Kirish mavzuning asoslanishi va dolzarbligi
Download 244.17 Kb.
|
SHOIRA DISSERTATION FINAL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoʻshyoyli devoriy kvadrant
Armillyar sfera. Alisher Navoiy yozma merosida qadimda va oʻrta asrlarda falakiyot ilmida keng qoʻllanilgan astronomik jihoz armillyar sfera haqida ma’lumotlar bor. «Armillyar» soʻzi fransuz (armillaire) va lotin (armilla) tillarida – bilaguzuk, xalqa va «sfera» yunon tilida (sphaira) – shar, shar sirti ma’nolarini anglatadi.
Armillyar sfera yoritkichlarning osmon sferasidagi oʻrinlarini aniqdash maqsadida qadim zamonlardan qoʻllanib kelingan. Masalan, qadimgi yunon falakshunoslaridan Gipparx, Eratosfen va Klavdiy Ptolemeylar armillyar sferadan foydalanishgan. Osmon globusi. Alisher Navoiy «Farhod va Shirin»101 dostonida Mirzo Ulug‘bekning astronomik faoliyatiga baho berarkan, quyidagi “Va lek ul ilm sori topti chun dast, Kuzi olinda boʻldi osmon past “– deb bu ikki satrda astronomik jihoz – osmon globusiga ishora qilgan. Astronomiya tarixida “Osmon globusi” tushunchasi oʻziga xos ma’lum tarixga ega. Ta’kidlash joizki, osmonning sferik shaklda koʻrinishi, uning osmon globusi koʻrinishidagi modelini yasash uchun asos boʻlgan va oʻtmishda ular oltin, kumush, bronza, yog‘och, gips kabi materiallardan tayyorlangan. Qadimgi yunon olimi Arximed (mil. avv. 287-212) qoʻl kuchi bilan harakatlanadigan osmon globusi vositasida Quyosh, Oy va sayyoralar harakatini namoyish qilishga muvaffaq boʻlgan. Qoʻshyoyli devoriy kvadrant. (Kvadrant – aylana yoyining toʻrtdan bir boʻlagi) – Alisher Navoiyning nazmiy va nasriy asarlarida qayd qilingan noyob astronomik jihoz. U haqida “Farhod va Shirin” dostonida bunday yozilgan: “Rasadkim bog‘lamish — zebi jahondir, Jahon ichra yana bir osmondir. Bilib bu nav ilmi osmoniy, Ki andin yozdi “Ziji Koʻragoniy”. Bu parchada nafakat rasadxona bunyod etilishi, balki oʻziga xos astronomik jihoz ma’nosi xam anglashiladi. Yoki “Majolis un-nafois” asarida Ulug‘bek haqida: “Hay’at va riyoziyni xoʻb bilur erdi. Andokkim, zij bitdi va rasad bog‘ladi va holo aning ziji oroda shoe’dur” deb ta’kidlanadi. Ushbu misralarda ham kuzatuv jihozi qayd qilinadi. Alisher Navoiy yuqorida e’tibor qaratilgan astronomik jihozdan shunchalik ta’sirlanganki, natija- da oʻzi xam bunday kuzatuv vositasini bunyod etishni hayol qilib, “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida: “Yana chun “Sab’ai sayyora” rasadin zamirim bog‘labtur” misrasi quyidagi ma’noni anglatadi: “Yetti sayyorani” kuzatish maqsadida men xayolan rasadxona bunyod etdim”. Shoir Ulug‘bek rasadxonasiga tashrif buyurganda dastlab koʻrgan bino, ayni paytda ulkan astronomik jihoz ham edi. Gap shundaki, oʻrta asrlarda musurmon sharqida maxsus astronomik funksiyani bajaruvchi jihozlangan bino kashf etildi. Bu bino dioptr-tuynukli boʻlib, u obskura-kamera-qorong‘u xona effekti hosil qilish maqsadida qurilgan. Ulug‘bek rasadxonasining asosiy jihozida ham tuynukdan yoyga tushgan nur qayd qilingan, ham qoʻshyoy orasida turib samo yoritqichlarini kuzatish mumkin boʻlgan102. Yuqorida bayon qilinganlar asosida shuni ta’kidlash mumkinki, Alisher Navoiy yoshligidayoq koinotni anglash va uning qonuniyatlarini bilishga intilgan. U shu maqsadda falakiyot ilmi bilan jiddiy qiziqqan. Alisher Navoiy oʻz asarlarida falakiyotga oid ma’lumot va mavzularni bayon qilishda mahalliy astronomik soʻz, ibora va tushunchalardan mohirona foydalangan va ularni qadimgi yunon falakiyotidagi ayni ma’lumotlar bilan moslab bergan. Bu esa mahalliy astronomik ta’limotning mavjud boʻlganini tasdiqlaydi. Alisher Navoiy kuzatuvchi bevosita nigohi bilan koʻrsa boʻladigan barcha osmon jismlarini oʻxshatishlar orqali ifoda etib, yangi jihoz tamoyilini va nodir astronomik tushunchalarni, koinotni anglash ilm vositasida amalga oshadi, degan fikrlarni bayon qilgan. Uning asarlarida olamning ibtidosidan boshlab to oʻrta asrlar falakiyot ilmi tarixini qamrab olgan astronomik ma’lumotlar majmuasi aks etgan. Oʻzbek nomshunosligida mumtoz adabiyotimizning yirik namoyondasi, buyuk oʻzbek shoiri Alisher Navoiy asarlari onomastikasini oʻrganishga bag‘ishlangan bir nechta ishlar ham mavjud. Masalan, 1994 yilda Sh. Yoqubov “Navoiy asarlari onomastikasi”, mavzuida nomzodlik ishini himoya qildi, undan oldin esa B.Bafoev “Navoiy asarlari leksikasi” nomli monografiyasida Navoiy asarlaridagi kishi ismlari va geografik nomlarni semantik va statistik jihatdan tahlil qilgan edi103. “Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati”ning 4-tomida Alisher Navoiy asarlarida qoʻllangan barcha kishi nomlari, geografik, astronomik va boshqa nomlar, Alisher Navoiy ijodida uchragan asar nomlarining toʻla roʻyxati berilgan104. “Saddi Iskandariy” asaridagi onomastik birliklarni tahlil qilganimizda ularning bu asar boʻyicha soni toʻliq va aniq deyish biroz toʻgʻri emasdek. Sababi, ushbu izohli lugʻatda “Saddi Iskandariy” dostonidagi jami 58 kishi ismi(antroponim), 37 ta geografik joy nomi (toponim), 11 ta suv obyektlari nomi (gidronim), 6 ta kitob nomlari (biblionim), 1 ta astronomik nom (astronim), va 3 ta turli xildagi, ya’ni orol, tog‘ va devor nomlari keltirilganini koʻramiz. Bundan tashqari, ayrim onomastik birliklar haqida esa umuman ma’lumot keltirilmagan. 1991 yilda “Saddi Iskandariy” asarini Aziz Qayumov va bir guruh navoiyshunos olimlar tomonidan nasriy bayoni bilan qayta tahrir qilindi. Asarning ushbu shaklining soʻnngi sahifalarida dostondagi 127 ta tarixiy va afsonaviy shaxslarga izohlar, 101 ta joʻgʻrofiy nomlar izohlari keltirilgan105. Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostoning onomastik birliklarini oʻrganish uchun ularni B.Yoʻldoshev guruhlarga boʻlganidek ajratib chiqish, makro va mikro guruhlarga, tub va oʻzlashgan, tarixiy va eskirgan qatlamiga koʻra ajratib koʻrib tahlil qilish mumkin. Quyida “Saddi Iskandariy” asaridagi onomastik birliklarning bir necha makro va mikro guruhlarga boʻlingan holda tahlili koʻrsatib oʻtilgan boʻlib, shundan kosmonimlar tahlilini keltirib oʻtamiz: Kosmonimlar: Download 244.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling