarayonida uchraydigan, duch keladigan predmet va obyektlarni bir-biridan farqlashga majbur bo‘lgan. Chunki kishilarning bir-biri bilan aloqasi jarayonida osmon jismlarining nomlari ham xuddi ish qurollari va boshqa predmet nomlari singari zarur bo‘lgan. Bu esa, o‘z navbatida, osmon jismlari nomlarining yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. O‘zbek kosmonimiyasi tizimida atalish motivlarining norasmiy hamda rasmiy kabi ko‘rinishlari mavjud. Nomlanish jarayonida tajriba, inson psixologiyasi, shaxs va jamiyatning roli, tashqi sharoit, nom berish hamda til tizimi, tillarning o‘zaro taʼsiri, bizni o‘rab turgan tevarak-atrof asosida fikrlash u yoki bu darajada namoyon bo‘lib turadi. Osmon jismlarining joylashishi, katta-kichikligi, shakli, yorug‘ligi, samoda hosil qilgan proektsiyasi kabi farqlovchi belgilari ularni nomlash uchun asos bo‘lgan. Chunki har qanday nomlash jarayoni o‘xshatuvchi va farqlovchi tomonlarning munosabatidan iborat83. Nomlanayotgan kosmik obyektning o‘ziga xos xususiyatlarini anglagan holda nom berish turli davrlarda turlicha ko‘rinish kasb etgan bo‘lib, u asosan mazkur obyektni nomlagan kishilarning urf-odati, dunyoqarashi, tili, ruhiyati, turmush tarzi, maʼnaviy dunyosi, ijtimoiy qarashlari va, umuman, jamiyatning taraqqiyot darajasi kabi qator ijtimoiy omillar bilan bog‘liq tarzda maydonga keladi. Har bir tilga xos bo‘lgan nomlanish tamoyillari va nomlash anʼanalari kosmonimlarning vujudga kelishida ishtirok etadi. Osmon jismining turli xususiyatlarini aks ettiruvchi so‘zlar kosmonimga aylanadi. Osmon jismlarini nomlash uchun asos bo‘ladigan belgilar xilma-xildir. O‘zbek tili kosmonimlarining atalish motivlari asosan osmon jismining fizik xususiyatlari, jumladan, rang-tusi, yorug‘ligi, katta-kichikligi kabilar yoki osmon jismini har xil predmetlar bilan qiyoslash kabi belgilar bilan chambarchas bog‘liqdir. Masalan, Аjdar, Uchburchak kabi yulduz turkumlarini nomlashda ularning ayrim belgilarini boshqa narsa-buyumlar bilan taqqoslash asos qilib olingan. Bunday kosmonimlar tilimizning eng qadimgi taraqqiyot davrlari mahsuli bo‘lib, ko‘pchilik turkiy tillarda turli fonetik shakllarda qo‘llanadi. Qadimiy va zamonaviy yozma manbalardagi nomlarni xalq tilidagi nomlar bilan qiyoslash, ularning atalish motivlarini tadqiq qilish asosida har bir samoviy jism nomining lisoniy qirralari namoyon bo‘ladi.
O‘zbek tili kosmonimlarini atalish motivlariga ko‘ra norasmiy motivli va rasmiy motivli kabi turlarga ajratish mumkin.
1.Norasmiy motivli kosmonimlar. Bizga ma’lumki, insonlar hali teleskop kashf qilinmagan vaqtlarda qurollanmagan koʻz orqali koʻrish mumkin boʻlgan osmon jismlarini oʻz dunyoqarashlari, turmush tarzi, orzu-oʻylari kabi omillar asosida nomlashgan, idrok qilishgan. Kosmik obyektlarning turli xususiyatlari (shakli, joylashgan oʻrni, samodagi harakati, miqdori, hajmi, rangi, osmonda paydo boʻlish davri, paydo boʻlish davrining yerdagi biror voqea-hodisaga toʻg‘ri kelishi) asosida turli xalqlar, etnik guruhlar tomonidan hosil qilingan kosmonimlar norasmiy motivli kosmonimlarni tashkil qiladi. Norasmiy motivli kosmonimlarning bu tushunchaga qarshi qoʻyilayotgan rasmiy motivli kosmonimlardan farqi quyidagi jihatlarda namoyon boʻladi:
rasmiy motivli kosmonimlar inson koʻzi ilg‘amaydigan kosmik obyekt nomlarini ifodalasa, norasmiy motivli kosmonimlar oddiy koʻz bilan koʻrish mumkin boʻlgan osmon jismlarining nomlaridir;
–norasmiy motivli kosmonimlar doim kosmik obyektning biror belgi-xususiyatiga asoslangan holda hosil boʻladi, rasmiy motivli kosmonimlar belgi-xususiyat asosida hosil boʻlishi ham mumkin, boʻlmasligi ham mumkin;
–norasmiy motivli kosmonimlar xalq vakillari, xalqning turli etnik guruhlari tomonidan hosil qilinib, umumiylik kasb etsa, rasmiy motivli kosmonimlar yakka shaxs, shaxslar yoki astronomik tashkilotlar tomonidan nomlanadi;
–antroponim va toponimlar asosida hosil qilingan kosmonimlar norasmiy motivli kosmonimlar orasida kam. Rasmiy motivli kosmonimlarning koʻpchilik qismini antropokosmonim va topokosmonimlar tashkil qiladi;
–xalq kosmonimlari motivlanmagan asosida, neokosmonimlar esa motivlangan asos orqali hosil boʻladi.
motivlanmagan kosmonimlar ham, mavzu doirasidan kelib chiqqan holda quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin.

Download 244.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling