Kirish mavzuning asoslanishi va dolzarbligi
Shartli raqam yoki lotin alifbosi harflari asosida atalgan kosmonimlar
Download 244.17 Kb.
|
SHOIRA DISSERTATION FINAL
Shartli raqam yoki lotin alifbosi harflari asosida atalgan kosmonimlar.
Koʻpincha astronomlar osmon jismlarini kashf qilish yoki ularning xususiyatlarini oʻrganish jarayonida raqam yoki harflar vositasida oʻziga xos shartli texnik nomlarni qoʻllaydilar. Chunki osmon jismiga shartli nom berib, uni roʻyxatga kiritish uchun jism orbitasining aniq hisob-kitobi lozim boʻladi, buni esa birdaniga qilib boʻlmaydi. Dastlabki belgilanishlar esa barcha kashfiyotlarga beriladi. Jumladan, 1963 d belgilanishi kometa tartibi boʻyicha toʻrtinchi boʻlib, uning 1963 yili kashf qilinganini ifodalaydi. Bundan soʻng kometaning orbitasi hisoblanadi va uning perigeliydan - Quyoshga eng yaqin nuqtadan oʻtish vaqti aniqlanadi. Bundan soʻng kometaning dastlabki belgilanishi yakuniyga almashtiriladi – harfning oʻrniga yildan soʻng rim raqami paydo boʻladi. Ammo bu raqam kometalarning ochilgan vaqtini emas, perigeliydan oʻtish tartibini belgilaydi. Masalan, 1963 d kometasi yakuniy tarzda 1963 VIII nomini olgan, chunki u 1963 yilda perigeliydan oʻtgan toʻrtinchi emas, sakkizinchi kometa boʻlgan. G.N.Neuymin ochgan 1929 b kometasi esa yakuniy belgilanishda 1929 III nomini oldi. Demak, ikkinchi raqamlanish birinchi raqamlanish bilan hamisha mos kelmaydi. Kometalar va asteroidlar nomlanishida bu holat koʻp kuzatiladi. Umuman, barcha observatoriyalarda oʻrganilayotgan osmon jismlarining turli xil koʻrinishdagi alohida ishchi belgilanishlari mavjud. Koʻpincha bunday nomlar soʻz bilan ifodalangan nomlar bilan almashtirilsa ham, ba'zan raqamli nomlar oʻzgarmasdan qoladi. Kosmonimlarining soʻzli nomlari qatorida ularning tartib raqami ham keltirilishi oʻziga xos raqamli nomlash namunasidir. Bizga ma’lumki, neokosmonimlar atalish motivlariga koʻra turlichadir. Ularning nomlanish xususiyatlari an’anaviy nomlash mezonlaridan farq qilgani bilan, bu jarayonda ham qadimdan shakllangan tamoyillar asos boʻlgani yaqqol sezilib turadi. Narsa va hodisalarni, shuningdek, jonli mavjudotlarni nomlash murakkab jarayon boʻlib, uning nazariy muammolari tilshunoslikda yetarlicha tadqiq qilinmagan. Shu sababli mazkur masalada xilma-xil nuqtai nazarlar bayon qilinmoqda. Umuman, nomlarni (xoh turdosh, xoh atoqli ot boʻlsin), ularning lisoniy va nolisoniy usullarini, soʻzlar asosida yotadigan motivlarni tadqiq qilish tilning koʻpgina sirli tomonlariga oydinlik kiritish uchun omil boʻladi. Mana shu maʼnoda nominatsiyaning umumnazariy masalalariga va nominatsiyaning tiplarini tadqiq qilishga bag‘ishlangan ikkita katta hajmli toʻplamlarning nashr etilishi alohida ahamiyatga egadir. “Языковая номинация” (Общие вопросы) deb nomlangan toʻplamda nominatsiyaning lingvistik mohiyati, nominatsiyaning gnoseologik asoslari, mantiqiy va estetik tomoni, lingvistik nominatsiyaning tipologiyasi, nomlashning semantika va semasiologiya kabi sohalar bilan aloqadorligi nazariy yoʻnalishda tadqiq qilingan86. Ikkinchi toʻplam nominatsiya (nomlash) turlariga bag‘ishlangan boʻlib, ilk (birinchi) nominatsiya, ikkinchi (qayta nomlash), uchinchi tip nominatsiyaning xususiyat va usullarini, nominatsiya va matn, nominatsiya va soʻz munosabati kabi muammolarni oʻrganishga bag‘ishlangan87. Maʼlumki, onomastik tizim birliklari lisoniy material (vosita)dan obyektlarni nomlashda ikkinchi bor foydalanish mahsulidir. Shu sababli qayd qilingan toʻplamlardagi ikkinchi nominatsiya haqidagi fikrlar antroponimik nominatsiyani tadqiq qilishda nazariy asos boʻlishi mumkin. Nominatsiya muayyan asos(motiv)ga tayanadi. Nomlash, qanday nomlash, nom uchun qanday vositani olish, buning nolingvistik va lingvistik asoslari kabilar nom uchun asos boʻlgan motivga bog‘liqdir. Shu sababli turdosh nomlar va atoqli otlarning yuzaga kelishidagi zamin, asos, yaʼni motivni aniqlash, tadqiq qilish nihoyatda muhimdir. Koʻp holda nom uchun asos boʻlgan motiv davr oʻtishi bilan unutiladi, oʻtmishda qoladi yoki chaqaloqni nomlash jarayonida qatnashgan kishilargagina maʼlum boʻladi. Bu hol nomlash uchun asos boʻlgan motivni belgilashni qiyinlashtiradi. Mana shu maʼnoda T.R.Kiyakning «Мотированность лексических единиц”88 tadqiqoti muhim ahamiyatga egadir. Ishda koʻpgina turdosh va atoqli otlarning yuzaga kelishida motivlik rolini oʻynagan hodisalar, istaklar, obyektiv asoslar, subyektiv baholashlar haqida qimmatli kuzatishlar berilgan. Nominatsiyada nom berish uchun sabab boʻluvchi belgi, yaʼni obyekt nomining qanday boʻlishiga zamin hozirlovchi omil motiv, motiv asosida nomlanish motivatsiya deb yuritiladi. Motiv, motivatsiya haqida tilshunoslikda, adabiyotshunoslikda, falsafada, musiqashunoslikda, psixologiyada, pedagogika sohasida koʻp ishlar yozilgan. Bu fanlarning har qaysisi motiv va motivatsiyaning mohiyati va maʼnosiga oʻz nuqtai nazaridan yondashadi va talqin qiladi. «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” da motiv asli lot. modoo – “harakatlantiruvchi” maʼnosini anglatishi va musiqada ohang maʼnosini berishini, psixologiyada esa “inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab boʻluvchi omil” tushunchasini anglatishi yozilgan89 . Q.Turg‘unov «Psixologiya terminlarining ruscha-oʻzbekcha lug‘ati”da90 motiv, motivatsiyani ushbu fan nuqtai nazaridan talqin qilgan. Tilga olingan ensiklopediyada motivatsiya hamda «Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati”da motiv, motivatsiya terminlari izohlangan emas. Ammo A.Hojiyev morfologiya va soʻz yasalishi nuqtai nazaridan kelib chiqib motivlanuvchi soʻz, motivlovchi soʻz terminlarini tilga oladi hamda ularni asoslanuvchi soʻz, asoslovchi soʻz terminlariga havola qiladi. Baʼzi lug‘atlarda motiv termini faqat adabiyotshunoslik va musiqashunoslik nuqtai nazaridan talqin etilgan. Masalan, O.Usmon, R.Doniyorovlar «motiv” – 1. Syujetning tarkibiy qismi, biror sanʼat asarining temasi, mavzusi; 2. Musiqa, kuy, maqom, ohang deb izoh bergan91. Hattoki, «Oʻzbek tilining izohli lug‘ati” tilshunoslar tomonidan tuzilganiga qaramasdan, unda motivatsiya termini izohlanmagan, motiv esa, fran. mots – kuy, ohang ekani aytilib: 1) adabiyot syujetining tarkibiy unsuri, asarning asosiy mazmuni, mavzusi; 2) musiqa, kuyning eng kichik qismi92 deb tushuntirilgan. Motiv va motivatsiya terminining mustaqil birlik sifatida tilshunoslik terminlari lug‘atidan ham joy olmagani tushunmovchilikga sabab boladi. Masalan, O.T.Axmanova nominatsiyani keng izohlagani holda motiv, motivatsiyani lug‘atga kiritmagan, faqat motivatsiya imolitsitnaya birikmasini talqin qilgan: «sodda (boʻlinmas) soʻzlarning tilning boshqa birliklari bilan sistem-assotsiativ munosabatlarining motivlanishidir”93 . Motiv terminini tushuntirishda «Ruscha-oʻzbekcha lug‘at”da (1983) juda toʻg‘ri yoʻl tutilgan. Unda «motiv”ning ikki mustaqil maʼnosi shunday berilgan: Motiv I. 1) sabab, bois; 2) dalil, bahona. Motiv II. 1) tema, motiv, mavzu; 2) motiv, ohang, kuy94. Keltirilgan izohdagi “sabab, bois”, “bahona” deb berilgan maʼnolar onomastik motivlarni kengroq talqin qilishda imkon yaratadi. Tahlillardan korishimiz mumkinki, nominatsiya tilshunoslikning nomlash haqidagi boʻlimi sifatida mavjud. Ammo nominatsiya termini koʻproq tildagi nominatsiya hodisasi sifatida talqin qilinadi. Mana shu maʼnoda ikki tilli va izohli lug‘atlarda, ensiklopediyalarda nominatsiya tushunchasi izohlanganini koʻramiz. Quyida ularning baʼzilariga toʻxtalamiz. «Ruscha-oʻzbekcha lug‘at”da (1983) nominativniy termini «nom (atov) boʻlib xizmat qiluvchi, atovchi, atov”95 deb izohlangan. O.S.Axmanova nominatsiya terminini uch maʼnoda izohlagan: 1) soʻzning atash, nomlash funksiyasi; 2) nomlash, nom berish, yaʼni soʻzning fikr yuritilayotgan referentga mos kelishi; 3) nominativ funksiya, yaʼni soʻz yoki soʻz birikmasining nom boʻlib kelishi96. Akademik A.Hojiyevning talqinicha, nominatsiya (lot. nomitio) – atash, nom qoʻyishdir. Tilda nomlash vazifasini bajaruvchi birliklarni (soʻz, soʻz birikmalari) hosil qilishdir. Nominalizatsiya – nomlanish, nominativ birliklar, yaʼni nomlovchi birliklar lingvistik vositalarning nom boʻlish xususiyati va vazifasi nominatsiya doirasiga kiradi97 . Tarkibida «nominatsiya” termini boʻlgan ruscha terminlarning oʻzbekcha variantlari, toʻg‘rirog‘i, tarjimalari ushbu lug‘atda nomlash vazifasi, nomlovchi birliklar, nomlovchi maʼno, soʻzning nomlash vazifasi birikmalari orqali berilgan98. O.Usmon va R.Doniyorovlar tuzgan ruscha-internatsional soʻzlar lug‘atida, negadir, nominatsiya termini eʼtibordan chetda qolgan99. «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi”da nominatsiya ancha keng izohlangan: «Nominatsiya (lot. nominatuo – nomlash, nom qoʻyish, atash) (tilshunoslikda) – nomlash xususiyatiga ega boʻlgan, yaʼni nolisoniy borliq unsurlariga nom berish va ularni ajratib koʻrsatish, ular haqida tegishli tushunchalarni shakllantirish uchun xizmat qiladigan til birliklari – soʻzlar, soʻz birikmalari, frazeologizmlar va gaplarni hosil qilish. Ayrim olimlar nominatsiya terminini tilshunoslikning nomlash jarayonlari tarkibini oʻrganuvchi boʻlimini bildirish uchun ham qoʻllaydilar”. Qomusda nominatsiya 3 jihatdan farqlanishi aytiladi: 1. Nomlanuvchi obyekt; 2. Nomlovchi obyekt; 3. Tanlab olinadigan til unsurlari100. Qayd qilinishicha, nominatsiya jarayonida tanlab olinadigan belgi nomning ichki shaklini tashkil qiladi. Maqolada nominatsiya ikki xil boʻlishi haqida yoziladi: «Nominatsiyani vazifasi va kelib chiqish jihatidan tekshirish uni azaliy, avvaldan mavjud boʻlgan (yoki hozir tilda tub deb qaraladigan) nominatsiya va yasama (maʼno va soʻz yasalishiga koʻra) nominatsiya deb ikkiga ajratishga asos boʻladi. Avvaldan mavjud boʻlgan yoki birlamchi nominatsiya jarayonlari – hozirgi tillarda juda keng uchraydigan hodisa: tilning nominativ boyligi, asosan, oʻzlashmalar yoki ikkilamchi nominatsiya hisobiga – nominatsiya jarayonida oldindan mavjud boʻlgan birliklarning fonetik shaklidan yangi ifodalanayotgan narsaning nomi sifatida foydalanish hisobiga boyib bormoqda. Birlamchi nominatsiya natijalari muayyan til vakillari tomonidan azaliy, dastlabki nom tarzida idrok qilinadi (masalan, suv, tog‘, ichmoq, qora kabi). Bunday nominatsiyalarning yasama ekanligi faqat etimologik yoki tarixiy tahlil orqaligina aniqlanishi mumkin. Ikkilamchi nominatsiya natijalari esa morfologik tarkibi yoki maʼnosiga koʻra yasama nom sifatida idrok qilinadi. Tilda tasviriy vositalar, perefraza va idiomalarning hosil boʻlishi ikkilamchi nominatsiyaning alohida holatidir”. Odamlar orasida ilmiy kosmonimiya bilan bir qatorda xalq kosmonimiyasi ham keng tarqalgan. Masalan, yetti qaroqchi yulduz haqidagi xalq rivoyatlarini oʻrgangan A.Joʻrayev oʻzbek kosmonavtlarining til xususiyatlarini oʻrganib, qirqqa yaqin maqola yozib, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Bitiruv malakaviy ishning birinchi bobida kosmonavtlarning turlari, shakllanishi va motivlariga koʻra tasnifi koʻrib chiqiladi. Tadqiqotchi oʻzbek kosmosini norasmiy motivlarga (Oq yulduz, Janubiy baliq, Qisqichbaqa) va rasmiy motivlarga (Tereshkova asteroidi, Osiyo asteroidi kabi) ajratadi. Rasmiy asosli kosmonimlar koʻproq astronomiya darsliklari va qoʻllanmalarida uchrab, ular neokosmonimlar deb ataladi. Xalq kosmosining genetik xususiyatlari koʻrib chiqiladi. Tadqiqotda xalq kosmonimlari burjlar nomlari (Saturn, Mezon, Jady, Dalv kabi), turkum va yulduzlar (Hulkar, Qutb yulduzi, Temir ustun kabi), sayyora nomlari (Venera, Merkuriy, Yupiter, Mars) obyekt turlari boʻyicha. Mirrih kabi) va Somon yoʻli nomlari (Somon yoʻli, Rohi Qahkashon kabi). Bu boʻlimda sayyora nomlari (Uran, Neptun, Pluton kabi), asteroid nomlari (Serera asteroidi, Ulug‘bek asteroidi kabi), kometa nomlari (Galley kometasi, Neuymin kometasi kabi) va selenonimlar (Oy,Badr, Moh, Moht) shu kabilar . Ular til tarixi, dialektologiyasi, etnografiyasi, xalq tarixi, xalqlarning ijtimoiy-siyosiy va madaniy munosabatlariga oid muhim ma’lumotlarni xolisona aks ettiruvchi noyob onomastik birliklardir. Download 244.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling