Kirish mavzuning asoslanishi va dolzarbligi


Osmon jismining fizik belgilari asosida atalgan kosmonimlar


Download 244.17 Kb.
bet19/30
Sana22.06.2023
Hajmi244.17 Kb.
#1650105
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30
Bog'liq
SHOIRA DISSERTATION FINAL

Osmon jismining fizik belgilari asosida atalgan kosmonimlar. Kosmonimlarning nomlanishida osmon jismlarining fizik belgilari muhim omillardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, uning rang-tusi, yorug‘ligi, harakati kishilar e'tiborini oʻziga qaratadi. Mazkur nomlash motivi koʻpgina tillarda mushtarak boʻlib, kosmonimlarning koʻpgina tillardagi tarjimasidan bir xil ma’no anglashilishi ham shu qonuniyat bilan bog‘liq. Bunday kosmonimlar umumturkiy xarakterga ega. Rang-tusiga koʻra atalgan osmon jismi nomlari tarkibida koʻpincha oq, qizil kabi rang bildiruvchi soʻzlar uchraydi. Masalan, Qizil yulduz (Mirrix),Yaltiroq yulduz (Sirius) kabi.
Osmon jismining dunyo tomonlariga nisbatan joylashgan oʻrni asosida atalgan kosmonimlar. Bu xildagi kosmonimlar osmon jismining dunyo qutblariga nisbatan osmonning qaysi burchagida joylashganligini koʻrsatish ehtiyojidan kelib chiqadi. Bunday nomlar tarkibida janubiy, shimoliy sifatlari ishtirokida yasalib ularga Janubiy baliq, Janubiy xoch, Shimoliy toj kabilar misol boʻla oladi.
Konfiguratsiyalari mos keladigan predmetlar nomi asosida atalgan kosmonimlar. Kosmonimlarni nomlash asosan ikkita bir xil predmetni qiyoslash, ya’ni osmon jismlarini konfiguratsiyalari mos keladigan narsa- buyumlar bilan solishtirish orqali sodir boʻladi. Shuningdek, bunday holatda nomlanayotgan narsa-buyumning biror belgisi asos qilib olinishi mumkin. Shuningdek, samoda koʻringan shakli tasavvurimizda xayoliy chiziqlar bilan birlashtirilganda, biron predmet, holat yoki geometrik shaklni eslatishi ham mazkur nomlash motivining asosiy xususiyatlaridandir. Bu usul motivlashning eng faol turi boʻlib, unda odam, hayvon, oʻsimlik va narsa-buyumlar yoki ularning biror qismi asos boʻlib xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan mazkur nomlash motivini quyidagi tarzda guruhlashtirish maqsadga muvofiq. Oʻsimlik yoki uning mevasi, biron qismi nomi asosida yuzaga kelgan kosmonimlar - fitokosmonimlar: Sunbula (burj nomi).
Hayvon nomlari asosida yuzaga kelgan kosmonimlar - zookosmonimlar: Asad, Qisqichbaqa, Katta ayiq, Kichik ayiq, Katta it, Kichik it kabi. Zookosmonimlar juda qadimiy nomlar hisoblanadi.

Download 244.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling